Özbekiston Prezidenti Serbiya delegatsiyasini qabul qildi

Özbekiston Prezidenti Serbiya delegatsiyasini qabul qildi

08.05.2026 09:07161

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 6-may kuni taşrif bilan mamlakatimizga kelgan Serbiya Respublikasi taşqi işlar vaziri Marko Juriçni qabul qildi.

Uçraşuv avvalida yuqori martabali mehmon davlatimiz rahbariga Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuçiçning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Ikki mamlakat örtasidagi köp qirrali hamkorlikni 2025-yil oktabr oyida oliy darajada erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş doirasida yanada mustahkamlaş istiqbollari körib çiqildi.

Hukumatlar, parlamentlar, işbilarmon doiralar darajasidagi muloqotlar faollaşgani, gumanitar almaşinuv kengayib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Tovar ayirboşlaş hajmini oşiriş, maşinasozlik, farmatsevtika, kimyo sanoati, axborot texnologiyalari, qişloq xöjaligi, turizm va boşqa köplab muhim tarmoqlarda keng kölamli kooperatsiya dasturini tayyorlaş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Hamkorlikning iqtisodiy kun tartibini ilgari suriş maqsadida joriy yilda Belgrad şahrida Hukumatlararo komissiyaning birinçi yiğilişini ötkazişga kelişib olindi.

Uyuşgan mehnat migratsiyasi, madaniyat va taʼlim sohalaridagi şeriklik masalalari körib çiqildi.

Tomonlar mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almaşdilar, bölajak oliy darajadagi uçraşuvlar rejasini muhokama qildilar.

 

 

president.uz

Ulaşiş: