Davlat xizmatlarini körsatişda byurokratiyani qisqartiriş çoralari körib çiqildi

Davlat xizmatlarini körsatişda byurokratiyani qisqartiriş çoralari körib çiqildi

13.05.2026 10:08155

Prezident Şavkat Mirziyoyev davlat xizmatlarini körsatiş sohasida byurokratiyani qisqartiriş çora-tadbirlari yuzasidan taqdimot bilan tanişdi.

Sönggi yillarda mamlakatimizda davlat xizmatlarini aholi va tadbirkorlar uçun qulay, tezkor va şaffof qiliş böyiça keng kölamli işlar amalga oşirildi. Davlat xizmatlari kölami 10 barobar köpayib, 61 milliondan oşdi. Ularning 80 foizi onlayn şaklda körsatilmoqda. Birgina 2025-yilning özida tadbirkorlikka oid 2 mingdan ortiq majburiy talab bekor qilindi.

Şu bilan birga, sohada ortiqça tartib-taomillar, qoğozbozlik va takrorlanuvçi talablar hali ham saqlanib qolmoqda. Bugungi kunda davlat organlarida 5 ming 650 ta funksiya, biznesni tartibga soluvçi 42 mingdan ziyod majburiy talab va 1 ming 41 ta davlat xizmati mavjud.

– Bunday köp funksiya va talablar tizimni samarasiz, qimmat va baʼzan adolatsiz qilib qöyişi mumkin. Şu bois, faqat deregulyatsiya, raqamlaştiriş va soddalaştiriş – eng töğri yöl, – dedi davlatimiz rahbari.

Özbekistonni 2030-yilga qadar “ortiqça byurokratiyadan xoli hudud”ga aylantiriş maqsadida Birlaşgan Arab Amirliklari bilan hamkorlikda “Byurokratiyani bartaraf etiş – 2030” dasturi boşlangan. Strategik rivojlaniş va islohotlar agentligi huzurida alohida loyiha ofisi taşkil etilgan.

Dastur doirasida davlat organlari funksiyalarini 30 foizga qisqartiriş, biznesga qöyiladigan talablarni 20 foizgaça maqbullaştiriş, elektron davlat xizmatlari uluşini 90 foizdan oşiriş közda tutilgan.

Taqdimotda davlat xizmatlarini “servis davlat” modeli asosida tubdan takomillaştiriş böyiça takliflar körib çiqildi. Bunda asosiy eʼtibor davlat xizmatini birorta ortiqça hujjat talab qilmasdan, tez, şaffof va qulay körsatişga qaratiladi.

Xususan, 783 ta davlat xizmatiga “nol byurokratiya” tamoyilini joriy etiş taklif qilindi. Bu orqali 550 turdagi davlat xizmati elektron şaklga ötkazilib, xizmat körsatiş bosqiçlari 2 karra qisqaradi. 80 turdagi xizmat proaktiv va kompozit şaklga ötkaziladi. Natijada aholining turli idoralarga keliş uçun sarflanadigan yiliga 35 milliard sömgaça transport xarajati tejaladi.

Yana 80 turdagi xizmatni körsatiş muddati 2-3 karra qisqartirilib, örtaça muddat 13 kundan 6 kunga tuşiriladi. 10 ta xizmat töliq avtomatlaştiriladi. 25 ta xizmat böyiça tölovlarning kamaytirilişi natijasida aholi ixtiyorida yiliga 851 milliard sömgaça mablağ qoladi.

Şuningdek, 10 ta xizmatni xususiy sektorga ötkaziş, 15 ta maʼlumot va hujjatni raqamlaştiriş belgilanmoqda. Bu orqali 270 dan ortiq xizmatda uşbu maʼlumot va hujjatlarni qayta söraş amaliyoti bekor qilinadi.

Majburiy talablarni qayta körib çiqiş masalasiga alohida eʼtibor qaratildi. Masalan, bozorlar faoliyatiga doir 20 ga yaqin hujjatda 500 dan ziyod talab tarqoq holda yuritilmoqda. Ularni tizimlaştiriş orqali talablarning 30 foizdan ortiğini maqbullaştiriş mumkinligi qayd etildi.

Sanitariya talablariga muvofiqlik dalolatnomasi va körikdan ötadigan xodimlar röyxatini elektron tizim orqali şakllantiriş imkoniyati ham körsatib ötildi. Bu orqali yiliga 1 milliard söm budjet mablağini tejaş, xodimlarning 24 ming iş soatini amaliy faoliyatga yönaltiriş mumkin böladi.

Hisob-kitoblarga köra, maʼmuriy yukni qisqartiriş iqtisodiyotga yiliga 1,5 milliard dollar töğridan-töğri samara beradi. Tartibga soliş sifatini yaxşilaş qöşimça 800 million dollar xorijiy investitsiya jalb etişga xizmat qiladi. Davlat va biznes örtasidagi jarayonlarni soddalaştiriş hisobiga mehnat unumdorligi yiliga 750 million dollarga oşadi. Umumiy hisobda byurokratiyani qisqartiriş çoralari 2026-2030-yillarda iqtisodiyotni qöşimça 13 milliard dollarga östiriş imkonini beradi.

Taqdimotda reestr.gov.uz yagona platformasi orqali davlat funksiyalari, majburiy talablar va davlat xizmatlari reyestrlarini yuritiş, idoralar faoliyatini “Bureaucracy radar” asosida baholaş, sunʼiy intellekt orqali tahlil qiliş va “Biznes kalkulyator” orqali tadbirkorlar xarajatini hisoblaş tizimini joriy etiş taklif qilindi.

Prezidentimiz davlat xizmatlari inson qadri, tadbirkorlar uçun qulay muhit va davlat boşqaruvi samaradorligi bilan bevosita boğliq ekanini taʼkidladi. Har bir vazirlik va idora öz funksiyalarini qayta körib çiqişi, ortiqça talab va hujjatlarni bekor qilişi, xizmatlarni raqamlaştirişni jadallaştirişi zarurligi qayd etildi.

Mutasaddilarga byurokratiyani bartaraf etiş böyiça qaror loyihasini kiritiş, unda har bir vazirlik va idora kesimida raqamlaştiriş, davlat xizmatlarini soddalaştiriş hamda xususiy sektor uluşini oşiriş böyiça aniq rejalarni belgilaş topşirildi.

Şuningdek, sohada ilğor tajribalarni ommalaştiriş va barça idoralar faoliyatida “nol byurokratiya” tamoyilini izçil joriy qiliş böyiça körsatmalar berildi.

 

 

 

 

president.uz

Ulaşiş: