XXII Madaniy an’analar va milliy taomlar xayriya festivali
“XXII madaniy an’analar va milliy taomlar xayriya festivali” Özbekistonning turli xalqlari urf-odatlari va madaniy-ma’rifiy aloqalarni kengaytirişga yönaltirilgan öziga xos yorqin tadbiridir. Darhaqiqat, Özbekiston Respublikasi TIV huzuridagi Diplomatik servis xizmati mamlakat madaniy hayotida haqiqiy an’anaga aylangan festivalni 22-marta ötkazmoqda.
2026 yil “XXII madaniy an’analar va milliy taomlar festivali”da Özbekistonda akkreditatsiyadan ötgan yigirmadan ortiq elçixona vakillari iştirok etmoqda. Elçixona xodimlari özlarining oşpazlik iste’dodlarini namoyiş etgan holda, öz mamlakatlarining taomlarini, şu jumladan, milliy oşxonalariga mansub bölgan ekzotik lazzatlarni festival iştirokçilariga taqdim qilişmoqda.
Festival jonli va osoyişta muhitda taşkillaştiriladi, va u yerda mehmonlar noyob ta’m va milliy an’analardan bahramand bölişlari hamda taom tayyorlaş jarayonida qatnaşişlari mumkin. Bundan taşqari, festival dunyoning turli burçaklaridan an’anaviy milliy raqslar, musiqa va liboslarni namoyiş etib, unutilmas bayram muhiti yaratiladi.
Milliy taomlarni sotişdan olingan va homiylar tomonidan ajratilgan mablağlarni barçasi Özbekiston Respublikasidagi onkologik jihatdan kasallangan va nogironligi bölgan bolalarga xayriya etiladi.
Şunday qilib, festival nafaqat mamlakatning madaniy hayotini kengaytiradi va turizmni rivojlantiradi, balki mahalliy bolalar hayotini yanada yorqinroq va yaxşiroq qiladi.
Şuni ta’kidlaş kerakki, “Madaniy an’analar va milliy taomlar festivali” xayriya festivali hisoblanadi va bu yilgi festivalning asosiy homiylari: “Şeyxa Seyfa Bin Zaida Al Naxayyana vakolatxonalari”, “Hayot bank”, “Coca-Cola Içimligi Özbekiston Ltd”, “Central Park”, “LUXLIVING STORY SERVIS”, “TRADE NOVATIK”, “FIRDAVS”, “MAXXX BROTHERS”, “QUALITY TRAVEL GROUP”, “CHENYE”, “KIMCHI”, “MORЕ VODNЫY KOMPLЕKS”, “AGORA” va “MK Leasing” kompaniyalari hisoblanadi.
“Madaniy an’analar va milliy taomlar festivali” - bu dunyoning turli xalqlari madaniyati va urf-odatlari bilan tanişiş, ularning ta’midan bahramand böliş uçun noyob imkoniyatdir. Har yili festival tobora ommalaşib bormoqda va köproq mehmonlarni jalb qilmoqda, bu uning Özbekiston diplomatik korpusidagi muvaffaqiyati va ahamiyatini tasdiqlaydi. Xususan, hozirgi vaqtda festivalda quyidagi elçixonalar vakillari iştirok etmoqdalar:
1. Ozarbayjon Respublikasi Elçixonasi;
2. Belarus Respublikasi Elçixonasi;
3. Hindiston Respublikasi Elçixonasi;
4. Eron Islom Respublikasi Elçixonasi;
5. Italiya Respublikasi Elçixonasi;
6. Xitoy Xalq Respublikasi Elçixonasi;
7. Koreya Respublikasi Elçixonasi;
8. Qozoğiston Respublikasi Elçixonasi;
9. Qirğiz Respublikasi Elçixonasi;
10. Pokiston Islom Respublikasi Elçixonasi;
11. Falastin Davlati Elçixonasi;
12. Ruminiya Elçixonasi;
13. Indoneziya Respublikasi Elçixonasi;
14. Tojikiston Respublikasi Elçixonasi;
15. BMT;
16. ŞHT MATT;
17. “Vidergeburt” Özbekiston Germaniya madaniy markazi;
18. Tatar madaniyat markazi dasturi;
19. Özbekiston Respublikasidagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazi;
20. Özbekiston qozoq milliy madaniy markazi;
21. Belorus madaniyat markazi “Svitanak”
22. Toşkent şahar Grek madaniyati jamiyati;
23. Toşkent şahar Koreya milliy madaniy markazi.

