Aholiga tun-u kun xizmat körsatadigan köçalar köpaymoqda

Aholiga tun-u kun xizmat körsatadigan köçalar köpaymoqda

24.04.2026 11:56152

Prezident Şavkat Mirziyoyev Mirzo Uluğbek tumanidagi Özbekiston ovozi köçasida taşkil etilgan gastronomik turizm köçasi faoliyati bilan tanişdi.

Turizm kam mablağ evaziga köp iş örni yaratadigan, aholi daromadlarini oşirib, hududlar qiyofasini yaxşilaydigan muhim sohadir. Toşkent şahrida bu borada imkoniyatlar katta.

Xususan, Mirzo Uluğbek tumanida mazkur salohiyatdan töliq foydalaniş maqsadida qator loyihalar amalga oşirilmoqda.

Özbekiston ovozi köçasida olib borilgan bunyodkorlik va obodonlaştiriş işlari mamlakatimizda turizm va servis sohalarini rivojlantirişga qaratilayotgan alohida eʼtiborning amaliy ifodasi böldi.

Mazkur loyiha davlatimiz rahbarining 2022-yil 30-aprelda qabul qilingan “Içki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori asosida amalga oşirilgan.

Obyekt 2025-yil sentabr oyida işga tuşirilgan bölib, loyihasi Rossiyaning “City Makers” va “Lyudi Arxitekts” byurolari tomonidan işlab çiqilgan.

Köçaning umumiy uzunligi 2,1 kilometrni taşkil etadi. Bu yerda zamonaviy infratuzilma yaratilgan. Jumladan, keng piyodalar va velosiped yölaklari barpo etilgan, aholi va sayyohlar uçun qulay şaroitlar yaratilgan.

Hududda selfi-zonalar, oçiq havodagi sport maydonçalari, biohojatxonalar taşkil etilgan. Şuningdek, oilaviy dam oliş maskanlari, bolalar uçun ekomaydonçalar va arqonli boğ faoliyat körsatmoqda.

Davlatimiz rahbari köça böylab yurar ekan, zamonaviy uslubda taʼmirlangan xonadonlar, obod köçalar va aholi uçun yaratilgan şaroitlarni közdan keçirdi. Şu yerda istiqomat qilayotgan oilalar bilan samimiy suhbatlaşdi.

Loyihaning umumiy qiymati 40 milliard sömni taşkil etadi. Köçada jami 165 ta savdo obyekti faoliyat yuritmoqda. 89 ta tadbirkorlik subyekti uzluksiz işlaş tartibiga ötgan. Şuningdek, 2 ming 221 ta yangi iş örni yaratilgan.

Prezidentimizga şu yerning özida Toşkent şahrida faoliyat yurituvçi turizm va gastronomik köçalarda amalga oşirilgan işlar yuzasidan axborot berildi.

Qayd etilganidek, 2025-yilda poytaxtda jami 26 ta köça tun-u kun faoliyat yuritişga ötdi. Bu yönalişga 540 milliard söm mablağ yönaltirildi. Natijada 1 ming 103 ta yangi savdo va servis obyekti taşkil etilib, 315 ta tadbirkorlik subyekti 24/7 rejimida işlaşni boşladi, 26 ta xorijiy brend faoliyati yölga qöyildi.

Amalga oşirilgan işlar iqtisodiy körsatkiçlarga ham ijobiy taʼsir körsatgan. Köçalarda turli xizmatlardan foydalanuvçilar sutkasiga 80 mingdan 200 mingga yetgan, 6 ming nafar aholi bandligi taʼminlangan.

Joriy yilda yana 18 ta yangi turizm köçasini taşkil etiş, 500 ta yangi obyektni işga tuşiriş va 7 ming nafargaça yangi iş örni yaratiş rejalari haqida maʼlumot berildi.

Prezidentimiz Mirzo Uluğbek tumanida gastronomik turizm köçalari sonini yanada köpaytiriş, mavjud imkoniyatlarni töliq işga soliş, xizmatlar sifatini oşiriş va yangi investitsiya loyihalarini amalga oşiriş böyiça masʼullarga aniq topşiriqlar berdi.

 

 

 

president.uz

 

Ulaşiş: