Özbekiston Prezidenti Yaponiya moliya vaziri boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Özbekiston Prezidenti Yaponiya moliya vaziri boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi

04.05.2026 10:32158

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Osiyo taraqqiyot banki Boşqaruvçilar kengaşining yiğilişi doirasida Yaponiya moliya vaziri Satsuki Katayama boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uçraşuvda Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC) boşqaruvçisi Nobumitsu Xayasi va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) katta vitse-prezidenti Masao Yahara ham iştirok etişdi.

Suhbat avvalida yuqori martabali mehmon mamlakatimiz yetakçisiga Yaponiya Boş vaziri Sanae Takaiçining salomi va samimiy tilaklarini yetkazdi.

Davlatimiz rahbarining 2025-yil dekabr oyida Yaponiyaga amalga oşirgan taşrifi ikki tomonlama munosabatlarda yangi davrni boşlab bergani taʼkidlandi.

Muloqot çoğida iqtisodiy hamkorlikning ijobiy surʼatlari alohida qayd etildi. Tovar ayirboşlaş hajmi ortmoqda, Yaponiyaning yetakçi kompaniyalari iştirokida yirik investitsiya loyihalari amalga oşirilmoqda.

Özbekiston Prezidenti mamlakatimiz moliya tizimini modernizatsiya qiliş, xususan, ğaznaçilik sohasiga sunʼiy intellektni joriy etiş, raqamli moliya transformatsiyasi va uşbu yönalişda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaş böyiça bir qator istiqbolli takliflarni ilgari surdi.

Qayta tiklanuvçi energiya, tibbiyot, axborot texnologiyalari, transport va qişloq xöjaligi sohalaridagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni jadallaştirişga kelişib olindi.

 

 

president.uz

Ulaşiş: