Özbekiston Prezidenti Rossiya bilan parlamentlararo hamkorlikni yanada rivojlantirişni qöllab-quvvatladi

Özbekiston Prezidenti Rossiya bilan parlamentlararo hamkorlikni yanada rivojlantirişni qöllab-quvvatladi

07.04.2026 16:55142

7-aprel kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengaşi Raisi Valentina Matviyenko bilan telefon orqali muloqoti bölib ötdi.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Valentina Matviyenkoni tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam soğliq, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar tiladi.

Özbekiston bilan Rossiya örtasidagi keng qamrovli strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini mustahkamlaşga ikki mamlakat parlamentlari faol hissa qöşayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.

Parlamentlar yuqori palatalari hamkorligi böyiça komissiyaning yiğilişlari har yili ötkazib kelinmoqda. MDH Parlamentlararo assambleyasi doirasidagi aloqalar ham samarali yölga qöyilgan.

Muloqot yakunida Özbekiston yetakçisi ikki mamlakat parlamentlari örtasidagi yaqin va sermahsul hamkorlikni rivojlantirişni qöllab-quvvatlaşini yana bir bor tasdiqladi.

 

president.uz

Ulaşiş: