Iqtisodiyotda ösiş surʼatlarini saqlaş va davom ettiriş çoralari körib çiqildi
Prezident Şavkat Mirziyoyevga 2026-yilning birinçi çoragida iqtisodiy körsatkiçlar prognozini ta’minlaş hamda jahon bozoridagi beqaror vaziyatning milliy iqtisodiyotga salbiy ta’sirini kamaytiriş yuzasidan axborot berildi.
Joriy yilning birinçi ikki oyida sanoat 7,7 foizga, xizmatlar 15,4 foizga ösdi, 3,5 milliard dollarlik eksport amalga oşirildi va 8,3 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilindi.
Yil boşidan 9 ta viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişga respublika byudjetidan qöşimça 2,3 trillion söm va 500 million dollar mablağ yönaltirildi. “Yangi Özbekiston qiyofasi” maqomi berilgan 33 ta tuman va 330 ta mahalla uçun mahalliy byudjetlarga 3,9 trillion söm ajratildi. Oğir toifadagi 37 ta tuman va 903 ta mahallaga jami 3,9 trillion söm hamda mahalliy byudjetlardan 1,3 trillion söm, 283 ta “drayver” loyihalarga birinçi bosqiçda 1 trillion söm ajratildi.
Yil yakuniga qadar gavjum köçalar, sohilböyi va yölböyi infratuzilma loyihalarini amalga oşiriş uçun jami 1,2 trillion söm, turizm salohiyati yuqori bölgan 150 ta mahalla infratuzilmasini yaxşilaş uçun 450 milliard söm, 400 ta mahallada 50 ta mikrosanoat markazlarini taşkil qiliş uçun 150 milliard söm mablağ yönaltiriladi.
Şu bilan birga, qisqa vaqt içida dunyodagi vaziyat keskin özgarib, iqtisodiyot tarmoqlari barqarorligi, taşqi savdo yölaklari va import narxlariga qöşimça bosim yuzaga keltirayotgani taʼkidlandi. Bunday şaroitda har bir tarmoq va hudud rahbari vaziyatni oldindan baholab, turli ssenariylar asosida proaktiv işlaşi zarurligi körsatib ötildi.
Inflyatsiyani joriy yilda 6-6,5 foiz doirasida saqlab qoliş eng muhim vazifalardan biri ekaniga alohida eʼtibor qaratildi.
Xususan, jahon bozorida neft narxining keskin qimmatlaşi transport va neft-kimyo mahsulotlari tannarxiga taʼsir körsatayotgani, polietilen va polipropilen narxlarida ham ösiş kuzatilayotgani aytildi. Şu bois, asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining importi, transport-logistika masalalari va muqobil yölaklardan foydalaniş böyiça tezkor çoralar köriş vazifasi qöyildi.
Bundan taşqari, tadbirkorlarning xomaşyo, bozor va kredit bilan boğliq muammolarini hozirdan hal etiş muhimligi taʼkidlandi.
Eksportçilar tomonidan kötarilayotgan asosiy masalalardan biri transport-logistika ekani, jahonda röy berayotgan voqealar taʼsirida eksport yuk taşişlarida uzilişlar va qimmatlaşuv jiddiy xavotir uyğotayotgani taʼkidlandi.
Şu munosabat bilan qöşni davlatlar bilan transport va savdo masalalari böyiça yaqin hamkorlikni kuçaytiriş, oziq-ovqat mahsulotlarini aviataşuv orqali eksport qiliş va tadbirkorlar uçun arzonlaştirilgan tariflarni joriy etiş çoralarini köriş topşirildi.
Xorijiy investitsiyalar masalasi ham atrofliça körib çiqildi. Tahlikali xalqaro vaziyat ayrim loyihalar ijrosiga taʼsir körsatişi mumkinligi bildirildi. Şu munosabat bilan amalga oşirilayotgan har bir loyihani muntazam tahlil qilib boriş va investorlar bilan kunlik muloqot örnatiş vazifasi belgilandi.
Bank-moliya sohasida biznesni qöllab-quvvatlaş uçun ajratilayotgan kreditlar dinamikasi ham körib çiqildi.
Davlatimiz rahbari joriy raqamlar ijobiy bölişiga qaramasdan, heç bir rahbar xotirjamlikka berilişi mumkin emasligini taʼkidladi. Hozirgi murakkab vaziyatda xavf-xatarlarni oldindan köra biliş, ularni yumşatiş böyiça aniq rejalar bilan işlaş, tarmoqlar va hududlarda muammolarni kutib ötirmasdan, ularga tezkor yeçim topiş zarurligi körsatib ötildi.
Masʼullarga inflyatsiyani jilovlaş, sanoat va eksport körsatkiçlarini taʼminlaş, investitsiya loyihalarini jadallaştiriş, bank tizimi va quriliş dasturlaridagi muammolarni bartaraf etiş yuzasidan aniq topşiriqlar berildi.

