Elektron tijoratni rivojlantiriş va bond omborlar faoliyatini takomillaştiriş böyiça takliflar körib çiqildi
Prezident Şavkat Mirziyoyev elektron tijoratni rivojlantiriş va bond omborlar faoliyatini yölga qöyişga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanişdi.
Sönggi sakkiz yilda mamlakatimizda elektron tijorat hajmi 20 barobar ösib, 1,3 milliard dollarga yetdi. Raqamli platformalar soni 120 tadan ziyodni taşkil etmoqda. Özini özi band qiliş tartibining kengaytirilgani, litsenziyalaş va soliqqa tortişning soddalaştirilgani hisobiga sohada 750 mingta yuqori daromadli iş örni yaratilgan, budjetga esa har yili 200 milliard söm qöşimça soliq tuşumlari taʼminlanmoqda.
Şu bilan birga, mazkur yönalişda hali işga solinmagan imkoniyatlar köpligi taʼkidlandi. Xususan, Özbekistonda elektron tijoratning çakana savdodagi uluşi 4-4,6 foizni taşkil etib, jahondagi örtaça 22 foizlik körsatkiçdan 5 barobar kam ekani körsatib ötildi. Mamlakatimizda uşbu uluşni 9-11 foizga yetkaziş uçun yetarli salohiyat mavjud.
Taqdimotda elektron tijorat infratuzilmasini rivojlantirişda import tovarlarini bojxona tölovlari va soliqlarini keçiktirilgan tartibda tölaş şarti bilan bojxona nazorati ostida saqlaşga möljallangan maxsus ombor – bond omborlar taşkil etiş masalasiga alohida eʼtibor qaratildi.
Taʼkidlanganidek, tovar uçun boj tölovlarini uni sotiş paytida amalga oşiriş tizimini joriy etiş orqali kamida 500 million dollar investitsiya jalb qiliş uçun şaroit yaratiş mumkin. Bunday amaliyot Rossiya, Xitoy, Qozoğiston, Birlaşgan Arab Amirliklari, Buyuk Britaniya, Germaniya va Singapur kabi mamlakatlarda keng qöllanilayotgani qayd etildi.
Bugungi kunda Özbekistonda omborlarning umumiy maydoni 634 ming kvadrat metrni taşkil qilib, şundan 72 foizi Toşkent şahri va viloyati hissasiga töğri keladi. Mavjud omborlarning atigi 34 foizi zamonaviy “A” toifasiga mansub. Ekspertlarning hisob-kitoblariga köra, mamlakatimizda barqaror iqtisodiy ösişni taʼminlaş uçun keyingi beş yilda 2,5 million kvadrat metr zamonaviy omborlar talab etiladi.
Şu munosabat bilan yurtimizda yirik xalqaro marketpleyslarning zamonaviy omborlar tarmoğini kengaytiriş taklif etildi.
Raqamli platformalarni hamda bond omborlarni soliq va bojxona tizimlari bilan çuqur integratsiya qiliş zarurligi taʼkidlandi. Taqdimotda 2026-2028-yillar davomida tajriba tariqasida “import – bond ombori – maxsus elektron savdo platformasi – isteʼmolçi” zanjiri asosida yangi mexanizmni joriy etiş taklifi bildirildi.
Unga köra, tovarlar bond omboriga joylaştiriladi, maxsus elektron savdo platformasi orqali sotiladi, bojxonada deklaratsiyalaş va boj tölovlari esa bevosita sotuv bosqiçida amalga oşiriladi. Bunday platformalar va omborlar tegişli reyestrlarga kiritilib, Bojxona qömitasida hisobga qöyiladi.
Şuningdek, bond omborlari mahalliy işlab çiqaruvçilar uçun taşqi bozorlarga çiqişni yengillaştirişi, aylanma mablağlarga tuşadigan yukni kamaytirişi, logistika xarajatlarini pasaytirişi va eksport raqobatbardoşligini oşirişi taʼkidlandi.
Davlatimiz rahbari elektron tijoratni iqtisodiyotning muhim drayverlaridan biriga aylantiriş, mazkur sohada zamonaviy infratuzilmani yaratiş, raqamli platformalar faoliyati uçun qulay va şaffof muhit şakllantiriş böyiça mutasaddilarga tegişli topşiriqlar berdi.

