Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Mintaqaviy ekologik sammitdagi nutqi

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Mintaqaviy ekologik sammitdagi nutqi

22.04.2026 15:42152

Hurmatli Qasim-Jomart Kemeleviç!

Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!

Xonimlar va janoblar!

Avvalo, Qozoğiston Respublikasi Prezidenti hurmatli Qasim-Jomart Kemeleviç Toqayevga Mintaqaviy ekologik sammitni ötkaziş borasidagi taşabbusi hamda uni yuksak darajada taşkil etgani va anʼanaviy iliq mehmondöstlik uçun alohida minnatdorlik izhor etmoqçiman.

Özbekiston sammitning ekologik xavf-xatarlarning özaro çuqur boğliqligi va ularni birgalikda hal qiliş zarurligini ifoda etadigan “Barqaror kelajak uçun umumiy nigoh” degan boş ğoyasini töliq qöllab-quvvatlaydi.

Bugungi uçraşuv ötgan yili Samarqand iqlim forumida boşlangan muloqotning mantiqiy davomidir. Quvonarlisi şundaki, Markaziy Osiyo davlatlarining ekologik diplomatiyasi tizimli va izçil tus olib, sifat jihatidan yangi bosqiçga kötarilmoqda.

Hurmatli sammit iştirokçilari!

Bugungi kunda ekologik muammolarni global iqlim özgarişlaridan ayri holda körib çiqib bölmaydi.

Global isiş surʼatlarining tezlaşişi davom etmoqda, Markaziy Osiyo mintaqasida esa harorat ikki barobar tezroq kötarilmoqda. Mintaqa muzliklarining qariyb uçdan bir qismi yöqoldi, yoğingarçilik tartibining beqarorligi kuzatilmoqda, suv resurslari tanqisligi ortib bormoqda. Yer maydonlarining 80 million gektari allaqaçon degradatsiyaga uçradi.

Global ekologik birdamlik zaiflaşayotgani çuqur xavotir uyğotmoqda. Deklaratsiyalar va daʼvatlar resurslar bilan mustahkamlanmayapti. Global iqlim özgarişiga eng kam taʼsir körsatayotgan mamlakatlar uning oqibatlari bilan yana yakka-yu yolğiz qolmoqda.

Xalqaro hamjihatlik, eng avvalo, rivojlanayotgan mamlakatlarning iqlim özgarişi bilan boğliq moliyalaştiriş, ilğor texnologiyalar va innovatsiyalardan öz vaqtida, adolatli va tösiqsiz foydalaniş imkoniyati bilan taʼminlanişida namoyon bölişi lozim deb qatʼiy işonamiz.

Şuni mamnuniyat bilan qayd etmoqçimanki, Markaziy Osiyo davlatlari atrof-muhitni muhofaza qiliş masalalarini mintaqaviy hamkorlikning eng muhim ustuvor yönalişi darajasiga kötarişga muvaffaq böldi. “Markaziy Osiyo uçun yaşil kun tartibi” mintaqaviy dasturi, Iqlim özgarişiga moslaşiş böyiça mintaqaviy strategiya hamda Barqaror rivojlaniş uçun atrof-muhitni muhofaza qiliş böyiça mintaqaviy dastur bunday şeriklikka misol böla oladi.

Bugungi forumda “Markaziy Osiyo ekologik birdamligi” deklaratsiyasi, şuningdek, BMT tuzilmalari bilan yaqin şeriklikda amalga oşiriladigan, 2030-yilgaça möljallangan Harakatlar dasturining qabul qilinişi umumiy işimizga muhim hissa bölib qöşiladi.

Hurmatli hamkasblar!

Özbekiston ekologik barqarorlikni şakllantiriş böyiça aniq maqsadli va tizimli çora-tadbirlarni amalga oşirmoqda.

“Yaşil makon” loyihasi doirasida qariyb 1 milliard tup daraxt va buta ekildi. Orol dengizining qurigan tubida 2 million gektardan ortiq maydonda örmonzorlar barpo etilib, yangi “yaşil belboğ”lar yaratilmoqda. Bizning taşabbusimiz bilan BMT Boş Assambleyasining “Örmonlaştiriş va örmonlarni tiklaş böyiça harakatlar ön yilligi” rezolyutsiyasi qabul qilindi.

Suvni tejaş borasidagi keng kölamli saʼy-harakatlar natijasida biz yiliga 10 milliard kub metr suvni iqtisod qilmoqdamiz. Generatsiya quvvatlarimizda “yaşil” energetika uluşi allaqaçon 30 foizga yetdi, joriy ön yillikning oxiriga borib esa 50 foizdan oşadi. Biz Parij bitimi böyiça zararli çiqindilarni 35 foizga kamaytiriş majburiyatini muddatidan oldin bajardik va oldimizga yangi maqsad – ularni 2035-yilgaça ikki barobar qisqartiriş vazifasini qöydik.

Çiqindilardan energiya işlab çiqariş böyiça loyihalar faol amalga oşirilmoqda. Joriy yilda çiqindilarni yoqiş böyiça ikkita yangi zavod işga tuşiriladi, yana 9 tasi esa kelgusi ikki yil davomida faoliyatini boşlaydi. Ularning işga tuşirilişi har yili 5,5 million tonna çiqindini utilizatsiya qiliş, 2,2 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi işlab çiqariş, şuningdek, çiqindilar hajmini 1 million tonnadan ortiqqa qisqartiriş imkonini beradi.

Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!

Işonçim komilki, Markaziy Osiyo davlatlari iqlim va ekologiya muammolari qarşisida, xavf-xatarlarni yangi ösiş nuqtalariga aylantirgan holda, hamkorlikda harakat qilişi lozim.

Şu munosabat bilan bir qator aniq takliflarni taqdim etmoqçiman.

Birinçi. Atmosfera havosining sifati yomonlaşayotgan şaroitda “Markaziy Osiyoning toza havosi” davlatlararo konsorsiumini taʼsis etiş mintaqa aholisi salomatligini himoya qilişda muhim qadam böladi deb hisoblayman.

Konsorsium sanoatni modernizatsiya qilib, havoga çiqarilayotgan zararli moddalar uçun tozalaş tizimlarini joriy etadigan “yaşil” moliyalaştirişning qöşma operatoriga aylanişi mumkin.

Ikkinçi. Özbekistondagi Yaşil universitet huzurida faoliyat yuritayotgan Çöllanişga qarşi kuraşiş, qurğoqçilikning oldini oliş hamda qum va çang böronlari haqida barvaqt ogohlantiriş markaziga mintaqaviy maqom berişni taklif etaman.

Markaz bazasida ilmiy salohiyatni birlaştiriş yerlarning degradatsiyasi hamda tuz va çangli böronlarni monitoring qiliş böyiça kuçli tizimni yaratiş imkonini beradi.

Uçinçi. Texnologik ötiş jarayonlarini tezlaştiriş uçun “Markaziy Osiyo yaşil savdo yölagi”ni şakllantirişni taklif etaman.

Imtiyozli bojxona tartiblarini joriy etiş va ekomahsulotlar uçun sertifikatlarni özaro tan oliş işlab çiqarişni jadal modernizatsiya qiliş va mahsulotlarimizning raqobatbardoşligini oşiriş imkonini beradi.

Törtinçi. Markaziy Osiyo iqlim loyihalarining yagona investitsiya portfelini yaratiş keyingi qadam bölişi kerak.

Bu bizga tarqoq taşabbuslar bilan emas, balki mintaqani rivojlantiriş böyiça yaxlit strategiya bilan harakat qiliş imkonini beradi. Bu esa, öz navbatida, uni amalga oşiriş uçun şeriklarimizda qiziqişni kuçaytiradi.

Beşinçi. Markaziy Osiyo atrof-muhitidagi özgarişlarning yagona mintaqaviy atlasini yaratiş ham mintaqamiz kelajagi uçun muhim ahamiyatga ega.

Aminmanki, bu atlas mintaqadagi çöllaniş, tuproq degradatsiyasi jarayonlari va suv resurslari holati dinamikasini yaqqol ifoda etadigan fundamental ilmiy-tahliliy bazaga aylanadi.

Oltinçi. Biologik xilma-xillikni saqlaş uçun “Markaziy Osiyo Qizil kitobi”ni birgalikda işlab çiqişni taklif etamiz. Xalqaro tabiatni muhofaza qiliş ittifoqining Toşkentdagi mintaqaviy ofisi bu işda muvofiqlaştiruvçi bölişi mumkin.

Mintaqa “Qizil kitob”i yöqolib borayotgan turlarning şunçaki röyxatidan iborat bölib qolmasdan, sohada hamkorlikdagi işimiz uçun amaliy platformaga aylanişi lozim.

Yettinçi. Iqlim kun tartibi va ekologik madaniyatni ilgari suriş uçun ekologik taʼlim va yoşlarni faol jalb etiş juda muhim. Şu maqsadda Bokuda bölib ötgan COP-29 anjumani davomida mamlakatlarimiz yoşlari iştirokida Ekologiya böyiça maslahat qömitasi tuzilgan edi. Uşbu qömita platformasida 2027-yilda Özbekistonda Butunjahon yoşlar iqlim forumini ötkazişni taklif etaman.

Sakkizinçi. Ekologik kun tartibini ilgari suriş doirasida şu yilning 31-may – 5-iyun kunlari Samarqandda Global ekologik fondning sakkizinçi assambleyasi, sentabr oyi oxirida esa Suvni tejaş böyiça butunjahon forumi bölib ötadi.

Sizlarni uşbu xalqaro anjumanlarda faol iştirok etişga taklif etaman. Aminmanki, ularning natijalari mamlakatlarimiz va butun mintaqaning barqaror rivojlanişiga qaratilgan amaliy taşabbuslarni röyobga çiqarişga salmoqli hissa qöşadi.

Hurmatli sammit iştirokçilari!

Zamonaviy ekologik tahdidlar mamlakatlarimiz barqarorligini sinovdan ötkazmoqda.

Bugun qabul qilinayotgan hujjatlarning hayotga töliq tatbiq etilişi bizga nafaqat tabiatdagi kuçayib borayotgan xavf-xatarlarga samarali moslaşiş, balki ularni texnologik yangilaniş, iqtisodiy ösiş va ijtimoiy barqarorlikning kuçli omiliga aylantiriş imkonini beradi.

Işonçim komil, köp asrlik yaxşi qöşniçilik anʼanalariga tayangan va qatʼiy siyosiy irodamizni namoyon etgan holda, biz Markaziy Osiyoni ekologik farovonlik va barqaror rivojlaniş makoniga aylantiramiz.

Eʼtiboringiz uçun rahmat.

 

president.uz

Ulaşiş: