Özbekiston va Tojikiston Prezidentlari sanʼat ustalarining qöşma konsertida iştirok etdilar

Özbekiston va Tojikiston Prezidentlari sanʼat ustalarining qöşma konsertida iştirok etdilar

27.03.2026 14:19151

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon “Özbekiston” xalqaro forumlar saroyida ikki mamlakat sanʼatkorlari iştirokidagi anʼanaviy konsertni birgalikda tomoşa qildilar.

Özbekiston va Tojikiston xalqlarini uzoq ötmişga borib taqaladigan munosabatlar, muştarak maʼnaviy va diniy qadriyatlar, anʼanalar hamda boy madaniy meros boğlab turadi.

Har ikki mamlakatda ham asrlar davomida şakllanib kelgan döstlik, özaro hurmat va yaxşi qöşniçilik anʼanalari asrab-avaylanib, boyib bormoqda.

Uşbu madaniy tadbir buning yaqqol tasdiği böldi. Konsert dasturida birodar xalqlarimizning betakror va boy madaniyatini aks ettiruvçi milliy musiqa va sahna sanʼatining eng sara asarlari ijro etildi.

Özbekiston va Tojikiston sanʼatkorlari hamda ansambllarining birgalikdagi çiqişlari özaro anglaşuv, maʼnaviy yaqinlik va faol madaniy muloqot ramzi böldi.

 

president.uz

Ulaşiş: