Özbekiston va Butunjahon taekvondo federatsiyasi hamkorligi yangi bosqiçga çiqmoqda

Özbekiston va Butunjahon taekvondo federatsiyasi hamkorligi yangi bosqiçga çiqmoqda

16.04.2026 18:00130

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 15-aprel kuni yoşlar örtasidagi jahon çempionati doirasida mamlakatimizda bölib turgan Butunjahon taekvondo federatsiyasi prezidenti Ço Çung Vonni qabul qildi.

Taʼkidlaş joizki, sönggi yillarda yurtimizda taekvondo bilan muntazam şuğullanuvçilar soni deyarli ikki baravarga oşib, 35 ming nafarga yetdi. Vakillarimiz Parijdagi Olimpiya va Paralimpiya öyinlarida uşbu sport turi böyiça umumjamoa hisobida faxrli uçinçi örinni qölga kiritişdi.

Uçraşuv davomida Ço Çung Von Özbekistonda sportni jadal rivojlantiriş, yoşlar orasida jismoniy tarbiyani tarğib etiş, zamonaviy infratuzilmani yaratiş borasida amalga oşirilayotgan islohotlarni yuqori baholadi.

Tomonlar hamkorlikni yanada kengaytiriş, jumladan, professional sportçilar va hakamlarni tayyorlaş, yuqori texnologiyalar, sunʼiy intellekt, sport tibbiyoti borasida ilğor tajribalarni almaşiş va nufuzli xalqaro musobaqalarni Özbekistonda muntazam ötkaziş masalalarini muhokama qildilar.

Uçraşuv yakunida Özbekiston Prezidenti mamlakatimizda taekvondoni ommalaştirişga qöşgan şaxsiy hissasi, sport orqali jahon xalqlarining özaro döstlik va hamjihatlik aloqalarini kuçaytiriş borasidagi katta xizmatlari uçun Ço Çung Vonni davlatimizning yuksak mukofoti – “Döstlik” ordeni bilan taqdirladi.

Ço Çung Von, öz navbatida, Prezident Şavkat Mirziyoyevga sportni rivojlantirişga qöşgan ulkan hissasi uçun Butunjahon taekvondo federatsiyasi tomonidan taʼsis etilgan oliy şaxsiy mukofot – Şon-şaraf ordenini topşirdi.

Uşbu orden ilk bor aynan davlatimiz rahbariga taqdim etilgani, bu yurtimizda sportni, xususan, taekvondoni rivojlantiriş, yoşlar örtasida soğlom turmuş tarzini keng tarğib qiliş borasida amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlarning xalqaro miqyosda eʼtirof etilganidan dalolat berişi taʼkidlandi.

 

president.uz

Ulaşiş: