Özbekiston Prezidenti Saudiya Arabistoni Valiahdi bilan telefon orqali muloqot qildi
29-mart kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Saudiya Arabistoni Podşohligi Valiahdi, Vazirlar Mahkamasi Raisi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqoti bölib ötdi.
Suhbat avvalida ikki mamlakat yetakçilari bir-birlarini ötgan Ramazon hayiti – Iyd al-Fitr munosabati bilan yana bir bor samimiy qutladilar.
Yaqin Şarq mintaqasida keçayotgan keskin vaziyat, qarama-qarşiliklar tobora avj olayotgani tomonlarni jiddiy xavotirga solayotgani qayd etildi.
Bunday xatti-harakatlarning kengayib ketişiga yöl qöymaslik va ularni töliq bartaraf etiş nafaqat bu yerdagi davlatlarning manfaatlariga, balki global barqarorlikni ta’minlaş maqsadlariga xizmat qilişi ta’kidlandi.
Davlatimiz yetakçisi bunday sinovli kunlarda Özbekiston Saudiya Arabistoni Rahbariyati va birodar xalqi bilan birdam hamda yakdil ekanini qayd etib, Podşohlikning vazmin va oqilona siyosatini har tomonlama qöllaşini bildirdi.
Özbekiston Prezidenti hozirda uşbu mamlakatda Umra amallarini bajarayotgan fuqarolarimizga körsatilayotgan amaliy kömak va yaratib berilayotgan qulay şart-şaroitlar uçun Podşoh Salmon bin Abdulaziz Ol Saud A’lo Hazratlari va Valiahd şahzodaga alohida minnatdorlik izhor etdi.
Öz navbatida, Muhammad bin Salmon Ol Saud Özbekiston Prezidenti tomonidan bildirilgan samimiy xayrixohlik va döstona qöllab-quvvatlovni yuksak qadrlaşini ma’lum qildi. Ikki va köp tomonlama munosabatlarni yangi bosqiçga kötariş uçun oliy darajadagi muloqotlarni va muvofiqlaştirilgan qöşma sa’y-harakatlarni faollaştirişga kelişib olindi.

