Özbekiston va Ozarbayjon yetakçilari oliy darajadagi kelişuvlarni amalga oşiriş masalalarini muhokama qildilar

Özbekiston va Ozarbayjon yetakçilari oliy darajadagi kelişuvlarni amalga oşiriş masalalarini muhokama qildilar

20.05.2026 11:21133

Boku şahriga amaliy taşrif doirasida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan uçraşuv ötkazdi.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Ozarbayjon yetakçisini Butunjahon urbanizatsiya forumining muvaffaqiyatli taşkil etilgani bilan samimiy tabrikladi.

Avvalgi oliy darajadagi muloqotlar çoğida erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş doirasida Özbekiston – Ozarbayjon strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini yanada rivojlantiriş hamda mustahkamlaşning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Tovar ayirboşlaşning ijobiy surʼati qayd etildi. Yil boşidan buyon özaro savdo hajmi 40 foizdan ziyodga oşdi.

Quriliş, toğ-kon sanoati, energetika, qişloq xöjaligi, turizm va boşqa tarmoqlarda kooperatsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oşirilmoqda.

Mazkur loyihalarni jadallaştiriş hamda birgalikdagi investitsiyalarni, şu jumladan, Qöşma investitsiya kompaniyasi mablağlarini jalb etgan holda yanada kengaytiriş muhimligi taʼkidlandi.

Yetakçilar transportga oid taşabbuslarni amalga oşiriş va xalqaro transport yölaklarini rivojlantiriş böyiça hamkorlikni kengaytiriş masalalarini ham muhokama qildilar.

Bölajak oliy darajadagi tadbirlar rejasi körib çiqildi.

 

 

president.uz

Ulaşiş: