Jasorat va matonat sohiblariga yuksak ehtirom körsatildi

Jasorat va matonat sohiblariga yuksak ehtirom körsatildi

08.05.2026 17:25139

Prezident Şavkat Mirziyoyev 8-may kuni Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilari va mehnat fronti faxriylarini ziyorat qilib, bayram bilan tabrikladi.

Davlatimiz rahbari Qurolli Kuçlar Boş harbiy klinik gospitalida Akmal ota Akramov, Vera Juravskaya, Hasanboy ota Xalmatov va Vladimir Alekseykov bilan dildan suhbatlaşdi. Nuroniylarning hol-ahvoli va salomatligi bilan qiziqdi. Ularning maşaqqatli hayot yöli hamda körsatgan jasoratlarini alohida eʼtirof etdi.

– Sizlar tarixning jonli guvohi, matonat timsolisizlar. Sizdek tabarruk insonlar bilan uçraşiş, ögitlaringizni tinglaş bizga katta maʼnaviy kuç bağişlaydi. Xalqimiz sizlar bilan haqli ravişda faxrlanadi. Bugungi tinç va ozod kunlar, avlodlarning baxtiyor istiqboli sizlarning mislsiz fidokorligingiz mahsulidir. Sizlarning ibratli hayot yölingiz yoşlarimiz uçun haqiqiy matonat maktabidir, – dedi Prezident.

Prezidentning joriy yil 16-apreldagi qaroriga muvofiq, uruş va mehnat faxriylariga yuksak darajada ehtirom körsatilmoqda.

Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilari, front orti faxriylari hamda mustaqillik yillarida xizmat burçini bajariş çoğida halok bölgan harbiy xizmatçilarning oila aʼzolari davlatimizning doimiy ğamxörligida. Ularga moddiy va maʼnaviy kömak beriş barobarida salomatliklarini tiklaş uçun respublikamizning eng yaxşi sanatoriylariga imtiyozli yöllanmalar ajratilgan.

– Yaratgan sizlarga vatanparvarlik va fidokorona mehnatingiz mukofoti sifatida uzoq umr, el-yurt ardoğida yaşaş baxtini ato etgan. Sizlarning duolaringiz yurtimiz uçun omonlik, işlarimizga barakadir, – dedi Prezidentimiz.

Uçraşuvda nuroniylar yurtimizda tarixiy xotirani tiklaş, keksalarni eʼzozlaş borasida amalga oşirilayotgan islohotlar uçun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirdi.

 

 

president.uz

Ulaşiş: