Özbekiston Prezidenti Ğalabaning 81 yilligiga bağişlangan tantanali tadbirlarda iştirok etdi

Özbekiston Prezidenti Ğalabaning 81 yilligiga bağişlangan tantanali tadbirlarda iştirok etdi

12.05.2026 10:08141

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 9-may kuni Moskva şahrida Ikkinçi jahon uruşidagi Ğalabaning 81 yilligiga bağişlangan tantanali tadbirlarda iştirok etdi.

Qizil maydonda Ğalaba paradi bölib ötdi. Unda Belarus Prezidenti Aleksandr Lukaşenko, Qozoğiston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Laos Prezidenti Txonglun Sisulit, Malayziya Podşohi Sulton Ibrohim va boşqa xorijiy delegatsiyalar rahbarlari ham qatnaşdi.

Ikkinçi jahon uruşidagi Ğalaba millionlab insonlarning mislsiz jasorati, matonati va fidoyiligi evaziga qölga kiritilgan buyuk tarixiy voqeadir. Bu umumiy Ğalabaga janggohlarda va front ortida çinakam qahramonlik körsatgan Özbekistonning köp millatli xalqining ham munosib hissasi bor.

Uruş arafasida respublikamiz aholisi 6 million nafardan ziyod edi. Sinovli yillarda qariyb 2 million nafar özbekistonlik frontga safarbar etildi. Qonli janglarda 538 mingdan ortiq yurtdoşimiz halok böldi, 158 mingdan ziyodi bedarak yöqoldi.

Jasorati, mardligi va harbiy mahorati uçun Özbekistonning 214 mingdan ortiq askar va ofitserlari jangovar orden va medallar bilan taqdirlandi. 301 nafar yurtdoşimizga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berildi, yana 70 nafari “Şon-şaraf” ordenining töliq kavaleri böldi.

Özbekiston xalqining front ortidagi fidokorona mehnati ham Ğalabaga ulkan hissa bölib qöşildi. Respublikamiz frontning işonçli tayançiga aylanib, oziq-ovqat, kiyim-keçak, dori-darmon, qurol-yaroğ va boşqa zarur mahsulotlarni yetkazib berdi. Qisqa muddatda Özbekiston hududida 170 dan ortiq evakuatsiya qilingan korxona joylaştirilib, mudofaa sanoatining barqaror işlaşi ta’minlandi.

Uruşning oğir yillarida xalqimiz insonparvarlik va bağrikenglikning yuksak namunasini körsatdi. Frontga yaqin hududlardan evakuatsiya qilingan 1,5 milliondan ortiq inson, jumladan, 250 mingdan ziyod yetim bolalar Özbekistonda boşpana topdi. Mehr-oqibat, ğamxörlik, noçorlarga yordam qölini çözişga hamişa tayyorlik xalqimizning ma’naviy kuç-qudrati va olijanobligining yorqin ifodasi böldi.

Bugun mamlakatimizda uruş qahramonlari va front orti mehnatkaşlarining xotirasini abadiylaştiriş, faxriylarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş borasida izçil işlar amalga oşirilmoqda. Toşkent şahrida barpo etilgan muhtaşam “Ğalaba boği” yodgorlik majmuasi ajdodlar körsatgan qahramonlik va matonatga çuqur ehtirom ramziga aylangan.

Parad yakunlanganidan söng Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va boşqa yetakçilar bilan birga Moskvadagi Aleksandr boğida joylaşgan Noma’lum askar qabriga gul qöydi.

Uşbu yodgorlik Ğalaba yölida jon fido qilgan millionlab askarlar, şu jumladan, Özbekiston farzandlari xotirasiga ehtirom ifodasi bölib, Vatan himoyaçilarining matonati, qahramonligi va fidoyiligi ramzi hisoblanadi.

Marosim bir daqiqalik sukut, faxriy qorovul va harbiy orkestrning tantanali yurişi bilan yakunlandi.

 

 

 

president.uz

Ulaşiş: