XXII madaniy an’analar va milliy taomlar xayriya festivali bölib ötdi
Toşkent şahrida Taşqi işlar vazirligi huzuridagi Diplomatik servis xizmati tomonidan an’anaviy XXII madaniy an’analar va milliy taomlar xayriya festivali taşkil etildi. Turli mamlakat diplomatik vakolatxonalari, xalqaro taşkilot va milliy madaniyat markazlari iştirok etgan tadbir madaniy muloqot, bağrikenglik va insonparvarlik ğoyalarini tarğib etuvçi yirik xalqaro maydonga aylandi.
Anjumanda Özbekistonda akkreditatsiyadan ötgan 25 dan ziyod xorijiy jamoa, jumladan Ozarbayjon, Belarus, Hindiston, Eron, Italiya, Xitoy, Koreya, Qozoğiston, Qirğiziston, Pokiston, Falastin, Ruminiya, Indoneziya, Tojikiston diplomatik vakolatxonalari, BMT, ŞHT MATT, şuningdek qator milliy madaniyat markazlari öz milliy taomlari, an’analari va madaniy dasturlarini namoyiş qildi.
Tadbir oçilişida taşqi işlar vaziri örinbosari Olimjon Abdullayev mazkur festival yillar davomida xalqlar örtasidagi döstlik, özaro hurmat va madaniy muloqotni mustahkamlab kelayotganini ta’kidladi.
– Bugungi festival nafaqat turli davlatlarning milliy taomlari va boy madaniy merosini namoyiş etadi, balki ezgulik, mehr-oqibat va insonparvarlik ğoyalarini ham keng tarğib qiladi, – dedi vazir örinbosari. – Ayniqsa, yiğilayotgan mablağ onkologik kasalliklarga çalingan hamda imkoniyati çeklangan bolalarni qöllab-quvvatlaşga yönaltirilişi anjumanning ijtimoiy ahamiyatini yanada oşiradi.
Şuningdek u mamlakatimizda Prezident Şavkat Mirziyoyev rahbarligida oçiqlik, yaxşi qöşniçilik va xalqaro hamkorlik tamoyiliga asoslangan taşqi siyosat izçil amalga oşirilayotganini qayd etdi.
Tadbirda söz olgan Diplomatik servis xizmati departamenti boş direktori Oybek Iganberdiyev festival yillar davomida diplomatik korpus va mamlakat jamoatçiligi örtasidagi oçiq madaniy muloqot maydoniga aylanganiga e’tibor qaratdi.
– Maqsadimiz madaniy muloqotni rivojlantiriş barobarida mehr-oqibat, ezgulik va insonparvarlik tuyğularini uluğlaş, – dedi u. – Bugungi festival xalqlarimiz örtasidagi döstlik riştalarini yanada mustahkamlaşga xizmat qiladi.
Festival doirasida milliy taomlar körgazmasi, madaniy çiqişlar, xalq amaliy san’ati namoyişi va xayriya savdosi taşkil etildi. Mehmonlar turli xalqlarning milliy oşxonasi, liboslari va an’analari bilan yaqindan tanişiş imkoniga ega böldi.
Qozoğiston elçixonasi diplomati rafiqasi Elmira Kiyikova öz taassuroti bilan örtoqlaşdi:
– Bugun juda muhim madaniy tadbir bölib ötyapti. Biz – Qozoğiston elçixonasi xodimlari uşbu bayramda ketma-ket yigirma ikkinçi bor qatnaşyapmiz. Milliy taomlarimiz – beş barmoq, manti, quvirdoq, jent, tolqon va turli şirinliklar taqdim qildik. Şuningdek, milliy liboslarda suratga tuşiş mumkin bölgan maxsus foto hudud taşkil etdik. Şu tariqa Toşkent aholisi va mehmonlarini Qozoğiston madaniyati, tarixi va an’analari bilan taniştirişni istaymiz.
Elmira xonim xayriya mavzusiga ham alohida töxtaldi:
– Bu yerda yiğilgan mablağ töliq xayriyaga yönaltiriladi. Kam ta’minlangan oilalar, yetim bolalar, pensionerlar va nogironlarni qöllab-quvvatlaşga hissa qöşayotganimizdan xursandmiz. Bu öziga xos insonparvarlik tadbiridir.
Belarus Respublikasining Özbekistondagi Favqulodda va muxtor elçisi Aleksandr Ogorodnikov ham festival haqida fikr bildirdi:
– Ajoyib tadbir. Men butun elçixona jamoasi bilan ikkinçi marta iştirok etyapman. Eng asosiysi – xayriya ğoyasi. Inson qalbidagi kimgadir yordam beriş istagi juda muhim. Bugun hamma bayramona kayfiyatda, birgalikda ezgu işga qöl urilganini yaxşi anglab turibdi.
Uning ta’kidlaşiça, festival xalqlarni bir-biriga yanada yaqinlaştiradi.
– Bu yerga odamlar boşqa millatlar madaniyati, liboslari va milliy taomlari bilan tanişiş uçun oilasi bilan keladi, – deydi Ogorodnikov. – Menimça, odamlar aynan dasturxon atrofida bir-birini yaxşiroq tuşunadi. Belarus va Özbekiston xalqlari örtasida ham qadriyatlar, masalan oila, mehnat, farzand tarbiyasi kabi umumiy tuşunçalar juda öxşaş.
Tadbirda “Diplomatic Kids International Talent” loyihasi doirasida turli mamlakatlar farzandlari iştirokida ijodiy çiqişlar ham namoyiş etildi. Taşkilotçilar ta’kidlaşiça, mazkur taşabbus yoş avlod qalbida tinçlik, döstlik va özaro hurmat tuyğularini mustahkamlaydi.
Şuningdek, anjumanda “Umrboqiy meros” madaniyat va san’atini tarğib qiliş markazi ilmiy maslahatçisi, YUNESKO nomoddiy madaniy meros böyiça xalqaro eksperti Alişer Ikromov, Özbekiston Davlat tabiat muzeyi bölim mudiri, YUNESKO nomoddiy madaniy meros böyiça milliy eksperti Gulora Abdullayeva, milliy va xalqaro madaniy tadbirlar taşkil etiş böyiça ekspert Çori Şodiyev, “Umrboqiy meros” markazi direktori Lutfiya Mirzayeva, Özbekiston oşpazlar uyuşmasi boş texnologi Tolibjon Umaraliyev, usta oşpaz Nazira Aramatova hamda Özbekiston Badiiy akademiyasi vakillaridan iborat maxsus hakamlar hay’ati ham faoliyat olib bordi.

