Özbekiston Prezidenti Koreya Respublikasi bilan investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirişni muhokama qildi

Özbekiston Prezidenti Koreya Respublikasi bilan investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirişni muhokama qildi

04.05.2026 10:28142

Osiyo taraqqiyot banki Boşqaruvçilar kengaşining yiğilişi doirasida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Boş vazirining örinbosari, iqtisodiyot va moliya vaziri Ku Yun Çxol boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uçraşuvda Özbekiston – Janubiy Koreya Alohida strategik şeriklik munosabatlarini yanada mustahkamlaş va köp qirrali hamkorlikni kengaytiriş masalalari körib çiqildi.

Yuqori martabali mehmon Özbekiston Prezidentiga Koreya Respublikasi Prezidenti Li Çje Myonning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi. Yetakçilarning Nyu-York şahrida bölib ötgan uçraşuvi natijalari mamnuniyat bilan qayd etildi.

Çuqur tarixiy döstlik riştalari, öxşaş mentalitet, anʼanalar va qadriyatlarga asoslangan ikki tomonlama aloqalar izçil rivojlanmoqda.

Özbekiston Prezidenti Janubiy Koreya bilan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytiriş masalalariga alohida eʼtibor qaratdi.

Özaro savdo va investitsiyalar körsatkiçlari barqaror ösib bormoqda. Joriy yil boşidan tovar ayirboşlaş hajmi 12 foizga oşdi. Mamlakatimizda qariyb 1 mingta qöşma korxona faoliyat yuritmoqda, Koreya investitsiyalarining umumiy hajmi 8 milliard dollardan oşdi. Uşbu mamlakat kompaniyalari uçun maxsus sanoat zonasini taşkil etiş masalalari işlab çiqilmoqda.

Koreya Eksimbanki va uning jamğarmalari bilan köp yillik samarali hamkorlik yuqori baholandi. Ular iştirokidagi loyihalarning umumiy portfeli 2 milliard dollardan oşdi.

Köp tarmoqli klinika, kimyo markazi va farmatsevtika parki qurilişi davom etmoqda. Bugun Toşkent – Xiva yönalişida birinçi “Hyundai Rotem” poyezdi qatnay boşladi.

Özbekiston Prezidenti ustuvor yönalişlarda yangi investitsiya loyihalari portfelini şakllantiriş va hududlararo almaşinuvlarni jadallaştiriş muhimligini qayd etdi. Davlat moliyasini boşqariş tizimini raqamlaştirişda Koreya tomoni kömaklaşişiga umid bildirildi.

Joriy yil kuz oyida Seul şahrida ötkazilişi rejalaştirilgan “Markaziy Osiyo – Koreya” sammiti va boşqa oliy darajadagi tadbirlarga tayyorgarlik köriş muhimligi taʼkidlandi.

 

 

president.uz

Ulaşiş: