Özbekiston Prezidenti UNEP bilan ekologik hamkorlikni kengaytiriş masalalarini muhokama qildi

Özbekiston Prezidenti UNEP bilan ekologik hamkorlikni kengaytiriş masalalarini muhokama qildi

23.04.2026 10:39131

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Ostona şahrida ötayotgan Mintaqaviy ekologik sammit doirasida BMTning Atrof-muhit böyiça dasturi ijroçi direktori Inger Andersen bilan muloqot qildi.

Atrof-muhitni muhofaza qiliş, barqaror rivojlaniş va iqlim muammolariga qarşi kuraşiş sohasidagi hamkorlikning asosiy yönalişlari körib çiqildi.

Özaro hamkorlik, şu jumladan, milliy ekologik maʼruzalarni tayyorlaş, atrof-muhit monitoringi tizimini takomillaştiriş va institutsional salohiyatni mustahkamlaş masalalarida izçil rivojlanib borayotgani qayd etildi.

Ijroçi direktor Özbekistonda amalga oşirilayotgan “Yaşil makon”, “Biomeros”, “Toza havo,” “Çiqindisiz hudud” va “Ekomadaniyat” kabi milliy loyihalarni yuqori baholadi. Ularning ekologik barqarorlikni taʼminlaş va aholi turmuş sifatini oşirişdagi ahamiyati qayd etildi.

Inger Andersen, şuningdek, Özbekiston Prezidentining bugungi sammitda ilgari surilgan taşabbuslarini röyobga çiqariş böyiça amaliy şeriklikni kengaytirişga tayyorligini bildirdi.

 

 

 

president.uz

Ulaşiş: