Milliy birlik va hamjihatlikni saqlaş – eng katta kuç, eng katta boylik

Milliy birlik va hamjihatlikni saqlaş – eng katta kuç, eng katta boylik

08.05.2026 17:23179

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 8-may kuni poytaxtimizdagi Ğalaba boğiga taşrif buyurdi.

Ikkinçi jahon uruşining tugaganiga qariyb 81 yil böldi. Şunça vaqt ötsa-da, uruşning aççiq tarixi, u olib kelgan mislsiz kulfat va musibatlar insoniyat xotirasidan öçgani yöq. Aksinça, bu mudhiş xotiralar bizga tinçlik va osoyiştalik naqadar bebaho neʼmat ekanini doimo eslatib turadi. 9-may – Xotira va qadrlaş kuni zamirida ana şunday mohiyat mujassam.

Davlatimiz rahbari Ğalaba boğida uşbu sana munosabati bilan taşkil etilgan xotira marosimida iştirok etdi.

Anʼanaga muvofiq, Prezident Şavkat Mirziyoyev “Matonat madhiyasi” yodgorligi poyiga gulçambar qöydi. Mazkur muazzam obida uruşda xalqimiz çekkan azob-uqubatlar, matonat va yöqotişlarning ifodasidir.

– Bugun oramizda soğ-salomat yaşab kelayotgan uruş va mehnat faxriylari, barça nuroniylarimizga alohida mehrimiz, ehtiromimizni izhor etamiz. Uşbu majmua buyuk ğalabaga munosib hissa qöşgan köp millatli xalqimizning jasorati va qahramonligini tarannum etadigan tabarruk maskan, desak, töğri böladi, – dedi davlatimiz rahbari.

Maʼlumotlarga köra, faşizmga qarşi qonli janglarda öşa paytda 6 million 800 ming nafarni taşkil etgan aholimizning qariyb 2 million nafari iştirok etgan. Şundan 540 mingga yaqini halok bölgan, 158 ming nafari bedarak yöqolgan, 50 mingdan ortiği konslagerlarda mislsiz qiynoq va azoblar tufayli halok bölgan, 60 mingdan ziyodi nogiron bölib qaytgan.

Özbekistonlik askar va ofitserlardan 214 mingga yaqini jangovar orden va medallar bilan mukofotlangani ularning jasoratidan dalolat beradi.

Mamlakatimiz uruş yillarida frontning mustahkam taʼminot bazasiga aylangan, jang maydonlariga juda katta miqdorda harbiy texnika, qurol-yaroğ, kiyim va oziq-ovqatlar yetkazib turilgan. Ğoyat oğir şaroitga qaramay, xalqimiz uruş hududlaridan köçirib kelingan 1 million 500 mingga yaqin insonni, jumladan, ota-onasidan judo bölgan 250 ming nafar yetim bolani öz bağriga olib, mehr körsatgan.

Tadbirda Özbekiston Qurolli Kuçlari, davlat va jamoat taşkilotlari vakillari, mahalla faollari va nuroniylar ham iştirok etib, mazkur yodgorlik poyiga gullar qöydi.

Prezident Şavkat Mirziyoyev Ğalaba boğidagi “Millat fidoyilari” xiyobonida ham bölib, mustaqillik yillarida mamlakatimiz himoyasi yölida halok bölgan harbiy xizmatçilar va huquq-tartibot idoralari xodimlarining xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

– Bir yil oldin mana şu hududda “Millat fidoyilari” majmuasini barpo etganimiz, albatta, bejiz emas. U Vatan himoyasi har bir avlodning muqaddas işi ekani, vatanparvarlik anʼanalari davomiyligini eslatib turadi, – dedi Prezident Şavkat Mirziyoyev.

Majmuada mustaqillik yillarida Vatanimiz ozodligi, el-yurtimiz tinçligi yölida qahramonlarça halok bölgan 196 nafar harbiy xizmatçi va huquq-tartibot organlari xodimlarining nomlari muhrlab qöyilgan.

Davlatimiz rahbari ota-onalarga şunday bahodir, dovyurak farzandlarni dunyoga keltirib, haqiqiy vatanparvar etib tarbiyalagani uçun çuqur minnatdorlik izhor etdi.

Xalqimiz navqiron yoşda duşmanga qarşi özini qalqon qilgan bunday fidoyi qahramon öğlonlarimizni heç qaçon unutmaydi. 2025-yilning özida bu majmuani 650 mingga yaqin yurtdoşimiz va xorijiy mehmonlar ziyorat qilgan.

Bu yerda köplab maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, tarix, vatanparvarlik, “Kelajak soati” darslari ötkazilmoqda. Bunday işlar, maʼnaviy-tarbiyaviy ahamiyatga ega va ularni davom ettiriş zarurligi qayd etildi.

Joriy yil buyuk Amir Temur bobomizning 690 yillik tavallud sanasi yurtimizda, çet ellarda keng nişonlanyapti.

Sohibqiron bobomizning davlatçilik, jasorat va qahramonlik maşʼalasi bugun ham porlab turibdi. Bu uluğ anʼanani jasur askar, ofitser va generallarimiz munosib tarzda davom ettirmoqda. Ular bizning katta boyligimiz, Vatanimizning işonçli va mustahkam qalqonlari ekani taʼkidlandi.

– Bugun bu yerda saf tortib turgan “Temurbeklar maktablari” öquvçilari, mard harbiylarimiz timsolida Alpomiş, Manguberdi va Amir Temurlarning yangi avlodini köramiz. Buyuk ajdodlarimizning boy merosi, ilm va tajriba maktabi nafaqat muzeylarimiz, balki qalbimizga ham qaytmoqda. Bamisoli ular qayta tirilib, Yangi Özbekistonni, Uçinçi Renessans poydevorini biz bilan birga barpo etmoqda. Toşkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Samarqanddagi Imom Buxoriy majmuasini borib körgan har bir odam buni çuqur his etadi, – dedi Prezident Şavkat Mirziyoyev.

Qayd etilganidek, Vatanni himoya qiliş – davlat va xalq uçun heç qaçon kun tartibidan tuşmaydigan masala. Bu barçamiz uçun – muqaddas va buyuk burç. Ayniqsa, bugungi öta tahlikali zamonda bu ön karra, yuz karra dolzarb bölib bormoqda.

Joriy yil Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi katta tantana bilan nişonlanadi. Uşbu uluğ sana “Yagona Vatan, yagona xalq bölib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” degan ezgu şior asosida kutib olinayotgani zamirida, albatta, çuqur maʼno bor.

– Bugun yaqin-atrofimizdagi mintaqalarda bölayotgan qarama-qarşilik va uruş-janjallarni körib turibmiz. Mana şunday murakkab vaziyatda milliy birlik va hamjihatlikni saqlaş – eng katta kuç, eng katta boylik ekanini hayotning özi yana bir bor tasdiqlamoqda. Vatanni himoya qiliş – dunyodagi eng uluğ va şarafli işdir. Bu haqiqatni çuqur anglab, harbiy qasamyodiga doimo sodiq bölib kelayotgan botir va dovyurak öğlonlarimizga har qança tasannolar aytsak arziydi, – dedi davlatimiz rahbari.

“Millat fidoyilari” xiyoboni keça-yu kunduz jasorat ovozi yangrab turadigan, tinçlik uçun kuraşga çorlaydigan qutluğ maskan bölib qolişi, minglab, millionlab Vatan posbonlarini tarbiyalaşga xizmat qilişi taʼkidlandi.

Vatan oldidagi burçini ado etiş çoğida qahramonlarça halok bölgan öğlonlarimizning oila aʼzolari va farzandlariga har tomonlama ğamxörlik körsatiş, ularni qöllab-quvvatlaş bundan buyon ham izçil davom ettiriladi.

 

president.uz

Ulaşiş: