Harbiy taʼlim va armiyani raqamlaştiriş yangi bosqiçga olib çiqiladi

Harbiy taʼlim va armiyani raqamlaştiriş yangi bosqiçga olib çiqiladi

08.05.2026 10:06178

Özbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuçlar Oliy Boş Qömondoni Şavkat Mirziyoyev harbiy kadrlar tayyorlaş tizimini takomillaştiriş va armiyani raqamlaştiriş yuzasidan taqdimot bilan tanişdi.

Sönggi yillarda dunyoda yuz berayotgan qurolli mojarolarda uçuvçisiz uçadigan apparatlar, robotlaşgan tizimlar, radioelektron kuraş vositalari va zamonaviy boşqaruv texnologiyalaridan keng foydalanilmoqda. Bu esa nafaqat qurol-yaroğ va harbiy texnikalarni yangilaş, balki yangi avlod mutaxassislarini tayyorlaşni ham taqozo etmoqda.

Mamlakatimizda mazkur yönalişda izçil işlar amalga oşirilmoqda. Qöşinlarda dronlarni jangovar qöllaş va ularga qarşi kuraşuvçi yangi bölinmalar taşkil etilib, uçuvçisiz uçadigan apparatlar operatorlari, muhandislar va robototexnika mutaxassislarini tayyorlaş tizimi yölga qöyildi.

Taqdimotda davlatimiz rahbariga mazkur mobil bölinmalar faoliyati hamda uşbu yönalişda mutaxassislar tayyorlaş tizimi yuzasidan hisobot berildi.

Harbiy taʼlim tizimini isloh qiliş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. 2025-yilda Prezidentimiz taşabbusi bilan mazkur sohani rivojlantiriş, zamonaviy bilim va amaliy könikmalarga ega harbiy kadrlarni tayyorlaş çoralari körildi. Natijada barça oliy harbiy taʼlim muassasalariga institut maqomi berilib, yagona vertikal boşqaruv tizimi yaratildi, Özbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti taşkil etildi.

Zamonaviy jangovar harakatlar, qöşinlardagi real ehtiyoj va ilğor oliy taʼlim muassasalari tajribasi asosida yangi malaka talablari, öquv reja va dasturlari joriy etilmoqda. Tayyorgarlik nazariya va amaliyotni uyğunlaştiriş tamoyili asosida taşkil etilib, bölajak ofitserlar öquv jarayonining özida dolzarb vaziyatdan kelib çiqib xizmat ötaşlari uçun zarur könikmalarni egallaşi közda tutilgan.

Bakalavr darajasida harbiy kadrlar tayyorlaşning mutlaqo yangi modeli doirasida kursantlarga xorijiy tillar, axborot texnologiyalari va sunʼiy intellekt çuqur örgatiladi.

Qömondonlik-ştab ofitserlari uçun ilğor xorijiy tajriba va zamonaviy qurolli töqnaşuvlarni örganiş asosida ilk bor uç bosqiçli yangi öqitiş tizimi joriy etiladi.

Şu bilan birga, serjantlar tarkibini tayyorlaş kölami ham kengaytiriladi. Asosiy yangiliklardan biri – oliy harbiy taʼlim muassasalarida serjantlar uçun bakalavriatning oltita fuqarolik mutaxassisligi böyiça masofaviy taʼlim yölga qöyiladi. Şuningdek, aviatsiya va uçuvçisiz uçadigan apparatlar mutaxassislarini tayyorlaş tizimi yanada takomillaştirilib, mazkur yönalişda Qurolli Kuçlar harbiy xizmatçilarini öqitiş va ularga yagona sertifikat beriş tartibi joriy etiladi.

Taqdimotda armiyani raqamlaştiriş va kiberxavfsizlikni taʼminlaş masalalari ham körib çiqildi.

Keyingi yillarda Mudofaa vazirligi tizimida aloqa infratuzilmasi modernizatsiya qilindi, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilmoqda, himoyalangan maʼlumot almaşinuvi kanallari rivojlantirilmoqda.

Harbiy dasturçilar tomonidan qöşinlar faoliyatining turli yönalişlari böyiça 50 ga yaqin axborot tizimlari işlab çiqildi. Xususan, mudofaa işlari organlarida “Çaqiruv” elektron axborot tizimi yaratilib, 19 ta vazirlik va idoralar bilan integratsiya qilindi. Bu 39 turdagi maʼlumotnomani onlayn şaklda oliş va ilk bor çaqiruv tadbirlarini töliq elektron şaklda ötkaziş imkonini berdi.

Harbiy tibbiyot sohasida yagona tibbiy axborot tizimi va telemeditsina joriy etilib, Soğliqni saqlaş vazirligining “D-MED” tizimi bilan integratsiya taʼminlandi.

Zamonaviy xavf va tahdidlardan kelib çiqib, Mudofaa vazirligida kibertahdidlarni öz vaqtida aniqlaş va ularning oldini olişga qaratilgan Axborot xavfsizligi monitoring markazi taşkil etildi.

Taqdimotda avtomatlaştirilgan boşqaruv tizimlarini yanada rivojlantiriş, robotlaşgan va avtonom majmualardan foydalanişni kengaytiriş, şuningdek, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik işlarini yölga qöyiş böyiça kompleks çora-tadbirlar taklif etildi.

Mudofaa vazirligi markaziy apparatida Raqamli texnologiyalar boş boşqarmasi, Sunʼiy intellekt texnologiyalari departamenti va Kiberxavfsizlik laboratoriyasini taşkil etiş közda tutilmoqda. Respublikaning barça hududlarida uzluksiz va barqaror aloqani taʼminlaş maqsadida Sunʼiy yöldoş aloqa markazi faoliyati yölga qöyiladi.

Mudofaa sohasida yagona raqamli siyosatni yuritiş maqsadida mudofaa vazirining raqamlaştiriş, sunʼiy intellekt va kiberxavfsizlik böyiça örinbosari lavozimi joriy etildi. Harbiy okruglarda esa qömondonlarning raqamlaştiriş, sunʼiy intellekt va kiberxavfsizlik böyiça örinbosarlari lavozimlarini joriy etiş nazarda tutilmoqda.

Taqdimot yakunida Oliy Boş Qömondon bildirilgan takliflarni maʼqullab, armiyani yanada raqamlaştiriş, qöşinlarga zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimlari va sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etişga qaratilgan hujjatlarni imzoladi.

Mutasaddilar oldiga mudofaa sohasini töliq raqamlaştiriş, milliy sunʼiy intellekt modellarini yaratiş va malakali harbiy kadrlar tayyorlaş tizimini yanada takomillaştiriş böyiça ustuvor vazifalar qöyildi.

 

 

 

president.uz

Ulaşiş: