Özbekiston va Rossiya yetakçilari ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama qildilar
8-may kuni Moskva şahridagi tadbirlar doirasida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning uçraşuvi bölib ötdi.
Suhbat avvalida davlat rahbarlari Ğalabaning 81 yilligi munosabati bilan bir-birini samimiy qutladilar.
Özbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini avvalgi oliy darajadagi uçraşuvlarda erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş doirasida yanada kengaytiriş va mustahkamlaş masalalari körib çiqildi.
Özaro savdo hajmi barqaror oşib borayotgani, sanoat, energetika, metallurgiya va boşqa tarmoqlarda loyihalar muvaffaqiyatli amalga oşirilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Tovar ayirboşlaş sur’atini saqlab qoliş va ustuvor tarmoqlarda kooperatsiya loyihalarini jadallaştirişga qaratilgan muvofiqlaştirilgan çora-tadbirlarni qabul qiliş, şuningdek, hududlar darajasida faol aloqalarni davom ettiriş muhimligi ta’kidlandi.
Faol madaniy-gumanitar almaşinuvni yanada ta’minlaşga alohida e’tibor qaratildi.
Özbekiston va Rossiya rahbarlari xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almaşdilar.

