Özbekiston madaniyat va san’at xodimlariga
Qadrli döstlar!
Avvalo, siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda butun san’atsevar xalqimizni 15-aprel – Madaniyat va san’at xodimlari kuni bilan çin qalbimdan muborakbod etaman.
Uşbu qutluğ ayyomda özining betakror iste’dodi, bilim va mahorati bilan el-yurtimizga sidqidildan xizmat qilib kelayotgan san’at ustalari va yoş ijroçilarga, barça soha xodimlariga fidokorona mehnati uçun samimiy minnatdorlik bildiramiz.
Sönggi yillarda mamlakatimizda barça sohalar qatori madaniyat va san’at tizimini zamonaviy talablar asosida rivojlantiriş böyiça ham keng kölamli islohotlar amalga oşirilmoqda. Natijada sohaning moddiy-texnik bazasi, kadrlar salohiyati mustahkamlanib, xodimlarning ijodiy mehnati munosib rağbatlantirilmoqda.
Teatr, kino, muzey va madaniy tadbirlar, aholiga körsatilayotgan xizmatlar sifati izçil yaxşilanmoqda.
Zamonaviy boşqaruv mexanizmlari joriy etilib, davlat-xususiy şeriklik asosida yangi ijodiy loyihalar, raqamli texnologiyalar va ilğor tajribalar amaliyotga tatbiq etilayotgani, madaniy kontent yaratiş kölami kengayib borayotgani madaniyat muassasalari faoliyatida samaradorlik va jozibadorlikni yanada oşirişga xizmat qilmoqda.
Keyingi yillarda yurtimizda 2 ta teatr, 19 ta madaniyat markazi, 16 ta muzey, 20 ta musiqa va san’at maktabi hamda uşbu yönalişda 5 ta oliygoh taşkil etildi, köplab muassasalar zamonaviy jihozlar bilan ta’minlandi, 125 ta tarixiy-madaniy meros obyektida ularni asraş va tiklaş böyiça zarur işlar amalga oşirildi.
Ötgan yili tasviriy va amaliy san’at sohasini yanada rivojlantiriş böyiça alohida qaror qabul qildik. Toşkent şahrida Özbekiston Milliy muzeyi binosi qurilişi boşlandi.
Joriy yilda esa Markaziy körgazmalar zali, Badiiy körgazmalar direksiyasi fondining binosi, Pavel Benkov nomidagi rassomlik maktabida quriliş va ta’mirlaş işlari olib boriladi, soha xodimlarini qöllab-quvvatlaş böyiça zarur çoralar köriladi.
Yana bir muhim jarayon – özbek madaniy diplomatiyasi izçil rivojlanmoqda. Nufuzli xalqaro forumlar, tanlovlar, festivallar hamda madaniyat kunlari muntazam ötkazib kelinmoqda. Xususan, ötgan yili Samarqand şahrida YUNЕSKO Boş konferensiyasining sessiyasi, Buxoroda Birinçi xalqaro zamonaviy san’at biyennalesi, Nukusda Orol madaniyati sammiti, Xorazmda Turkiy dunyo madaniyat forumi, Toşkentda esa Markaziy Osiyo va Ozarbayjon madaniyat vazirlarining birinçi uçraşuvi yuqori saviyada taşkil etildi.
Eng muhimi, Vatanimizning san’at sohasida xalqaro jarayonlardagi iştiroki kengayib, nufuzi ortib bormoqda.
Özbekistonlik san’atkorlarning Yevropadagi nufuzli madaniyat maskanlaridagi çiqişlar xorijlik san’at muxlislarida katta qiziqiş uyğotmoqda. Bu haqda söz yuritganda, Avstriyaning Zalsburg şahridagi Grosses Festspielhaus sahnasida Özbekiston Milliy baleti guruhi tomonidan «Lazgi. Muhabbat va qalb raqsi» baleti namoyiş etilganini ta’kidlaş lozim.
Şu yil 9-aprelda yana bir yirik san’at maskani – Musikverein sahnasida Sohibqiron Amir Temur bobomizning 690 yillik tavallud sanasiga bağişlangan musiqali opera asarining taqdimoti ötkazildi.
Milliy kino san’atimizni rivojlantiriş, xususan, “Tirik tarix” turkumida ğoyaviy va badiiy yuksak asarlar yaratiş borasidagi işlar dastlabki natijalarni bermoqda. Ötgan yili davlat buyurtmasi asosida 123 ta kinofilm tayyorlanib, tomoşabinlar e’tiboriga havola etildi.
Ötgan yilning özida sohada uzoq yillardan buyon mehnat qilib kelayotgan 35 nafar xodim uy-joy bilan ta’minlandi. Madaniyat muassasalari xodimlari iş haqi örtaça 35 foizga oşirildi. Dramaturglar uçun Mahmudxöja Behbudiy, yoş rejissyorlar uçun Bahodir Yöldoşev, yoş xonandalar uçun Botir Zokirov nomidagi mukofotlar hamda mahalliy va xorijiy ijodkorlar uçun “Kelajak merosi” xalqaro mukofoti taqdim etib kelinmoqda.
Muhtaram vatandoşlar!
Bugungi kunda madaniyat va san’at sohasini ma’naviy tarbiya vositasi va kreativ iqtisodiyotning muhim tarmoği sifatida rivojlantiriş, ijodiy industriyani qöllab-quvvatlaş, madaniy xizmatlar bozorini taraqqiy ettiriş, san’at mahsulotlari eksportini kengaytiriş dolzarb vazifa bölib qolmoqda. Yangi taşkil etilayotgan Kreativ industriya parki ayni şu maqsadlarga xizmat qiladi. Biz bu borada katta marra olib, 2030-yilgaça kreativ iqtisodiyotning yalpi içki mahsulotdagi uluşini 5 foizga yetkazamiz.
Albatta, bu ulkan reja va taşabbuslarni amalga oşirişda siz, jonkuyar va fidoyi insonlarning örni beqiyosdir. Sizlarning bilimingiz, tajribangiz va ijodiy salohiyatingiz milliy madaniyatimizni yangi bosqiçga olib çiqişiga işonçim komil.
Biz bundan buyon ham sohani har tomonlama qöllab-quvvatlaş, ijodiy va texnik xodimlar mehnatini munosib qadrlaşga ustuvor ahamiyat qaratamiz.
Sizlarni bugungi kasb bayramingiz bilan yana bir bor çin dildan tabriklab, barçangizga mustahkam soğliq, baxt-saodat, yangi ijodiy yutuqlar, xonadonlaringizga tinçlik va fayzu baraka tilayman.

