Çexiya biznesi Özbekistonni Markaziy Osiyo bozoriga çiqiş uçun strategik markaz sifatida eʼtirof etmoqda
TOŞKENT, 30-aprel. /“Dunyo” AA/. Keça Toşkentda Özbekiston-Çexiya biznes-forumi bölib ötdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Özbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (ISSV) maʼlumotiga köra, unda ikki davlat hukumat rahbarlari Abdulla Aripov hamda 29-aprel kuni Özbekistonga rasmiy taşrif bilan kelgan Andrey Babiş iştirok etdi.
Mazkur anjuman 200 dan ortiq delegatlarni birlaştirib, ikki tomonlama aloqalarning jadal rivojlanib borayotganini yana bir bor tasdiqladi, zero oxirgi sakkiz yil içida özaro tovar ayirboşlaş hajmi ikki barobar ortdi. Bugungi kunda respublikamizda Çexiya sarmoyasi iştirokidagi 37 ta korxona muvaffaqiyatli faoliyat yuritib, hamkorlikning mustahkam poydevorini taşkil etmoqda.
Muloqot davomida Özbekistonning investitsiyaviy yutuqlariga alohida töxtalib ötildi, xususan, 2025-yilda mamlakat yalpi içki mahsuloti 145 milliard dollardan oşdi. Çexiya kompaniyalari sanoat va transport sohalariga innovatsiyalarni joriy etişga tayyor ekanliklarini bildirib, Özbekistonni Markaziy Osiyo bozoriga çiqiş uçun strategik markaz sifatida eʼtirof etdilar.
Uçraşuv yakunida maşinasozlik, infratuzilmani modernizatsiya qiliş va taʼlim yönalişlarida hamkorlik böyiça hujjatlar imzolandi. Çexiya eksport banki hamda EGAP korporatsiyasi bilan erişilgan kelişuv muhim moliyaviy vosita bölib xizmat qiladi. Uşbu mexanizm qöşma yuqori texnologiyali işlab çiqariş loyihalari uçun imtiyozli kreditlaş va risklarni suğurtalaşni taʼminlaydi.
Forum yirik kompaniyalar va banklar iştirokidagi G2B hamda B2B muzokaralar bilan yakunlandi. Unda tomonlar istiqbolli loyihalarni amalga oşiriş böyiça aniq çora-tadbirlarni belgilab oldilar.

