Özbekiston Prezidenti Saudiya Arabistoni bilan yirik investitsiya loyihalarining borişini körib çiqdi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Osiyo taraqqiyot banki Boşqaruvçilar kengaşining navbatdagi yiğilişi doirasida “ACWA Power” kompaniyasi rahbari Muhammad Abunayyan boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uçraşuvda şeriklik aloqalarini kengaytiriş va qöşma loyihalarni jadallaştiriş masalalari körib çiqildi.
Davlatimiz rahbari Özbekiston “yaşil” energetika sohasining asosiy hamkori bölgan “ACWA Power” faoliyatini yuqori baholadi. Qayd etilganidek, ötgan yil dekabr oyida boşlangan yangi investitsiya taşabbuslari, jumladan, quyoş va şamol elektr stansiyalarini barpo etiş loyihalari belgilangan rejalar asosida izçil amalga oşirilmoqda.
Muloqot davomida hamkorlikning istiqbolli yönalişlariga ham alohida eʼtibor qaratildi. Xususan, “Yangi Toşkent” xalqaro aeroporti qurilişini boşlaş, Farğona şahrida köp tarmoqli tibbiyot muassasasini barpo etiş, IT-parkda zamonaviy maʼlumotlar markazini işga tuşiriş kabi masalalar muhokama qilindi.
Uçraşuv yakunida saudiyalik investorlar Özbekistondagi islohotlar va yaratilgan qulay investitsiya muhiti uçun minnatdorlik bildirib, loyihalarni sifatli va öz vaqtida amalga oşirişga tayyor ekanliklarini taʼkidladilar.

