Prezidentimiz Farğonaning sanoat va investitsiya salohiyati bilan tanişdi

Prezidentimiz Farğonaning sanoat va investitsiya salohiyati bilan tanişdi

29.04.2026 09:47126

Prezident Şavkat Mirziyoyev taşrifining ikkinçi kuni Farğona şahridagi Investorlarga xizmat körsatiş markazi faoliyati bilan tanişdi.

Farğona şahrida taşkil etilgan “Farğona ekspo” xalqaro körgazmalar markazi faoliyati viloyatning iqtisodiy salohiyatini keng namoyiş etiş, sanoat kooperatsiyasini rivojlantiriş, eksportni rağbatlantiriş va investorlar uçun qulay servis muhitini yaratişga qaratilgan.

Markaz nafaqat körgazma maydoni, balki tadbirkorlar va investorlar uçun yaxlit muloqot maydonçasi vazifasini ötamoqda.Beş gektar maydonni egallagan majmuada 200 dan ortiq işlab çiqaruvçi korxonalar mahsulotlarini namoyiş etiş imkoniyati yaratilgan.

Yangi barpo etilgan 8 qavatli binoning dastlabki ikki qavati savdo, investitsiya va tadbirkorlikni qöllab-quvvatlovçi taşkilotlar uçun ajratilgan. Yuqori qavatlar esa investorlar va biznes vakillari uçun ofis sifatida taqdim etiladi.

Markazda yil davomida 15 ta tarmoq yönalişi böyiça doimiy körgazma-yarmarka faoliyat yuritadi. Bu yerda davlat idoralari, işlab çiqaruvçilar, eksportçilar va investorlar bir maydonda uçraşib, amaliy hamkorlikni yölga qöyiş imkoniga ega böladi.

Farğona tajribasining samaradorligini inobatga olgan holda, bunday zamonaviy körgazma zallarini Toşkent şahri, Buxoro, Jizzax va Samarqand viloyatlarida ham barpo etiş rejalaştirilgan.

Prezident Şavkat Mirziyoyevga Farğona şahrida investor va tadbirkorlar uçun joriy etilgan “Yagona milliy loyiha boşqaruvi axborot tizimi” platformalari haqida ma’lumot berildi.

Ta’kidlanganidek, invest.gov.uz va pmi.miit.uz platformalari mahalliy va xorijiy tadbirkorlarni yagona raqamli maydonda birlaştirib, investitsiya loyihalarini şakllantiriş, amalga oşiriş va monitoring qiliş jarayonlarini oçiq va şaffof taşkil etişga xizmat qilmoqda.

Yagona investitsiya platformasi “yagona darça” tamoyili asosida işlaydi. U orqali investor hududlarning salohiyatidan kelib çiqib, tayyor investitsiya loyihalari bilan tanişadi, öziga maqbul yönalişni tanlaydi va şaxsiy kabinet orqali zarur jarayonlarni kuzatib boradi.

Investor loyiha böyiça işlarni mustaqil yuritişi yoki vakolatli konsultant xizmatidan foydalanişi mumkin. Yuborilgan sörovlar Investitsiya vazirligi hamda tegişli vazirlik va idoralar bilan integratsiyalaşgan platformada aks etadi. Har bir bosqiç böyiça muddatlar avtomatik belgilanadi, ijro mas’ul menejer tomonidan nazorat qilinadi.

Keçikiş yoki muammoli holatlar yuzaga kelganda, masala Hukumat komissiyasi muhokamasiga kiritilib, tezkor qaror qabul qilinadi. Bunday raqamli yeçimlar tadbirkorlar uçun qulaylik yaratib, investitsiya muhitiga bölgan işonçni mustahkamlamoqda.

Farğona viloyatida investorlar va konsalting taşkilotlari örtasidagi hamkorlik ham samarali yölga qöyilgan. Bu yangi loyihalarni şakllantiriş, ularni moliyaviy va taşkiliy jihatdan puxta tayyorlaşda muhim örin tutmoqda.

Prezidentga viloyat uçun taklif etilayotgan qator yirik investitsiya loyihalari taqdim qilindi. Jumladan, Xitoy bilan hamkorlikda “Yevrosiyo xalqaro savdo markazi”ni barpo etiş, Janubiy Koreya bilan biopellet işlab çiqariş va issiqlik energiyasi stansiyasini taşkil etiş, Turkiya bilan zamonaviy tibbiyot klasterini şakllantiriş rejalari körib çiqildi.

Şuningdek, Fransiya, Ispaniya, Birlaşgan Arab Amirliklari va Qatar bilan hamkorlikda aholini sifatli içimlik suvi bilan ta’minlaşga qaratilgan yirik infratuzilmaviy loyiha taqdim etildi.

Viloyatda 5 yulduzli mehmonxona va zamonaviy kongress-xoll quriş, Quvasoy şahrida yangi formatdagi istirohat boğini taşkil etiş, elektromobillar uçun akkumulyator işlab çiqariş kabi istiqbolli taşabbuslar ham körib çiqildi.

Davlatimiz rahbari markazda Farğona viloyatining sanoat va xizmat körsatiş salohiyatiga oid körgazmalar bilan tanişdi. Hunarmandçilik, quriliş materiallari, elektrotexnika, maşinasozlik, töqimaçilik, çarm-poyafzal va zargarlik sohalarida işlab çiqarilayotgan mahsulotlar namoyiş etildi.

Ikkinçi yirik zalda oziq-ovqat sanoati, ekologik transport, neft-gaz tarmoği, mebelsozlik, farmatsevtika va kimyo sanoatiga oid mahsulotlar taqdimoti taşkil etildi. Bu körgazmalar hududda işlab çiqariş tarmoqlari keng qamrovda rivojlanayotganini namoyon qildi.

Şu yerning özida davlatimiz rahbari xorijiy tadbirkorlar bilan muloqot qildi. Investitsiya loyihalarini jadallaştiriş, mavjud muammolarni bartaraf etiş va özaro manfaatli hamkorlikni kengaytiriş masalalari muhokama qilindi.

Xususan, oltinni qayta işlaş fabrikasi faoliyatini kengaytiriş, zamonaviy kabel işlab çiqariş korxonasini barpo etiş bilan boğliq taşabbuslarga alohida e’tibor qaratildi.

Prezident tadbirkorlarni qiynayotgan masalalarni tinglab, ularni hal etiş böyiça mutasaddilarga aniq topşiriqlar berdi. Barça loyihalarni amalga oşirişda tezkorlik, samaradorlik va oçiqlikni ta’minlaş ustuvor vazifa sifatida belgilandi.

 

 


president.uz

Ulaşiş: