Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Osiyo taraqqiyot banki Boşqaruvçilar kengaşining yillik yiğilişidagi nutqi

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Osiyo taraqqiyot banki Boşqaruvçilar kengaşining yillik yiğilişidagi nutqi

06.05.2026 09:13139

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Osiyo taraqqiyot banki Boşqaruvçilar kengaşining yillik yiğilişidagi nutqi

Hurmatli Masato Kanda Janoblari!

Hurmatli bank boşqaruvçilari!

Xonimlar va janoblar!

Sizlarni Osiyo taraqqiyot banki Boşqaruvçilar kengaşining 59-yillik yiğilişida körib turganimdan behad mamnunman. Bunday nufuzli anjumanning yurtimizda ötkazilayotgani bizga albatta ğurur va iftixor bağişlaydi.

Bir neça ming yillik tarixga ega, Buyuk ipak yölining çorrahasida joylaşgan diyorimiz qadimdan Şarq va Ğarbni, Şimol va Janubni boğlovçi markaz bölib kelgan. Bu yerda azaldan dunyo tamadduni, ilm-fan va savdo yöllari tutaşgan.

Buyuk tarix va yorqin kelajakni özida mujassam etgan Yangi Özbekiston endilikda xalqaro miqyosdagi dolzarb masalalar muhokama etiladigan yirik maskanga aylanib bormoqda. Işonçim komilki, Samarqand anjumani ilğor fikr va yangi taşabbuslarni ilgari surişga, muhim qarorlar qabul qilişga xizmat qiladi.

Yangi Özbekistonga xuş kelibsiz!

Aziz mehmonlar!

Bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyoti mutlaqo yangi rivojlaniş davrini boşdan keçirmoqda. Biz 2016-yildan buyon iqtisodiyotni erkinlaştiriş, investorlar uçun jozibador muhit yaratiş, global qöşilgan qiymat zanjirida faol qatnaşiş, hududlarda ijtimoiy va işlab çiqariş infratuzilmasini tubdan yangilaş, aholi turmuş şaroitini yaxşilaş böyiça katta islohotlarni olib boryapmiz.

Tarixan qisqa vaqt içida mehnatkaş va bunyodkor xalqimiz bilan murakkab taraqqiyot yölini bosib ötdik. Sönggi yillarda iqtisodiyotimizga 150 milliard dollar xorijiy investitsiya kiritilib, minglab zamonaviy korxonalar işga tuşirildi. Birgina energetika sohasida 35 milliard dollarlik investitsiya loyihalari hisobiga elektr işlab çiqarişni 1,5 barobar oşirib, 87 milliard kilovatt-soatga yetkazdik. Bu davrda tovar va xizmatlar eksporti 3 karra ösdi, iqtisodiyotimiz hajmi esa 50 milliard dollardan 147 milliard dollarga yetdi.

Bunday ijobiy natijalar xalqaro hamjamiyat tomonidan ham e’tirof etilmoqda. 2020-yildan buyon Özbekiston suveren kredit reytinglarida  öz örnini barqaror oşirib bormoqda. Iqtisodiy erkinlik indeksida bu yil yurtimiz 14 poğona yuqorilab, ilk bor “iqtisodiyoti mötadil erkin” davlatlar qatoridan joy oldi. Global beqarorlik şaroitida ham iqtisodiyotimiz birinçi çorak yakuni böyiça 8,7 foizli ösişga erişdi.

Eng muhimi, islohotlarimizda har bir oila, har bir insonning kundalik hayotini yaxşilaşga asosiy e’tiborni qaratdik. Biz ötgan davrda 8,5 million ehtiyojmand aholi daromadini oşirib, kambağallik darajasini qariyb 35 foizdan bugungi kunda 5,8 foizga tuşirişga erişdik. Özbekiston oxirgi ön yilda Barqaror rivojlaniş maqsadlariga erişişda eng katta ijobiy özgariş qilgan beşta davlatdan biri böldi.

Biz 2030-yilga qadar Özbekistonda barça sohalarni texnologik va innovatsion ösiş modeliga ötkaziş orqali iqtisodiyot hajmini 240 milliard dollardan oşiriş niyatidamiz. Natijada daromadi örtaçadan yuqori davlatlar qatoriga kirişni hamda kambağallikka töliq barham berişni maqsad qilganmiz.

Yaqin kunlarda 13 ta strategik yirik korxonalar aktivlarini öz içiga olgan Milliy investitsiya jamğarmasining 30 foiz uluşini xalqaro fond bozoriga çiqaramiz. Aminmanki, bunday muhim qadam hamkorlarimizning yurtimiz investitsiya muhitiga bölgan işonçini yanada mustahkamlaşga xizmat qiladi.

Qadrli döstlar!

Özbekistonda amalga oşirilayotgan ulkan islohotlarda Osiyo taraqqiyot banki va boşqa xalqaro moliya taşkilotlarining örnini alohida e’tirof etamiz. Işonçli strategik şerigimizga aylangan Bank bilan hozirgi kunga qadar qariyb 16 milliard dollarlik loyihalarni amalga oşirmoqdamiz. Ayniqsa, Osiyo taraqqiyot banki mamlakatimizdagi qayta tiklanuvçi energetika, qişloqlarda uy-joy qurilişi va Markaziy Osiyoda iqtisodiy hamkorlik yönalişlarida ilk kunlardan yelkadoş bölganini yuksak qadrlaymiz.

Fursatdan foydalanib, bizni doimo qöllab-quvvatlab kelayotgani uçun Osiyo taraqqiyot banki Prezidenti Masato Kanda janoblariga hamda Bank Boşqaruvçilariga şaxsan özim va butun xalqimiz nomidan samimiy minnatdorlik bildiraman.

Şu bilan birga, yaqin hamkorlik uçun Jahon banki, Xalqaro valyuta jamğarmasi, Islom taraqqiyot banki, Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki, Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki hamda boşqa xalqaro moliya institutlari rahbariyatiga, şuningdek, barça xorijiy şeriklarimizga alohida taşakkur izhor etaman.

Hurmatli yiğiliş iştirokçilari!

Biz Osiyo taraqqiyot banki bilan kambağallikni qisqartiriş, inson kapitalini rivojlantiriş, zamonaviy infratuzilma barpo etiş kabi muhim yönalişlarda yaqin hamkorlikni yanada kengaytiriş böyiça aniq rejalarni belgilab oldik. Kuni keça Bank bilan 12 milliard dollarlik yangi hamkorlik dasturini imzoladik.

Barçangiz yaxşi xabardorsiz, bugungi tahlikali zamonda jahon iqtisodiyotida murakkab özgarişlar röy bermoqda, yangi texnologiyalar jadal kirib kelyapti. Barqaror taraqqiyotni ta’minlaş uçun Bank bilan hamkorlikda yangi mexanizm va ta’sirçan yondaşuvlarni joriy etişni davrning özi bizdan talab etmoqda.

Birinçidan, bugun raqamli texnologiya va sun’iy intellekt deyarli barça sohalarni mutlaqo yangi formatga olib çiqmoqda.

Jahon savdo taşkiloti prognozlariga köra, 2040-yilga borib, sun’iy intellekt hisobiga xalqaro savdo aylanmasi qöşimça 40 foizga oşadi.

Biz axborot texnologiyalarini rivojlantirişga jiddiy kirişganmiz. Özbekistonda innovatsiya va bilimlarga asoslangan Sun’iy intellekt xabini taşkil qilişni boşladik. Iqtisodiyot tarmoqlarida 200 dan ortiq sun’iy intellekt loyihalari ustida işlayapmiz. Hududlarda data markazlar, super kompyuterlar va sun’iy intellekt laboratoriyalarini köpaytiriş, “Beş million sun’iy intellekt yetakçilari”ni tayyorlaş böyiça dasturlarni amalga oşiryapmiz.

Bu yönalişlarda Osiyo taraqqiyot banki hamda AQŞ, Saudiya Arabistoni, Birlaşgan Arab Amirliklari, Yaponiya, Koreya va Xitoydagi hamkorlarimiz bizga yaqindan yordam berayotganini alohida ta’kidlab ötmoqçiman.

Albatta, ta’lim, tibbiyot, suv xöjaligi, ekologiya, oziq-ovqat xavfsizligi kabi aholining birlamçi ehtiyoji uçun eng zarur bölgan yönalişlarda ham oçiq sun’iy intellekt modellaridan foydalaniş talab etilmoqda.

Buning uçun Osiyo taraqqiyot banki şafeligida Rivojlanayotgan mamlakatlarda sun’iy intellekt kölamini oşiriş böyiça alohida dastur işlab çiqişni taklif etamiz.

Şuningdek, Bankning “Osiyo uçun raqamli magistral” taşabbusiga qöşilişimizni ma’lum qilamiz hamda Toşkentda uning mintaqaviy muvofiqlaştiriş markazini oçiş taklifini ilgari suramiz.

Ikkinçidan, raqamli texnologiya va sun’iy intellektning rivojlanişi, öz navbatida, energiya resurslariga bölgan ehtiyojni keskin oşirmoqda.

Xalqaro energetika agentligi tahlillariga köra, 2030 yilga borib, data markazlarning elektr energiyasiga bölgan talabi hozirgidan 2-3 karra oşadi. Bunday şaroitda investorlarga arzon, işonçli va “yaşil” energiya taklif qilgan davlatlargina global bozorda raqobatbardoş böla oladi.

Biz bu borada dunyoning yetakçi kompaniyalari bilan hamkorlikda 5 ming 600 megavattli yirik şamol va quyoş elektr stansiyalarini işga tuşirib, generatsiyada “yaşil” energiya uluşini 30 foizga yetkazdik. 2030 yilga borib bu körsatkiçni 54 foizga olib çiqişni reja qilganmiz.

Umuman olganda, mintaqamizning qayta tiklanadigan energiya generatsiyasi böyiça juda katta salohiyati bor. Toza energiya eksportini kengaytiriş uçun Markaziy Osiyo – Yevropa “yaşil” energetika koridorini yaratişda Osiyo taraqqiyot banki körsatayotgan yordamni minnatdorlik bilan ta’kidlaymiz. Mintaqa davlatlari Bank bilan hamkorlikda qisqa muddatlarda uşbu “energetik arteriya” loyihasini boşlaşiga işonamiz.

Uçinçidan, özaro boğliq transport tizimi va logistika yölaklari barqarorligini ta’minlaş eng dolzarb masalaga aylanmoqda.

Jahondagi ziddiyatlar oqibatida logistika koridorlari özgarişi hozirning özida Markaziy Osiyo davlatlari uçun yuk taşiş xarajatining 30 foizgaça oşişiga, yetkazib beriş muddatlari esa bir neça hafta keçikişiga sabab bölmoqda.

Xabaringiz bor, Şarq va Ğarbni boğlaydigan “Xitoy – Qirğiziston – Özbekiston” temir yöli loyihasi böyiça quriliş işlari boşlangan. Uşbu yangi transport yölagi hisobiga butun mintaqaning tranzit salohiyati sezilarli darajada oşadi. Mahsulotlarni yetkazib beriş muddati 10 kungaça qisqaradi, yiliga 15 million tonnagaça yuk taşiş imkoniyati yaratiladi.

Bu borada Bankning Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik dasturi doirasida “Raqamli bojxona va logistika alyansi”ni taşkil etişni taklif etamiz. Buning natijasida bojxona tartiblarini uyğunlaştiriş, hujjatlar aylanişini raqamlaştiriş, çegara orqali yuk taşişlarni yengillaştiriş imkoniyati yaratiladi.

Törtinçidan, Bank iştirokida xususiy sektor bilan hamkorlikni yanada kuçaytirişdan manfaatdormiz.

Ayniqsa, hozirgi texnologiyalar asrida kritik minerallar uçun raqobat kun sayin avj olayotganini barçamiz körib turibmiz. Xalqaro ekspertlarning xulosalariga köra, 2040-yilga borib, sanoat uçun muhim minerallarga talab 6 barobar oşadi. Bu – yangi imkoniyat. Özbekiston mis, volfram, molibden, magniy, grafit, vanadiy, titan va boşqa minerallarning katta zaxirasiga ega. Biz bu salohiyatni işga soliş maqsadida koreyalik hamkorlarimiz bilan R&D markazi faoliyatini yölga qöydik. Toşkent va Samarqand viloyatlarida “Kelajak metallari texnoparki”ni bunyod etmoqdamiz. AQŞ, Xitoy, Turkiya kabi davlatlarning yirik kompaniyalari bilan qiymati 1,6 milliard dollarlik 70 dan ziyod loyihani boşlaganmiz.

Biz nafaqat foydali minerallarni qazib oliş, balki ularni çuqur qayta işlaş orqali iqtisodiyot rivojiga yangi turtki berişni maqsad qilganmiz. Osiyo taraqqiyot bankining “Kritik mineraldan – işlab çiqarişga” dasturiga qöşiliş va uning doirasida yuqori qöşimça qiymatga ega bölgan loyihalarni amalga oşirişni taklif etamiz. Bunda geologiya-qidiruv işlarida zamonaviy texnologiyalar va raqamli yeçimlarni joriy qiliş, qazib oliş va qayta işlaş jarayonlariga ekologik standartlarni tatbiq etiş, kritik minerallarni yetkazib berişning barqaror zanjirlarini yaratiş muhim, deb hisoblaymiz.

Beşinçidan, iqlim özgarişi va çöllaniş jarayonlari Markaziy Osiyo mamlakatlari taraqqiyoti uçun jiddiy ta’sir körsatmoqda.

Ekologik muammolar oqibatini yumşatiş maqsadida beş yildan buyon “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida har yili 200 million tup köçat ekib kelyapmiz. Orol dengizining qurigan tubida 2 million gektar yaşil qoplamali himoya örmonzorlarini yaratdik. Özbekistonda 2030-yilgaça yaşillik darajasini 30 foizga yetkaziş böyiça katta marra olganmiz.

Ayni paytda Osiyo taraqqiyot banki ham 2030-yilgaça möljallangan iqlim sohasida Harakatlar rejasini samarali amalga oşirib kelmoqda. Bank ajratayotgan yillik mablağlarning 50 foizdan kam bölmagan qismini iqlim loyihalarini moliyalaştirişga yönaltirmoqda.

Öylaymanki, bunday ezgu sa’y-harakatlarni Bank va mintaqa mamlakatlari bilan birgalikda röyobga çiqarsak, natijasi yanada yuqori böladi. Şu bois, “Markaziy Osiyo yaşil belboği” mintaqaviy loyihasini amalga oşirişni taklif etamiz.

Oltinçidan, dunyodagi notinçlik tufayli millionlab turistlar xavfsiz yönalişlarni qidirmoqda.

Markaziy Osiyo ziyorat, madaniy, gastronomik, etno, ekstremal, tibbiyot kabi turizm yönalişlarida katta salohiyatga ega. Bu sohaga alohida e’tibor qaratib, zarur infratuzilma, servis, viza va transport, eng muhimi, sayyohlar xavfsizligini ta’minlaşga qaratilgan islohotlarni amalga oşirdik. Buning hisobiga ön yil içida Özbekistonga xorijiy turistlar oqimi 6 karra oşib, 12 million nafarga yetdi.

Yaqinda Toşkent şahrida oçilgan Markaziy Osiyoning ilm-fan va ma’naviy xazinasi sifatida e’tirof etilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazi, Samarqandda barpo etilgan buyuk alloma Imom Buxoriy yodgorlik majmuasi yurtimizning yangi durdonalariga aylandi. Bunday majmualar qöşni mamlakatlarda ham bunyod etilmoqda. Şu bois mintaqa davlatlarini birlaştiradigan turistik makon – “Markaziy Osiyo turizm halqasi”ni yaratiş taşabbusini ilgari suramiz. Qöşni davlatlar, Osiyo taraqqiyot banki va boşqa hamkorlarimizni turizmni rivojlantiriş böyiça loyihalar portfelini şakllantirib, birgalikda moliyalaştirişga çaqiramiz.

Yuqorida aytib ötilgan barça taklif va taşabbuslarni biz Osiyo taraqqiyot banki bilan faqat suveren kreditlar doirasida emas, balki davlat-xususiy şeriklik, kafolat instrumentlari, aralaş moliyalaştiriş va xususiy kapitalni jalb etiş orqali faol hamkorlikda amalga oşirişga tayyormiz. Şu munosabat bilan mintaqaviy loyihalar uçun Innovatsion moliyalaştiriş platformasini şakllantirişni taklif etamiz.

Hurmatli Bank boşqaruvçilari!

Hozirgi kunda jahon iqtisodiyotida röy berayotgan keskin özgarişlar Osiyo taraqqiyot bankining keng mintaqamiz ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligini ta’minlaşdagi muhim örnini yanada oşirmoqda. Bu borada biz Bank Prezidenti, xalqaro moliya va iqtisodiy munosabatlar sohasida katta bilim va tajribaga ega bölgan Masato Kanda janoblarining olib borayotgan samarali islohotlarini töliq qöllab-quvvatlaymiz.

Qadrli yiğiliş iştirokçilari!

Bugungi anjumanda dunyoning 100 dan ortiq davlati, xalqaro moliya taşkilotlari, yetakçi banklar va kompaniyalarning nufuzli ekspertlaridan iborat 4 mingdan ziyod vakillar qatnaşmoqda.

Samarqand platformasida ilgari suriladigan muhim taklif va taşabbuslar kelgusida katta amaliy natijalarga, har bir kelişuv esa aniq va foydali loyihalarga aylanişiga işonaman.

Fursatdan foydalanib, barçangizni Yangi Özbekistonning gözal tabiati, tarixiy obidalari, yurtimizning zamonaviy arxitektura qiyofasi bilan yaqindan tanişişga taklif qilaman.

Sözimning yakunida, sizlarga mustahkam soğliq, mas’uliyatli faoliyatingizda yangi yutuq va omadlar tilayman.

 

 

president.uz

Ulaşiş: