Özbekiston Prezidenti Avstriya bilan köp qirrali şeriklikni yanada rivojlantiriş muhimligini taʼkidladi

Özbekiston Prezidenti Avstriya bilan köp qirrali şeriklikni yanada rivojlantiriş muhimligini taʼkidladi

08.05.2026 10:01143

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 7-may kuni Avstriya Respublikasining Yevropa va taşqi işlar federal vaziri Beate Maynl-Rayzinger va içki işlar federal vaziri Gerxard Karnerdan iborat delegatsiyani qabul qildi.

Uçraşuv avvalida yuqori martabali mehmonlar davlatimiz rahbariga Avstriya Federal Prezidenti Aleksandr Van der Bellenning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Ikki mamlakat örtasidagi amaliy hamkorlikni yanada rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi.

Turli darajalardagi muloqotlar izçil rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Keyingi yillarda tovar ayirboşlaş 3 barobar oşdi. Quriliş materiallari, toğ turizmi, soğliqni saqlaş, kimyo sanoati, qişloq xöjaligi, bank-moliya va boşqa tarmoqlarda kooperatsiya loyihalari jadal amalga oşirilmoqda.

Hukumatlararo komissiya samarali faoliyat yuritmoqda. Uşbu taşrif doirasida qöşma biznes forumi muvaffaqiyatli ötkazildi, mehnat migratsiyasi, diplomatik xizmat va soliqqa tortiş sohalarida muhim bitimlar imzolandi.

Madaniyat va taʼlimda ham almaşinuvlar kengayib bormoqda.

Oliy darajada tizimli muloqotni yölga qöyiş, tovar ayirboşlaş hajmini oşiriş, ustuvor yönalişlarda qöşma loyihalarni ilgari suriş muhimligi taʼkidlandi.

Xavfsizlik sohasidagi hamkorlik haqida söz yuritilar ekan, terrorizm, odam savdosi, narkotrafik va kiberjinoyatlarga qarşi kuraşiş sohasida muntazam axborot almaşiş zarurligi qayd etildi.

Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almaşildi.

 

 

president.uz

Ulaşiş: