Prezidentimiz Temuriylar tarixi davlat muzeyiga taşrif buyurdi
Prezident Şavkat Mirziyoyev Sohibqiron Amir Temur tavallud topganining 690 yilligi munosabati bilan rekonstruksiya qilingan Temuriylar tarixi davlat muzeyiga taşrif buyurdi.
Ma’lumki, Movarounnahrni yagona davlat sifatida birlaştirgan Sohibqiron poytaxti Samarqand bölgan qudratli saltanat tuzdi. Özining dunyoga maşhur “Temur tuzuklari” orqali davlatni boşqarişning huquqiy mezonlarini belgilab berdi. Ilm-fan va madaniyat rivojiga ham beqiyos hissa qöşib, Ikkinçi uyğoniş davri – temuriylar Renessansiga asos soldi.
Uning davrida bunyod etilgan bebaho obidalar özbek xalqining milliy ğururi va ölmas tarixiy merosi bölib xizmat qilmoqda.
Bobomizning “Adolat har bir işda hamrohimiz va dasturimiz bölsin”, deya taʼkidlagan hikmatli sözlari bugun Yangi Özbekistonda olib borilayotgan islohotlarda yaqqol aks etmoqda.
Uşbu uluğ zot tavalludining 690 yilligini keng nişonlaş maqsadida joriy yil 5-fevral kuni Prezidentimizning tegişli qarori qabul qilindi.
Hujjatga köra, har yili aprel oyi “Amir Temur oyligi” deb eʼlon qilinib, taʼlim muassasalari, ilmiy markazlar va mahallalarda temurşunos olimlar, yozuvçi va sanʼatkorlar iştirokida uçraşuvlar, davra suhbatlari va maʼrifiy tadbirlar ötkaziladi.
Qaror ijrosi doirasida dunyodagi maşhur muzeylarning eng ilğor tajribalarini qöllagan holda Temuriylar tarixi davlat muzeyi binosi rekonstruksiya qilindi, zamonaviy jihozlar bilan taʼminlandi. Raqamlaştiriş orqali imkoniyatlari kengaytirilib, ekspozitsiyalari yangilandi, jumladan, xorijdagi töplamlardan xarid qilingan eksponatlar bilan boyitildi.
Jumladan, muzeyning birinçi qavatida “Buyuk Sohibqiron – Ikkinçi Renessans asosçisi” bölimi taşkil etildi. Ikkinçi qavatda esa sunʼiy intellekt va “aqlli” texnologiyalar asosida Amir Temur davri va temuriylar haqida interaktiv ekspozitsiyalar joylaşgan. Şuningdek, 3D formatdagi eksponatlar hamda xaritalar namoyiş qilingan.
Davlatimiz rahbari Temuriylar tarixi davlat muzeyining yangilangan ekspozitsiyasi va taşrif buyuruvçilar uçun yaratilgan şaroitlar bilan tanişar ekan, ajdodlar merosini örganiş, asrab-avaylaş va tarğib etişning naqadar muhim ekaniga urğu berdi.
– Dunyo havas qilgulik tariximiz, merosimiz bor. Sohibqiron tarixini jamlagan muzey zamonga munosib yangi qiyofaga kelgani yaxşi böldi. Endi buni aholimizga, yoşlarga, xorijlik mehmonlarga yetkaziş eng katta vazifamiz. Yangi Özbekistonni yuksaltiriş uçun kerakli bilimlarni qayerdan oliş mumkin desangiz, bularning barçasi – ajdodlarimiz qoldirgan merosda, ilmda. Şu bois, yoşlarimizni, nuroniylarni, umuman, aholimizni mahallabay tarzda muzeylarga olib kelib, buyuk tariximiz haqidagi bilimlarini oşirişimiz lozim, – dedi davlatimiz rahbari.
Prezident Şavkat Mirziyoyev taşrif asnosida Temuriylar tarixi davlat muzeyining mehmonlar kitobiga dastxat qoldirdi.

