Farğona viloyatini rivojlantiriş böyiça ustuvor vazifalar belgilab berildi
Prezident Şavkat Mirziyoyev 28-aprel kuni Farğona şahrida Farğona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş masalalari yuzasidan yiğiliş ötkazdi.
Davlatimiz rahbari avvalo keyingi yillarda hudud iqtisodiyotida röy bergan özgarişlarga töxtalib ötdi.
Sönggi yillarda viloyatda 8 milliard 200 million dollar investitsiya hisobiga 8 mingta zamonaviy quvvat işga tuşirildi. Tadbirkorlik uçun 100 trillion söm resurs yönaltirildi, tijorat maydonlari 10 million kvadrat metrga köpaydi. 13,5 ming kiçik va örta korxona taşkil etilib, ularning soni qariyb 2 karra oşdi.
Natijada yalpi hududiy mahsulot 1,7 barobarga, sanoat 1,5 barobarga, xizmatlar 3 barobarga ösdi. Asosiysi, sönggi tört yilda işsizlik 9,2 foizdan 4,6 foizga, kambağallik darajasi esa 11,6 foizdan 5,2 foizga tuşdi.
Aholining uy-joy şaroitini yaxşilaş böyiça ham katta işlar amalga oşirilmoqda. Marğilondagi Ipakçi va Qirguli mahallalarida 241 ta eski hovli örnida 2,5 ming xonadonli köp qavatli uylar barpo etildi. Navröz mahallasida qurilayotgan “Yangi Özbekiston” massiviga bu yil yana 6,5 ming oila köçib kiradi. Bunday işlar Yozyovon, Quva tumanlari, Qöqon va Farğona şaharlarida ham davom etmoqda.
Sönggi ön yilda viloyatda 74 ming örinli maktab, 145 ming örinli boğça va 3 ming koykali şifoxonalar işga tuşirildi. 167 ta xususiy maktab taşkil etilib, ularda 40 mingdan ortiq öquvçi taʼlim olmoqda. Taʼlim sifati oşgani natijasida yoşlarning oliy taʼlim muassasalariga kiriş körsatkiçi böyiça Farğona respublikada 3-öringa kötarildi.
Qişloq xöjaligida 15 ming gektar sanoatlaşgan boğ va tokzor yaratildi, yana 6 ming gektari yangilandi. Meva-sabzavot eksporti 3 karra köpayib, 400 million dollarga yetdi. Farğona, Söx, Quva tumanlari, Marğilon va Qöqon şahrida turizm jadal rivojlanmoqda. Ötgan yili xorijiy turistlar soni ilk bor 500 mingdan, mahalliy sayyohlar 3 milliondan oşdi, turizm eksporti esa 185 million dollarga yetdi.
– Farğona ahli bizdan yanada katta natija kutyapti, – dedi Prezident.
Şu bois, joriy yil viloyatda iqtisodiyotni 9,1 foizga, sanoatni 9 foizga östiriş, 4,5 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiş, eksportni 2 karra köpaytirib, 2 milliard dollarga yetkaziş vazifasi qöyildi.
Yiğilişda Farğona davlat idoralari, sanoat, servis va qişloq xöjaligida zamonaviy texnologiyalar, raqamli yeçimlar va sunʼiy intellektni keng joriy etiş böyiça namuna bölişi kerakligi taʼkidlandi.
“Beş million sunʼiy intellekt yetakçisi” dasturi böyiça sertifikat olgan yoşlarning eng köpi Farğona viloyatiga töğri keladi. Viloyat va tumanlar rahbarlariga iqtidorli yoşlarni jalb etgan holda davlat idoralaridagi xizmatlar va jarayonlarni raqamlaştiriş, aholi va tadbirkorlar uçun qulayliklarni oşiriş topşirildi.
Mahallalarning ustunliklarini sunʼiy intellekt yordamida tahlil qilib, iş örni, qöşilgan qiymat va aholi daromadini köpaytiradigan loyihalar işlab çiqiş muhimligi qayd etildi.
Masalan, Yozyovon tumani imkoniyatlari sunʼiy intellekt yordamida örganilganda tuman iqtisodiyotida asosiy eʼtiborni logistikaga qaratiş zarurligi aniqlangan. A-373 magistral yölining Yozyovondan ötgan 35 kilometr qismi orqali kuniga 30 ming transport vositasi harakatlanadi. Şu bois, tumanda logistika markazlari, yirik omborlar, yöl böyi servis obyektlarini köpaytiriş orqali iqtisodiy aylanmani yana 1 trillion sömga oşiriş vazifasi qöyildi.
Sönggi yillarda Farğonada IT xizmatlari 4 karra ösib, eksport 23 million dollardan oşdi. Yangi öquv yilidan Quva tajribasi asosida yana 16 ta tumanda texnikumlar negizida dasturlaş, robototexnika, grafik dizayn va xorijiy tillar böyiça kadrlar tayyorlaş yölga qöyiladi. Farğona şahrida IT-Park universiteti, Marğilonda INHA universitetining filialini oçib, sunʼiy intellekt, kiberxavfsizlik va dasturiy muhandislik yönalişlarida yiliga 1 ming nafar talabani öqitiş belgilandi.
Elektron tijoratni rivojlantiriş masalasiga ham alohida eʼtibor qaratildi. Bu sohada Farğona uluşi hali past ekani qayd etilib, viloyatda kamida 100 ming kvadrat metrli omborxona taşkil qiliş, şundan 30 ming kvadrat metrini joriy yilda işga tuşiriş zarurligi körsatib ötildi. Sanoat va hunarmandçilikka ixtisoslaşgan 126 ta mahalladagi tadbirkorlarni elektron tijorat platformalaridan foydalanişga örgatiş vazifasi qöyildi.
Qişloq xöjaligida mavjud zaxiralarni işga soliş ham muhokama qilindi. Viloyatda 370 ming gektar suğoriladigan yer, şundan 55 ming gektar boğ va tokzor bor. Qolaversa, 5,5 ming gektar boğ va tokzor eskirgan, 6 ming gektar daşt va adir yerlaridan samarali foydalanilmayapti. Bu qöşimça 300 ming tonna meva-sabzavot va iqtisodiyotga 2 trillion sömlik qöşilgan qiymat yaratiş imkoni ekani taʼkidlandi.
“Quva Agrostar” agromajmuasi tajribasi alohida qayd etildi. Bu yerda kooperatsiya asosida tomorqa va dehqon xöjaliklariga kiçik sexlar quriş, dehqonlarni öqitiş, in-vitro laboratoriyada yetiştirilgan köçatlar bilan taʼminlaş va tayyor mahsulot eksportiga kömaklaşiş yölga qöyilmoqda. Mana şunday yondaşuvlarni barça tumanlarda joriy qiliş, 5,5 ming gektar eskirgan boğlarni töliq yangilaş topşirildi.
Viloyatda 50 ming gektar kam hosilli paxta va ğalla yerlari hamda samarasi past boğlar örnida super intensiv boğlar yaratiş böyiça katta dastur işlab çiqiladi. Bu yil 611 ming tonna meva, 252 ming tonna uzum, 1,8 million tonna sabzavot, 119 ming tonna şoli yetiştirib, meva-sabzavot eksportini 25 foizga oşiriş va 500 million dollarga yetkaziş muhimligi qayd etildi.
Davlatimiz rahbari investitsiya masalalariga ham töxtaldi. Viloyatda sanoat zonalari uçun ajratilgan 1 ming 77 gektar yerdan samarali foydalaniş, har bir gektarda yiliga kamida 50 milliard sömlik mahsulot işlab çiqariş asosiy mezon bölişi belgilandi. Sanoat zonalarida 5 milliard dollarlik loyihalarni boşlaş topşirildi.
Beşariqdagi Andarxon mahallasida erkin savdo zonasi taşkil etiş, Qöqondagi mexanika zavodi hududida 70 million dollarlik yirik savdo kompleksini barpo etiş takliflari qöllab-quvvatlandi.
Turizm sohasida ham katta imkoniyatlar borligi qayd etildi.
– Tarixiy obidalar va betakror tabiatni özida jamlagan Farğonada xorijiy turistlar oqimini yana 2-3 karra oşirsa böladi, – dedi Prezident.
Buning uçun Qöqon va Marğilonni ziyorat turizmiga, Söx, Quva, Beşariq va Farğona tumanlarini tibbiy va ekoturizmga ixtisoslaştiriş zarurligi taʼkidlandi. Quvadagi “Karkidon” suv ombori atrofida dam oluvçilar xavfsizligini taʼminlaş böyiça favqulodda vaziyatlar markazi taşkil etilgani qayd etilib, mamlakatdagi boşqa suv omborlarini ham bosqiçma-bosqiç aholi va sayyohlar uçun qulay maskanlarga aylantiriş vazifasi qöyildi.
Marğilonda “Burhoniddin Marğinoniy” ilmiy-maʼrifiy va turizm majmuasining oçilişi milliy qadriyatlar va tariximizni dunyoga namoyon etadigan muhim qadam sifatida baholandi. Farğona tumanida “Şohimardon – Yordon” xalqaro kurort zonasi, “Vodil” malina-agroturizm klasteri, “Avval” köngiloçar turizm majmuasi va “Çimyon” sanatoriy-kurort zonasi kabi loyihalar amalga oşirilmoqda. Kelasi yil yakunigaça 300 million dollarlik 50 ta turizm loyihasini işga tuşiriş zarurligi belgilandi.
Qöqonda 64 ta madaniy meros obyektini qamrab olgan 3 ta piyoda turizm marşruti işlab çiqilgan. Şahardagi madaniy meros obyektlarida joylaşgan davlat idoralarini boşqa binolarga köçiriş, tarixiy obyektlarni turizm va madaniyat maskanlariga aylantiriş böyiça topşiriqlar berildi.
Söx tumanida ekoturizm, agro va tibbiy turizmni rivojlantiriş uçun katta salohiyat mavjudligi taʼkidlandi. Söx daryosining Sarikanda, Istiqlol va Rovon mahallalaridan ötgan qismida 130 gektar maydonda yirik turizm kompleksini barpo etiş, xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda tumanni rivojlantiriş böyiça master-reja işlab çiqiş topşirildi. Umuman, tumanga yangiça qiyofa olib kiriş böyiça uç yillik dastur qabul qilinişi eʼlon qilindi.
Yiğilişda Farğonaning boy madaniy merosini örganiş va tarğib qiliş masalalari ham körib çiqildi.
Qöqon adabiy muhiti antologiyasi va elektron platformasini yaratiş, Adabiyot va ijod maktabini taşkil etiş taklif qilindi. Yoşlar örtasida kitobxonlikni ommalaştiriş maqsadida viloyatdagi 100 ta mahallada namunaviy mahalla kutubxonalari taşkil etiladi, buk-kafe oçgan tadbirkorlarga soliq va ijara tölovlari böyiça imtiyozlar beriladi. “Burhoniddin Marğinoniy” ilmiy-maʼrifiy va turizm majmuasida har ikki yilda Xalqaro kitobxonlik festivalini ötkaziş, unga dunyoning maşhur yozuvçi va şoirlarini taklif qiliş taşabbusi ilgari surildi.
Farğona madaniyatining ajralmas qismi bölgan askiya sanʼatini asrab-avaylaş va rivojlantiriş masalasiga ham alohida eʼtibor qaratildi. Marğilonda Yusufjon qiziq Şakarjonov nomidagi Respublika askiya va qiziqçilik sanʼati markazi taşkil etilgani qayd etilib, yoş isteʼdodlarni qöllab-quvvatlaş, tuman madaniyat markazlari va musiqa-sanʼat maktablarida askiya va qiziqçilik mahorati yönalişlarini oçiş topşirildi.
Yiğiliş davomida viloyat va tumanlar rahbarlarining hisobotlari, tadbirkorlar va jamoatçilik vakillarining fikrlari tinglandi.

