Avtomobilsozlik sanoatini rivojlantiriş böyiça ustuvor vazifalar belgilandi
Prezident Şavkat Mirziyoyev avtomobilsozlik sanoatini rivojlantiriş, işlab çiqariş quvvatlarini kengaytiriş va tarmoq raqobatbardoşligini oşirişga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanişdi.
Mamlakatimizda avtomobilsozlik sohasi rivojiga katta eʼtibor qaratilayotgani bejiz emas. Bu tarmoq yuqori qöşilgan qiymat, sanoat kooperatsiyasi, minglab iş örinlari va eksport imkoniyatlarini kengaytirişda muhim ahamiyatga ega.
Sönggi yillarda Özbekiston avtomobilsozlik sanoati raqobat va isteʼmolçi manfaatiga yönaltirilgan mutlaqo yangi bosqiçga kötarildi. Ön yil avval avtomobil bozori deganda bitta işlab çiqaruvçi va uzoq navbatlar tuşunilgan bölsa, bugungi kunda “Chevrolet”, “BYD”, “KIA” va “Hyundai” kabi yirik brendlar bilan hamkorlikda 5 ta avtomobil zavodi faoliyat yuritmoqda.
Eng muhimi, bu özgarişlarni aholi bevosita his qilmoqda. Bozorda tanlov kengaydi, uzoq navbatlar barham topdi. Joriy yilda avtomobil savdosiga 20 ta bank jalb qilinib, avtomobillarning 95 foizi bölib-bölib tölaş va qulay kredit tizimi orqali sotildi.
Ayni paytda qöşni davlatlar uçun ham avtomobil va butlovçi qismlar işlab çiqariş rivojlanmoqda. Soha atrofida yangi kooperatsiya zanjirlari şakllanib, 10 mingdan ortiq yoşlar zamonaviy texnologiyalar asosida işlamoqda. 300 dan ziyod korxona “Chevrolet”, 40 ga yaqin korxona “KIA” va “BYD” uçun butlovçi qismlar yetkazib bermoqda.
Taqdimotda avtomobilsozlikda işlab çiqariş hajmini va band bölganlar sonini 1 milliontaga yetkaziş masalalari körib çiqildi.
Yengil va tijorat avtomobillarini işlab çiqariş hamda yiğiş böyiça köplab loyiha takliflari kelib tuşayotgani Özbekistonda qulay investitsiya muhiti va yuqori daromadli bozor şakllanayotganini körsatadi. Şu bilan birga, har bir loyiha bozor talabi va iqtisodiy samara asosida baholanişi, asosiy eʼtibor taşqi bozorlarda raqobatbardoş bölişga qaratilişi zarurligi taʼkidlandi.
Taqdimotda “Volkswagen” avtomobillarini işlab çiqariş loyihasi haqida axborot berildi. Rejaga köra, birinçi bosqiçda Toşkent şahrida yirik uzelli işlab çiqarişni boşlaş közda tutilgan. Keyingi bosqiçda Angren erkin iqtisodiy zonasi hududida töliq siklda işlab çiqarişni yölga qöyiş, mahalliylaştiriş darajasini oşiriş va eksport bozorlariga çiqiş rejalaştirilgan.
Bugungi global vaziyat avtomobilsozlik sohasiga sezilarli taʼsir körsatayotgani qayd etildi. Şu bois, texnologik mustaqillikni taʼminlaş, innovatsiyalarni joriy etiş va eksport hamda logistika çeklovlariga kamroq boğliq bölgan raqobatbardoş milliy mahsulotlar yaratiş vaqti kelgani taʼkidlandi.
Bu borada Andijon va Jizzaxda zamonaviy muhandislik maktablari oçilgani, yoş tadqiqotçilar va muhandislar şakllanayotgani, umuman, mahalliy mahsulotlarni kengaytiriş va yakuniy mahsulot yaratiş uçun zarur intellektual salohiyat mavjudligi körsatib ötildi.
Şu maqsadda “Özavtosanoat” AJ tizimida Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik faoliyati rivojlantirilişi belgilandi.
Sohadagi yana bir katta imkoniyat – ehtiyot qismlar bozori ekani taʼkidlandi. Şu munosabat bilan ehtiyot qismlar bozorini tartibga soliş, mahalliy mahsulotlar uluşini oşiriş, sertifikatlaş tizimini takomillaştiriş va zamonaviy sinov laboratoriyalarini taşkil etiş zarurligi qayd etildi. 2026-yil yakuniga qadar xalqaro konsalting kompaniyalarini jalb qilgan holda Avtomobil ehtiyot qismlar bozorini rivojlantiriş strategiyasini amalga oşiriş vazifasi qöyildi.
Prezidentimiz avtomobilsozlik sanoati mamlakat iqtisodiyotining strategik tarmoqlaridan biri ekanini taʼkidlab, sohada raqobatni kuçaytiriş, mahalliylaştirişni çuqurlaştiriş, milliy muhandislik maktabini rivojlantiriş yuzasidan aniq topşiriqlar berdi.

