Xotira va qadrlaş kunini munosib ötkaziş, harbiy tayyorgarlik va harbiy xizmatçilarni qöllab-quvvatlaş çoralari belgilandi

Xotira va qadrlaş kunini munosib ötkaziş, harbiy tayyorgarlik va harbiy xizmatçilarni qöllab-quvvatlaş çoralari belgilandi

17.04.2026 11:46160

Özbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuçlar Oliy Boş Qömondoni Şavkat Mirziyoyevga harbiy xizmatçilarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş, rezerv va zaxiradagi ofitserlar tayyorlaş tizimini takomillaştiriş, şuningdek, 9-may – Xotira va qadrlaş kuniga tayyorgarlik köriş yuzasidan axborot berildi.

Avvalo, armiyaning jangovar şayligi va tayyorgarligini rivojlantiriş, şaxsiy tarkibga yangi tizim asosida ta’lim beriş va kasbga tayyorlaş böyiça amalga oşirilayotgan işlar yuzasidan hisobot berildi.

Xususan, jangovar şaylik yönalişida qöşinlarda majmuaviy strategik va qömondonlik ştab öquvlari, yiğin, dala çiqişlari va öquv kurslari tizimli ravişda ötkazib kelinayotgani, bunda şaxsiy tarkibda axloqiy-ruhiy, real jangovar vaziyatlarda qörquv va emotsiyalarni boşqariş hamda dadil harakatlana oliş kabi muhim jangovar sifatlarni şakllantirişga alohida e’tibor qaratilayotgani qayd etildi.

Zamonaviy jangovar harakatlar tahlilidan kelib çiqib, barça öquv, trening va maşğulotlarda jang olib borişning yangi usul va şakllari özlaştirilayotgani, bölinmalarning mobilligini, jangovar imkoniyatlarini va qöyilgan vazifalarni mustaqil bajariş qobiliyatini oşirişga qaratilgan tegişli çora-tadbirlar körilayotgani yuzasidan axborot berildi.

Har yili mamlakatimizda 9-may – Xotira va qadrlaş kuni umumxalq bayrami sifatida nişonlanişi yurtimizda tinçlikni asraş, mustaqillikni mustahkamlaş, Vatan ozodligi yölida qurbon bölganlar xotirasini yod etiş, bugun oramizda soğ-omon yaşayotgan uruş va mehnat faxriylariga ğamxörlik körsatişning yorqin amaliy ifodasidir.

Joriy yilda bayram munosabati bilan Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilari va nogironlarining har biriga 30 million söm miqdorida bir martalik pul mukofotini tölaş taklif qilindi.

Şuningdek, bu kunda uruş qatnaşçilari, front orti mehnat faxriylari, keksalar va ustozlarga hurmat-ehtirom körsatiş, yolğiz va kam taʼminlangan faxriylarning turar joylarini obodonlaştiriş, turli xotira va qadrlaş tadbirlarini taşkil etiş rejalaştirilgan. Mustaqillik yillarida xizmat burçini bajariş çoğida halok bölgan Vatan fidoyilarining xotirasi ham uluğlanadi. Ularning oila aʼzolariga moddiy va maʼnaviy yordam körsatiladi.

Ona Vatanimiz tinçligi, xalqimiz osoyiştaligi yölida jon fido qilgan harbiy xizmatçilarning mardligi va jasoratini tarğib qilişga qaratilgan maʼnaviy-vatanparvarlik tadbirlari ötkaziladi. Mamlakatimiz böylab “Burç, jasorat, matonat!” şiori ostida madaniy-maʼrifiy tadbirlar, uç avlod uçraşuvlari, ijodiy keçalar, tanlovlar va ommaviy sport musobaqalari taşkil etiladi.

Taqdimotda rezervdagi va zaxiradagi ofitserlarni tayyorlaş tizimini yangi bosqiçga olib çiqişga qaratilgan qöşimça çora-tadbirlar ham körib çiqildi. Qayd etilganidek, dunyoda yuz berayotgan harbiy mojarolar tahlili uruş davridagi safarbarlik ehtiyojlaridan kelib çiqib, tinçlik davrida harbiy tayyorgarlikka ega bölgan ofitserlar zaxirasini şakllantiriş va ularni mutaxassisliklar böyiça töğri taqsimlaş dolzarb vazifa ekanini körsatmoqda.

Hozirgi kunda 4 ta oliy taʼlim va 2 ta oliy harbiy taʼlim muassasasining harbiy tayyorgarlik öquv markazlari va fakultetlarida 42 ta mutaxassislik böyiça rezerv va zaxiradagi ofitserlar tayyorlanmoqda. Bunga qöşimça ravişda Urganç, Termiz, Andijon davlat universitetlari, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hamda Andijon davlat tibbiyot institutida yana 5 ta harbiy tayyorgarlik öquv markazini taşkil etiş taklif qilindi.

Şuningdek, davlat oliy taʼlim muassasalarida qöşimça ravişda “Çaqiriqqaça harbiy taʼlim” yönalişi böyiça 3 yillik bakalavriat taʼlimi asosida rezerv va zaxiradagi ofitserlarni tayyorlaş tizimi yölga qöyiladi. Harbiy tibbiyot institutida esa ilk bor klinik ordinatura va magistraturaga qabul qilingan hamda harbiy tayyorgarlikdan ötiş istagini bildirgan talabalar tölov-kontrakt asosida öqitiladi. Bunday imkoniyat nodavlat oliy taʼlim muassasalari talabalari uçun ham yaratiladi.

Bugungi kunda dolzarb bölgan sunʼiy intellekt, dron, robototexnika kabi zamonaviy va tor mutaxassisliklar böyiça ham zaxira ofitserlari tayyorlaş yölga qöyiladi. Harbiy tayyorgarlik öquv bölinmalari uçun ilğor xorijiy armiyalar tajribasi asosida yangi öquv reja va dasturlar işlab çiqiladi.

Harbiy xizmatçilarni ijtimoiy himoya qiliş masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi. Joriy yil 13-yanvar kuni Prezidentimiz, Qurolli Kuçlarimiz Oliy Boş Qömondoni raisligida ötkazilgan Xavfsizlik kengaşi yiğilişida mazkur masala ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilangan edi.

Jumladan, Mudofaa vazirligi ofitserlariga xizmat yillari uçun tölanadigan har oylik ustama miqdori ikki baravarga oşiriş, kontrakt böyiça xizmat qilayotgan oddiy askar va serjantlarning oylik pul taʼminotini 10 foizga köpaytiriş taklif qilindi.

Prezidentimiz takliflarni qöllab-quvvatlab, ularning ijrosi harbiy xizmatçilar va ularning oila aʼzolari ijtimoiy himoyasini yanada kuçaytiriş, harbiy xizmat nufuzi va jozibadorligini oşirişga xizmat qilişini taʼkidladi hamda tegişli hujjatlarni imzoladi.

 

 

president.uz

Ulaşiş: