Özbekiston Prezidenti Qozoğistonga jönab ketdi

Özbekiston Prezidenti Qozoğistonga jönab ketdi

15.05.2026 11:25128

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Qozoğiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan Turkiy davlatlar taşkilotining norasmiy sammitida iştirok etiş uçun uşbu mamlakatga jönab ketdi.

“Sunʼiy intellekt va raqamli rivojlaniş” mavzusida ötkaziladigan yiğiliş kun tartibidan savdo-iqtisodiyot, investitsiya, transport-kommunikatsiya va ekologiya sohalarida mintaqaviy hamkorlikni yanada kengaytiriş masalalari örin olgan.

Yetakçilar raqamli infratuzilmani rivojlantiriş, innovatsion texnologiyalarni joriy etiş hamda sunʼiy intellektni amalda qöllaşga alohida eʼtibor qaratadilar.

 

 



president.uz

Ulaşiş: