Soliq maʼmurçiligini takomillaştiriş çora-tadbirlari taqdimot qilindi

Soliq maʼmurçiligini takomillaştiriş çora-tadbirlari taqdimot qilindi

07.04.2026 16:51200

Prezident Şavkat Mirziyoyev 6-aprel kuni soliq maʼmurçiligini takomillaştiriş va soliq organlari faoliyatini isloh qilişga doir taqdimot bilan tanişdi.

Sönggi ikki yilda soliq bazasi kengaygani hisobiga byudjetga tuşumlar iqtisodiyot sur’atlariga nisbatan tezroq ösmoqda. Xalqaro valyuta jamğarmasi ham mazkur natijalarga soliq maʼmurçiligini kuçaytiriş va yaşirin iqtisodiyotni qisqartiriş orqali erişilayotganini eʼtirof etmoqda. Şu bilan birga, tizimni izçil isloh qiliş orqali 2030-yilga borib, soliq tuşumlarini 491,5 trillion sömga yetkaziş, iqtisodiyotda kuzatilmaydigan uluşni esa 28 foizdan 19,6 foizgaça qisqartiriş maqsad qilingan.

Yiğilişda soliq tuşumlarini oşirişdagi eng katta zaxira yaşirin iqtisodiyotni qisqartiriş ekani taʼkidlandi.

Prezidentimiz raqamli tahlil va sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan keng foydalanib, “aqlli” nazorat tizimini joriy etiş orqali joriy yilda budjetga qöşimça 30 trillion söm tuşumni taʼminlaş zarurligini körsatib ötdi. Bu savdo va xizmatlar, sanoat, quriliş, umumiy ovqatlaniş hamda boşqa sohalarda P2P-operatsiyalar monitoringi, tovarlarni markirovkalaş, raqamli nazoratni kuçaytiriş, yuklarni hujjatsiz taşiş faoliyatini avtomatik aniqlaş va norasmiy bandlikni rasmiylaştiriş kabi mexanizmlardan keng foydalaniş hisobiga taʼminlanişi mumkin.

Bozorlar va savdo majmualarida nazorat töliq yölga qöyilmagani, raqamlaştiriş işlari yetarli emasligi oqibatida uşbu yönalişdagi imkoniyatlar töliq işga solinmayotgani qayd etildi. Bugungi kunda bu yerlarda 72 mingdan ortiq çakana savdo subyekti faoliyat yuritmoqda. Biroq ularning 38 mingdan ortiği tovar aylanmasini oyiga 1 million sömdan kam körsatgan, 40 mingdan ziyodi esa kuniga atigi 2-3 ta çek bermoqda. Şuningdek, bozorlardagi 12 mingta savdo nuqtasi böyiça ijara şartnomalari hisobga qöyilmagan. Natijada 37 ming tadbirkor oyiga 500 ming sömdan kam soliq tölagan.

Şu bois, bozorlar va savdo majmualarini töliq raqamlaştiriş hisobiga qöşimça tuşum manbalarini işga soliş, nazorat, soliq xizmati va raqamli kuzatuvni özaro integratsiya qiliş zarurligi körsatib ötildi.

Yiğilişda strategik bölmagan yirik soliq tölovçilarga hududlarda xizmat körsatiş masalasi haqida ham söz bordi.

Xususan, 209 mingta QQS tölovçi soliq organlaridan uzoqda joylaşgani sababli xizmat körsatiş va nazorat samaradorligi pasaygani qayd etildi. Şu munosabat bilan 500 ta strategik bölmagan korxona nazoratini viloyat darajasiga, 103 mingdan ziyod qişloq xöjaligi, savdo va umumiy ovqatlaniş korxonalarini tuman darajasiga ötkaziş taklif qilindi. Mazkur yondaşuv soliq tölovçilarga joyida xizmat körsatiş sifatini oşiriş, muammolarni tezkor hal qiliş va nazorat samaradorligini kuçaytirişga xizmat qiladi.

Tadbirkorlar uçun soliq maʼmurçiligini soddalaştiriş masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi.

Ötkazilgan sörov natijalariga köra, tadbirkorlarning aksariyati tekşiruvlar, hisobot topşiriş va soliq tölaş jarayonlarining murakkabligidan norozi ekani aytildi. Şu munosabat bilan “avtokameral” nazoratni jazolaş vositasidan xatoni barvaqt aniqlab, tuzatişga xizmat qiladigan profilaktika tizimiga aylantiriş, korxonalarni xavf darajasiga qarab, “yaşil”, “sariq” va “qizil” toifalarga ajratib işlaş zarurligi taʼkidlandi.

Şuningdek, 6 turdagi hisobotni inson aralaşuvisiz avtomat şakllantiriş va yagona soliq hisobvarağiga ötiş işlarining borişi haqida axborot berildi. Bugungi kunda 198 ming holatda hisobot muddati buzilgani, 14,7 ming soliq tölovçi hisobot bermagani uçun 396,6 milliard söm jarima qöllanilgani, soliqlarni tölaşda hisobvaraqlar soni ortib ketgani bois, 20 mingta xatolikka yöl qöyilgani aytildi.

Yangi tizim joriy etilsa, asossiz soliq qarzi, ortiqça tölov va penya qöllaş amaliyoti qisqartirilib, tadbirkorlar 8,4 trillion söm mablağni tejaşi mumkinligi qayd etildi. Yangi yondaşuv natijasida tekşiruvlar soni kamayişi, hisobotlardagi xatolar keskin qisqarişi, murojaatlarni körib çiqiş tezlaşişi hamda koll-markazlar faoliyati sezilarli yaxşilanişi kutilmoqda.

Taqdimotda soliq organlari faoliyatidagi eng asosiy masala kadrlar salohiyati ekani ham körsatib ötildi.

Sönggi yillarda bu yönalişdagi işlar yetarli darajada taşkil etilmagani sababli kadrlar qönimsizligi oşgan. Xodimlarning malakasini oşiriş darajasi pastligi, moddiy rağbatlantiriş tizimi zamon talablariga javob bermasligi, ijtimoiy qöllab-quvvatlaş mexanizmlari yetarli emasligi qayd etildi. Xususan, 2022-yilda 3 mingdan ortiq xodim malaka oşirgan bölsa, ötgan yili bor-yöği 700 nafari qayta öqitilgan.

Şu munosabat bilan kadrlar malakasini oşiriş, uzluksiz taʼlimni yölga qöyiş, xodimlarni moddiy va ijtimoiy rağbatlantiriş böyiça yangi takliflar taqdim etildi. Kadrlar salohiyatini mustahkamlaş maqsadida Soliq qömitasi huzuridagi Soliq akademiyasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş çoralari belgilab olindi.

Davlatimiz rahbari soliq maʼmurçiligida raqamli texnologiyalar, tahlil va sunʼiy intellekt asosida mutlaqo yangi iş uslubini joriy etiş, tadbirkorlar uçun qulay va adolatli soliq muhitini yaratiş hamda sohada malakali kadrlar korpusini şakllantiriş yuzasidan mutasaddilarga topşiriqlar berdi.

Soliq tizimi faoliyatini “tekşiruvdan – servisga” tamoyili asosida transformatsiya qiliş, xizmat körsatiş sifatini yanada oşiriş va nazoratning zamonaviy, samarali mexanizmlarini yölga qöyiş ustuvor vazifa sifatida belgilandi.

 

president.uz

Ulaşiş: