29-Yevroosiyo iqtisodiy sammiti iştirokçilariga
Hurmatli sammit iştirokçilari!
Xonimlar va janoblar!
Yevroosiyo iqtisodiy sammitining barça iştirokçilarini samimiy qutlaş va eng ezgu tilaklarimni yöllaşdan bağoyat mamnunman.
Ötgan ön yillar davomida Sammit yetakçi siyosatçilar, işbilarmon doiralar va ekspertlar hamjamiyati vakillarini birlaştirgan muhim muloqot maydoni sifatida özini namoyon etdi.
Anjumanning Istanbulda ötkazilişi alohida ramziy maʼnoga ega. Asrlar davomida bu betakror şahar Yevropa va Osiyo örtasida köprik bölib, mintaqalararo madaniy va savdo-iqtisodiy aloqalar rivojiga beqiyos hissa qöşib keladi.
Bugungi kunda zamonaviy Turkiyada Prezident Rejep Tayyip Erdoğanning “Turkiya asri” strategik ğoyasi muvaffaqiyatli amalga oşirilayotganini alohida mamnuniyat bilan taʼkidlaşni istar edim.
Turkiya global kun tartibidagi dolzarb muammolarni samarali hal etiş yölida öz saʼy-harakatlarini töliq safarbar etib, xalqaro munosabatlarning işonçli va nufuzli iştirokçisi sifatida taʼsiri ortib bormoqda.
Prezident Erdoğanning qatʼiy intilişlari tufayli bugun Özbekiston va Turkiya munosabatlari keng kölamli strategik şeriklik darajasiga kötarildi.
Davlatlarimiz örtasidagi hamkorlikning eng ustuvor yönalişlari Yevroosiyo iqtisodiy sammitining asosiy maqsadlari – teng huquqlilik, işonç va özaro hurmatga asoslangan keng qamrovli şeriklik va barqaror taraqqiyot tamoyillariga töla mos keladi.
Hurmatli anjuman qatnaşçilari!
Bu galgi Sammitning asosiy mavzularidan biri sifatida suv tanqisligi va “yaşil” resurslar şaroitida global masʼuliyat masalasi bugungi kunda alohida ahamiyat kasb etmoqda. Dunyo tobora avj olayotgan iqlim xavf-xatarlariga, xususan, çöllaniş, tuproq yemirilişi, suv tanqisligi va ekologik vaziyat yomonlaşuviga duç kelmoqda.
Markaziy Osiyoda uşbu jarayonlar ayniqsa keskin namoyon bölyapti: harorat oşiş surʼatlari körsatkiçi jahon miqyosidagi örtaça meʼyorlardan yuqori bölib, muzliklar yemirilmoqda, tuproq degradatsiyasi kuçaymoqda.
Bunday şaroitda ekologik barqarorlikni taʼminlaş Yangi Özbekistonni taraqqiy ettirişning eng ustuvor yönalişlaridan biriga aylandi.
“Yaşil makon” loyihasi doirasida har yili 200 million tup daraxt ekilmoqda, Orol dengizining qurigan tubida esa ulkan yaşil himoya maydonlari yaratilmoqda.
Biz rivojlanişning yaşil modeliga izçillik bilan ötmoqdamiz, bu jarayonda zararli çiqindilar hajmini 35 foizga qisqartirib, 2035-yilga qadar ularni 50 foizgaça kamaytirişni maqsad qilib olganmiz.
Şu bilan birga, suv resurslarini samarali boşqariş, jumladan, suv tejovçi texnologiyalarni joriy etiş böyiça çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda. Bu esa har yili katta miqdorda suv zaxiralarini tejaş imkonini beradi.
Özbekiston bundan buyon ham “yaşil” kun tartibini faol ilgari suriş hamda global ekologik xavflarni samarali hal etiş yöllarini topişga hissa qöşişni faol davom ettiradi.
Şu munosabat bilan sizlarni mamlakatimizdagi xalqaro tadbirlarda, xususan, Samarqandda bölib ötadigan Global ekologik jamğarma Assambleyasida va Suvni tejaş böyiça butunjahon forumida iştirok etişga taklif etaman.
Işonçim komil, birgalikda amalga oşiriladigan saʼy-harakatlarimiz xalqaro iqlim hamkorligi kun tartibiga, jumladan, BMTning iqlim özgarişi böyiça bölajak konferensiyasiga tayyorgarlik jarayoniga amaliy hissa qöşadi.
Qadrli tadbir iştirokçilari!
Özbekiston keng kölamli hamkorlik uçun doim oçiq va kelgusida ham barqaror rivojlanişni taʼminlaşga kömaklaşişga tayyor.
Biz barça saʼy-harakatlarimizni birlaştirgan holdagina bugungi va kelgusi avlodlar uçun farovon kelajakni taʼminlay olamiz.
Sammit qatnaşçilari faoliyatiga omad va katta amaliy natijalar yor bölişini tilayman.
Eʼtiboringiz uçun taşakkur.
Şavkat Mirziyoyev,
Özbekiston Respublikasi Prezidenti

