Özbekiston Prezidenti Braziliya bilan köp qirrali şeriklikni kengaytiriş muhimligini taʼkidladi

Özbekiston Prezidenti Braziliya bilan köp qirrali şeriklikni kengaytiriş muhimligini taʼkidladi

13.05.2026 10:16149

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 12-may kuni taşrif bilan mamlakatimizga kelgan Braziliya Federativ Respublikasi taşqi işlar vaziri Mauro Vieyrani qabul qildi.

Uçraşuv avvalida yuqori martabali mehmon davlatimiz rahbariga Braziliya Prezidenti Luis Inasiu Lula da Silvaning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Özbekiston – Braziliya munosabatlarini yanada mustahkamlaş va köp qirrali hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqiçga olib çiqiş masalalari muhokama qilindi.

Oliy darajada tizimli muloqotni yölga qöyiş, siyosiy va parlamentlararo aloqalarni faollaştiriş muhimligi qayd etildi.

Özaro savdo hajmini oşiriş, işbilarmonlik aloqalarini rivojlantiriş, kimyo, elektrotexnika, farmatsevtika va sanoatning boşqa tarmoqlarida qöşma loyihalarni ilgari surişga alohida eʼtibor qaratildi.

Qişloq xöjaligi, seleksiya, turizm, sport va boşqa yönalişlardagi hamkorlik istiqbollari kun tartibida böldi.

Belgilangan vazifalarni amalga oşiriş uçun Hukumatlararo komissiya tuziş taklif etildi.

Tomonlar xalqaro darajadagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almaşdilar, bölajak tadbirlar rejasini muhokama qildilar.

 

 

https://president.uz

Ulaşiş: