Uy-joy qurilişi va urbanizatsiya sohasidagi işlar hamda ustuvor vazifalar muhokama qilindi
Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida 14-aprel kuni uy-joy qurilişi va urbanizatsiya sohasida amalga oşirilayotgan işlar, mavjud muammolar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yiğilişi ötkazildi.
Tadbirda joylardagi studiyalardan videoaloqa orqali 500 dan ziyod tadbirkor, quruvçi, loyihaçi, arxitektor va urbanistlar iştirok etdi.
Davlatimiz rahbari barça tarmoq va hududlarda yuqori iqtisodiy ösiş böyiça belgilangan katta marralarga erişişda quriliş sohasi alohida örin tutişini taʼkidladi. Tahlillarga köra, qurilişga kiritilgan har 1 dollar iqtisodiyotga 2-3 dollarlik samara keltiradi, sohada yaratilgan bitta iş örni esa boşqa tarmoqlarda yana 5 tagaça iş örnining paydo bölişiga xizmat qiladi.
Sönggi töqqiz yilda mamlakatimizda qariyb 10 mingta yangi quriliş korxonasi iş boşladi. Aylanmasi 1 trillion sömdan oşgan 20 ta, 100 milliard sömdan yuqori körsatkiçga çiqqan 365 ta yirik kompaniya şakllandi. Loyiha taşkilotlari soni 2 mingdan oşib, ularning 650 dan ziyodi xalqaro sertifikat oldi.
Şu davrda quriliş sohasida ruxsat beriş bosqiçlari 3 karra, muddatlar 4 karra qisqartirildi. 420 ta şaharsozlik norma va qoidalari birlaştirilib, eskilari bekor qilindi va 140 ta yangi norma va qoida tasdiqlandi.
Natijada ötgan yillar mobaynida 210 million kvadrat metr bino-inşoot, 647 ming xonadonli 15 mingdan ortiq köp qavatli uy-joy barpo etildi. Quriliş işlarining hajmi 2016-yildagi 30 trillion sömdan ötgan yili 314 trillion sömga yetdi. Bugun quriliş, quriliş materiallari va ularga yondoş sohalarda 3,5 million aholi band.
Taʼkidlanganidek, tadbirkorlik uçun har yili 6,5 ming gektar yer, 600 ming kvadrat metr bino-inşootlar savdoga çiqarilmoqda, kiçik va örta biznes uçun 140 trillion söm resurs ajratilmoqda. Lekin yer va kredit kabi asosiy masalalar hal etilgan bölsa-da, tadbirkorlar qurilişni boşlaş bosqiçida haligaça turli tösiqlarga duç kelmoqda, bu jarayonlar oylab-yillab çözilmoqda.
Yiğilişda urbanizatsiya masalasiga alohida eʼtibor qaratildi. Hozirgi kunda yurtimiz aholisi 38 milliondan oşib, urbanizatsiya darajasi 51 foizga yetgan, qariyb 20 million nafar aholi şaharlarda yaşamoqda. Davlatimiz rahbari urbanizatsiya darajasining har 1 foizga ösişi iqtisodiyotga kamida 1 foiz qöşimça ösiş olib kelişini, investitsiya oqimi, biznes va startaplar faolligi, mehnat unumdorligi şunga mutanosib ravişda ortişini taʼkidladi. Şu bois, respublikada urbanizatsiyani barqaror rivojlantiriş böyiça yagona yondaşuv bölişi şartligi körsatib ötildi.
Qayd etilganidek, boş rejalarni işlab çiqiş uçun budjetdan yiliga 200-250 milliard söm ajratilmoqda. Mazkur mablağlar, avvalo, boş rejasi yöq yoki eskirgan hududlarga yönaltirilişi lozim. Ayni paytda kiçik şahar va şaharçalarda ham yirik loyihalarni amalga oşiriş istagida bölgan tadbirkorlar köp, ammo şaharsozlik hujjatlari yöqligi tufayli ularning işlari töxtab qolmoqda.
Viloyat hokimlari va Urbanizatsiya qömitasiga joriy yilning özida budjet mablağlari hisobidan 6 ta şahar va 44 ta şaharça böyiça boş rejalarni, 104 ta qişloq böyiça master-rejalarni yakunlaş, bundan taşqari, taşabbuskor tadbirkorlar bilan birga yana 50 ta aholi punkti uçun şaharsozlik hujjatlarini işlab çiqişni boşlaş topşirildi.
Yiğilişda boş reja yöqligi vaji bilan 2025-yilda yerni xususiylaştiriş böyiça 112 ming arizaning 14 foizi rad etilgani, bu esa 4 ming gektar yerni aktivga aylantiriş imkoniyati va budjet uçun qöşimça 550 milliard söm tuşumni boy berişga sabab bölgani körsatib ötildi. Şu munosabat bilan uç oy içida yerlarni xususiylaştiriş böyiça arizalarga inson omilisiz, 5-10 daqiqa içida onlayn javob beradigan tizimga ötiş vazifasi qöyildi.
Qolaversa, boş rejalarni tasdiqlaş bilan çeklanib qoliş mumkin emasligi taʼkidlandi. Ularda belgilangan suv, kanalizatsiya, issiqlik, gaz, elektr tarmoqlari va yöllarning qaçon, qaysi navbatda va qanday manbalar hisobidan qurilişi aniq körsatilmagani tanqid qilindi. Har bir tasdiqlangan boş reja böyiça uni amalga oşirişning yilma-yil kompleks dasturlari işlab çiqilişi, bu aholi, tadbirkorlar va mutasaddilarga yetkazilişi şartligi qayd etildi.
Şu bois, har bir viloyat hokimiga ikki oy muddatda viloyat va tuman markazlarining tasdiqlangan boş rejalarini röyobga çiqariş böyiça kompleks dasturlarni yaratiş topşirildi. Ulardagi tadbirlarning qaysi qismi respublika va mahalliy budjetdan, qaysi qismi xalqaro moliya taşkilotlari hisobidan moliyalaştirilişi aniq belgilab berilişi şartligi körsatildi.
Yer va obyektlarni iqtisodiy faoliyatga jalb etiş böyiça ham jiddiy kamçiliklar qayd etildi. Sönggi tört yilda auksionda sotilgan 11,5 ming gektar yerning 3 ming gektarida quriliş boşlanmagan. Şuningdek, auksionga çiqarilgan 582 gektar yer uçastkasi va 122 ta davlat obyekti bir yildan beri sotilmay turgani körsatib ötildi.
Bunda xususiylaştiriş dasturini şakllantirişda ham, obyektlarni sotişda ham hokimlarning örni sezilmayotgani, tadbirkorlarning fikri oldindan örganilmayotgani tanqid qilindi. Aslida, har bir obyektni sotişda hududga investitsiya jalb qiliş va mahalla uçun yangi iş örni yaratiş birinçi örinda turişi lozimligi taʼkidlandi.
Şu bois, endi xususiylaştiriş dasturiga obyektlarni kiritiş, ularni sotiş va investitsiya samaradorligini taʼminlaşda hokimlar Davlat aktivlari agentligi bilan teng masʼul bölişi belgilandi. Xususiylaştiriş doirasida bölib-bölib tölaş şarti bilan sotilgan obyektlar uçun qoldiq summaga har yili 14 foiz ustama hisoblaş amaliyoti ham bekor qilinadi.
Yiğilişda quriliş sohasidagi ruxsat beriş tartib-taomillarini soddalaştiriş masalasi ham muhokama markazida böldi. Ötgan yili quriliş bilan boğliq 2 million 600 mingdan ziyod arizaning uçdan biri rad etilgani, bu holat ortida köp hollarda korrupsiya va ortiqça byurokratik ğovlar turgani qayd etildi. Davlatimiz rahbari bunday muammolarga barham berişning eng samarali yöli raqamlaştiriş va sunʼiy intellektni keng joriy etiş ekanini taʼkidladi.
Hozirgi tizimda aholi va tadbirkorlar avval loyihalaşga ruxsat oliş, keyin arxitektura-rejalaştiriş topşiriğini işlab çiqiş uçun alohida-alohida ariza berib, oylab vaqt yöqotmoqda. Toşkent şahrida uşbu ikki xizmatni bir bosqiçda körib çiqiş tajribasi joriy etilgani va natijada hujjatlarni kelişiş muddati 3-4 karra qisqargani maʼlum qilindi. Mazkur tajribani 1-iyuldan boşlab barça hududlarda joriy qiliş topşirildi.
Kommunal tarmoqlarga ulaniş böyiça texnik şart olişda ham aholi har bir idoraga alohida murojaat qilişiga töğri kelmoqda. Endi 1-iyuldan bitta ariza va bitta tölov orqali elektr, gaz, suv va kanalizatsiya tarmoqlari böyiça texnik şart oliş imkoni yaratiladi.
Sansalorlikning yana bir sababi sifatida joylarda şaharsozlik kengaşiga aʼzo 26 ta idora örtasida özaro muloqot va hamkorlik yöqligi körsatildi. Şu munosabat bilan şaharsozlik kengaşiga Toşkent şahri va viloyat hokimlarining özi boşçilik qilişi, tadbirkor masalasiga yakuniy yeçim beradigan tizim joriy etilişi belgilandi.
Mutasaddilarga uç oy içida qurilişga ruxsat olişdan tortib, obyektni foydalanişga topşirişgaça bölgan barça jarayonlarni çuqur tahlil qilib, talablar, muddatlar va tölovlarni kamida ikki barobarga qisqartiriş böyiça qaror loyihasini kiritiş topşirildi.
Quriliş sifati va nazorat masalalari ham tanqidiy muhokama qilindi. Ötgan yili quriliş obyektlarida loyihaçi va buyurtmaçi nazoratçilari tomonidan 42 mingta kamçilik, Quriliş inspeksiyasi tomonidan esa yana 250 mingdan ortiq qoidabuzarlik aniqlangan. Bunga loyihaçi va buyurtmaçilarda mualliflik hamda texnik nazorat böyiça manfaatdorlik pastligi sabab bölayotgani qayd etildi.
Şu bois, joriy yil 1-iyundan boşlab davlat buyurtmaçilari faoliyati töliq KPI asosida baholanişi, xodimlar oyligi 3 karra oşirilişi belgilandi. Loyiha hujjatlarini işlab çiqiş uçun obyekt qiymatining 5 foizigaça mablağ ajratiladi, mualliflik nazorati uçun esa alohida şartnoma asosida tölov qilinadi. Endi texnik yoki mualliflik nazoratçisi masʼul bölgan obyektda qöpol qoidabuzarlik aniqlansa, pudratçi bilan birga nazoratçilarga ham qatʼiy çora köriladi, loyihaçining “Şaffof quriliş”dagi reytingi pasaytiriladi.
Yiğilişda xalqaro moliya taşkilotlari iştirokida amalga oşirilayotgan infratuzilma loyihalari böyiça ham alohida töxtalib ötildi. Hozirgi kunda mazkur yönalişda 20 milliard dollardan ortiq loyihalar amalga oşirilmoqda.
Mutasaddilar va buyurtmaçi vazirlik-idoralar xalqaro moliya taşkilotlari bilan muzokaralarda mahalliy quruvçilar imkoniyatlarini yetarliça himoya qilmayotgani, şartnoma şartlarini belgilaşda ularning manfaatini közlamayotgani, xalqaro tenderlarda iştirok etiş şartlarini örgatiş böyiça tizimli iş olib bormayotgani tanqid qilindi.
Aholining uy-joyga bölgan talabini taʼminlaş masalasi doimiy diqqat markazida bölişi şartligi taʼkidlandi. Sönggi yillarda 56 ta “Yangi Özbekiston” massivi infratuzilmasi uçun 4 trillion 100 milliard söm ajratilgan, joriy yilda esa uşbu maqsadlar uçun yana 1 trillion 400 milliard söm yönaltirilmoqda.
Soha mutasaddilari va hokimlar bu yil mazkur massivlarda 34 ming xonadonni qurib bitkazişi şartligi qayd etildi. Qurilişi davom etayotgan massivlarni kengaytiriş faqat öşa hududdagi kvartiralarning kamida 85 foizi egalariga topşirilganidan keyin ruxsat etilişi belgilandi.
Umuman, joriy yil hududlarda 140 ming xonadonli köp qavatli uylarni foydalanişga topşiriş zarurligi taʼkidlandi. Bunda renovatsiyaga alohida eʼtibor qaratiş muhimligi bildirildi.
Soha uçun kadrlar tayyorlaş va kreativ muhitni rivojlantiriş masalalariga ham eʼtibor qaratildi. Arxitektor, loyihaçi va urbanistika sohasi uçun birinçi kreativ parkni Toşkent şahrida taşkil qiliş, keyinçalik bunday parklarni hududlarda ham barpo etiş işlarini boşlaş topşirildi. Bundan taşqari, yangi öquv yilidan urbanizatsiya, kadastr va geodeziya sohalari uçun kadrlar tayyorlaydigan, özini özi moliyalaştiruvçi oliygoh faoliyati yölga qöyiladi. Uning tarkibida örta böğin mutaxassislari uçun texnikum ham taşkil etiladi.
Yiğiliş yakunida Prezidentimiz soha va hududlar rahbarlarining hisobotlarini tingladi. Quriliş sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning taklif va taşabbuslari eşitildi.

