Özbekiston Prezidenti BMT Aholişunoslik jamğarmasi rahbari bilan uçraşuv ötkazdi

Özbekiston Prezidenti BMT Aholişunoslik jamğarmasi rahbari bilan uçraşuv ötkazdi

14.05.2026 09:26148

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 13-may kuni mamlakatimizga rasmiy taşrif bilan kelgan Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş kotibining örinbosari, Aholişunoslik jamğarmasi (UNFPA) ijroçi direktori Diyene Keytani qabul qildi.

Uçraşuv avvalida UNFPA rahbari mamlakatimiz yetakçisiga BMT Boş kotibi Antoniu Guterrişning salomi va samimiy tilaklarini yetkazdi.

BMTning aholişunoslik sohasidagi nufuzli instituti bilan hamkorlikning dolzarb masalalari körib çiqildi.

Keyingi yillarda Özbekistonning UNFPA bilan hamkorligi sifat jihatidan yangi bosqiçga kötarilgani taʼkidlandi. Reproduktiv salomatlik, gender tenglik, demografik barqarorlikni taʼminlaş sohalarida muhim loyihalar amalga oşirildi. Jamğarma mamlakatimiz tarixidagi birinçi aholi va qişloq xöjaligini röyxatga oliş jarayonida faol iştirok etdi.

Ona va bola salomatligini mustahkamlaş, yoş oilalarni qöllab-quvvatlaş, xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini himoya qiliş borasidagi ijobiy natijalar alohida qayd etildi.

Hamkorlikni yanada çuqurlaştiriş, jumladan, mamlakat dasturi doirasida yangi qöşma taşabbuslarni amalga oşiriş, Özbekistonda va BMT doirasida yuqori darajadagi tadbirlarni ötkazişga kelişib olindi.

 

 

 

president.uz

Ulaşiş: