Özbekiston Prezidenti Markaziy Osiyoda iqlim va ekologiya muammolarini hal qiliş böyiça yangi taşabbuslarni ilgari surdi

Özbekiston Prezidenti Markaziy Osiyoda iqlim va ekologiya muammolarini hal qiliş böyiça yangi taşabbuslarni ilgari surdi

22.04.2026 16:06275

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 22-aprel kuni Ostona şahrida bölib ötayotgan Mintaqaviy ekologik sammitning oçiliş marosimida iştirok etdi.

Tadbirda Qozoğiston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirğiziston Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Möğuliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux, Armaniston Prezidenti Vaagn Xaçaturyan, Gruziya Prezidenti Mixail Kavelaşvili va Ozarbayjon Boş vaziri Ali Asadov hamda xalqaro va mintaqaviy taşkilotlar rahbarlari ham qatnaşdi.

Davlatimiz rahbari öz nutqida Qozoğiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevni sammitning muvaffaqiyatli taşkil etilgani bilan samimiy tabriklab, uning ekologik xavf-xatarlarning özaro boğliqligi va ularni birgalikda hal qiliş zarurligini özida mujassam etgan “Barqaror kelajak uçun umumiy nigoh” degan boş ğoyasini töliq qöllab-quvvatlaşini bildirdi.

Prezidentimiz mazkur uçraşuv ötgan yili Samarqand iqlim forumida boşlangan muloqotning mantiqiy davomi ekanini taʼkidlab, Markaziy Osiyo davlatlarining ekologik diplomatiyasi tizimli va izçil tus olib, sifat jihatidan yangi bosqiçga kötarilayotganidan mamnunligini taʼkidladi.

Özbekiston yetakçisi qayd etganidek, bugungi kunda ekologik muammolarni global iqlim özgarişlaridan ayri holda körib çiqib bölmaydi.

– Global isiş surʼatlarining tezlaşişi davom etmoqda, Markaziy Osiyo mintaqasida esa harorat ikki barobar tezroq kötarilmoqda. Mintaqa muzliklarining qariyb uçdan bir qismi yöqoldi, yoğingarçilik tartibining beqarorligi kuzatilmoqda, suv resurslari tanqisligi ortib bormoqda. Yer maydonlarining 80 million gektari allaqaçon degradatsiyaga uçradi, – dedi davlatimiz rahbari.

Global ekologik birdamlik zaiflaşayotganidan çuqur xavotir bildirildi. Rivojlanayotgan mamlakatlar iqlim özgarişi bilan boğliq moliyalaştiriş, ilğor texnologiyalar va innovatsiyalardan öz vaqtida va adolatli foydalaniş imkoniyati bilan taʼminlanişi muhimligi taʼkidlandi.

Markaziy Osiyo davlatlari atrof-muhitni muhofaza qiliş masalalarini mintaqaviy hamkorlikning eng muhim ustuvor yönalişi darajasiga kötarişga muvaffaq bölgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Buni “yaşil” kun tartibini ilgari suriş, iqlim özgarişiga moslaşiş va atrof-muhitni muhofaza qiliş böyiça bir qator muhim, strategik ahamiyatga ega mintaqaviy dasturlarning qabul qilingani ham tasdiqlamoqda.

Davlatimiz rahbari Özbekistonda ekologik barqarorlikni taʼminlaş böyiça körilayotgan tizimli çora-tadbirlarga alohida töxtalib ötdi.

– “Yaşil makon” loyihasi doirasida qariyb 1 milliard tup daraxt va buta ekildi. Orol dengizining qurigan tubida 2 million gektardan ortiq maydonda örmonzorlar barpo etilib, yangi “yaşil belboğ”lar yaratilmoqda. Bizning taşabbusimiz bilan BMT Boş Assambleyasining “Örmonlaştiriş va örmonlarni tiklaş böyiça harakatlar ön yilligi” rezolyutsiyasi qabul qilindi, – dedi Özbekiston yetakçisi.

Bundan taşqari, suvni tejaş borasidagi keng kölamli saʼy-harakatlar natijasida yiliga 10 milliard kub metr suv iqtisod qilinmoqda. Mamlakatimizning generatsiya quvvatlarida “yaşil” energetika uluşi allaqaçon 30 foizga yetdi, 2030-yilning oxiriga borib esa 50 foizdan oşadi.

Parij bitimi böyiça zararli çiqindilarni 35 foizga kamaytiriş majburiyati muddatidan oldin bajarilib, 2035-yilgaça ularni ikki barobar qisqartiriş böyiça yangi marra belgilandi.

Çiqindilardan energiya işlab çiqariş böyiça loyihalar faol amalga oşirilmoqda. Joriy yilda çiqindilarni yoqiş böyiça ikkita yangi zavod işga tuşiriladi, yana 9 tasi esa kelgusi ikki yil davomida faoliyatini boşlaydi. Ularning işga tuşirilişi har yili 5,5 million tonna çiqindini utilizatsiya qiliş, 2,2 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi işlab çiqariş, şuningdek, çiqindilar hajmini 1 million tonnadan ortiqqa qisqartiriş imkonini beradi.

Davlatimiz rahbari öz nutqida Markaziy Osiyodagi iqlim va ekologiya muammolarini hal qiliş böyiça bir qator aniq taşabbuslarni ilgari surdi.

Atmosfera havosining sifati yomonlaşayotgan şaroitda “Markaziy Osiyoning toza havosi” davlatlararo konsorsiumini taʼsis etiş taklifi bildirildi. Konsorsium sanoatni modernizatsiya qilib, havoga çiqarilayotgan zararli moddalar uçun tozalaş tizimlarini joriy etadigan “yaşil” moliyalaştirişning qöşma operatoriga aylanişi mumkin.

Prezidentimiz Toşkentdagi Yaşil universitet huzurida faoliyat yuritayotgan Çöllanişga qarşi kuraşiş, qurğoqçilikning oldini oliş hamda qum va çang böronlari haqida barvaqt ogohlantiriş markaziga mintaqaviy maqom beriş muhimligini taʼkidladi. Markaz bazasida ilmiy salohiyatni birlaştiriş yerlarning degradatsiyasi hamda tuz va çangli böronlarni monitoring qiliş böyiça kuçli tizimni yaratiş imkonini berişi taʼkidlandi.

Texnologik ötiş jarayonlarini tezlaştiriş uçun imtiyozli bojxona tartiblari va ekomahsulotlar uçun sertifikatlarni özaro tan olişni nazarda tutuvçi “Markaziy Osiyo yaşil savdo yölagi”ni şakllantiriş taşabbusi ilgari surildi.

Markaziy Osiyo iqlim loyihalarining yagona investitsiya portfelini yaratiş dolzarb masala ekanligi qayd etildi. Bu mintaqani rivojlantiriş böyiça yaxlit strategiya bilan harakat qiliş imkonini yaratib, şeriklarda uni amalga oşirişga bölgan qiziqişni kuçaytiradi.

Markaziy Osiyo atrof-muhitidagi özgarişlarning yagona mintaqaviy atlasi yaratilişi mintaqadagi çöllaniş, tuproq degradatsiyasi jarayonlari va suv resurslari holati dinamikasini yaqqol ifoda etadigan fundamental ilmiy-tahliliy bazaga aylanişi mumkin.

Biologik xilma-xillikni saqlaş uçun “Markaziy Osiyo Qizil kitobi”ni işlab çiqiş, bu jarayonda Xalqaro tabiatni muhofaza qiliş ittifoqining Toşkentdagi mintaqaviy ofisini muvofiqlaştiruvçi sifatida belgilaş taklif qilindi.

Yoşlar orasida iqlim kun tartibi va ekologik madaniyatni ilgari suriş uçun 2027-yilda Özbekistonda Butunjahon yoşlar iqlim forumini ötkazişga tayyorlik bildirildi.

Davlatimiz rahbari sözining yakunida tadbir iştirokçilarini şu yil Samarqandda bölib ötadigan Global ekologik fondning sakkizinçi assambleyasi va Suvni tejaş böyiça butunjahon forumida iştirok etişga taklif etdi.

 

president.uz

Ulaşiş: