Kiçik va örta biznes uçun moliyaviy xizmatlar ommabopligi oşiriladi

Kiçik va örta biznes uçun moliyaviy xizmatlar ommabopligi oşiriladi

26.05.2026 15:13148

Prezident Şavkat Mirziyoyev kiçik va örta biznesni moliyaviy qöllab-quvvatlaşni kengaytiriş hamda moliyaviy xizmatlar ommabopligini oşirişga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanişdi.

Tadbirkorlikni rivojlantiriş, kiçik va örta biznesning iqtisodiyotdagi uluşini oşiriş, ular uçun moliyaviy resurslardan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş Yangi Özbekiston islohotlarining muhim yönalişlaridan biri hisoblanadi.

Sönggi yillarda bu borada qator dasturlar amalga oşirilib, tadbirkorlarga kredit, kompensatsiya, kafillik va boşqa moliyaviy qöllab-quvvatlaş mexanizmlari kengaytirildi. Şu bilan birga, kiçik va örta biznesning moliyaviy xizmatlardan foydalanişida hali ham ayrim tösiqlar saqlanib qolayotgani qayd etildi.

Bugungi kunda kiçik va örta biznesga ajratilgan kreditlar portfeli 218 trillion sömni taşkil etmoqda. Bu yalpi içki mahsulotga nisbatan 12 foizga teng. Şu bilan birga, onlayn tarzda ajratilayotgan taʼminotsiz mikrokreditlar uluşi kam. Taʼminotsiz onlayn mikrokredit ajratiş jarayoni örtaça 7 kungaça vaqt olmoqda. Tadbirkor kredit oliş uçun bir neçta bank takliflarini bir joyda köriş, soliştiriş va öziga maqbul şartlarni tanlaş imkoniyatiga ega emas.

Şu munosabat bilan taqdimotda raqamli moliyaviy platformani işga tuşiriş taklif qilindi. U orqali tadbirkor kredit oliş uçun ariza beradi, bir neçta banklardan tijorat takliflarini oladi, ularni taqqoslab, öziga qulayini tanlaydi.

Platforma “Elektron hukumat” tizimining raqamli maʼlumotlar bazalari bilan integratsiya qilinadi. Kiçik va örta biznes subyektlariga oid maʼlumotlar avtomatik ravişda olinib, banklarga taqdim etiladi. Bu kredit beriş jarayonida hujjat yiğiş, ortiqça vaqt sarflaş va inson omilini kamaytirişga xizmat qiladi.

2026-yil 1-dekabrdan boşlab platforma doirasida sunʼiy intellekt texnologiyalari elementlaridan foydalangan holda muqobil skoring modeli joriy etiladi.

Anʼanaviy skoring asosan kredit tarixiga tayansa, muqobil skoring biznes faolligi, kommunal tölovlar, aylanmalar, soliq va boşqa raqamli maʼlumotlarni ham hisobga oladi. Bu kredit tarixi mavjud bölmagan tadbirkorlarni ham baholaş, ularga moliyaviy xizmatlardan foydalaniş imkoniyatini kengaytirişga yöl oçadi.

Şuningdek, kelgusida sunʼiy intellekt asosida tadbirkorning kredit tarixini yaxşilaş, kelgusidagi xatarlarni baholaş va biznesni rivojlantiriş böyiça tavsiyalarni şakllantiriş imkoniyati yaratiladi.

Tijorat banklari tomonidan “AI maslahatçisi” dasturini işga tuşiriş ham nazarda tutilmoqda. Mazkur dastur mahallalar ixtisoslaşuvi va ösiş nuqtalarini hisobga olgan holda biznes ğoyalarni işlab çiqiş, ularni moliyalaştiriş imkoniyatlarini aniqlaşga kömaklaşadi.

Kiçik biznesni uzluksiz qöllab-quvvatlaş dasturi doirasida ham qöşimça yengilliklar belgilanmoqda. Avval dastur doirasida mikrokreditdan foydalangan va ijobiy kredit tarixiga ega tadbirkorlar uçun mikrokreditning garovsiz qismi 100 million sömdan 200 million sömgaça oşiriladi.

Qolaversa, kredit yoki lizing miqdoridan qatʼi nazar, uning 5 milliard sömgaça bölgan qismi uçun foiz xarajatlari kompensatsiya qilinadi.

Har yili öz faoliyatini kengaytirgan va yuqori natija körsatgan 100 ta tadbirkorlik subyektiga raqamlaştiriş, xalqaro standartlar va “yaşil” texnologiyalarni joriy etiş bilan boğliq xarajatlar uçun 300 million sömgaça grant ajratiş taklif etildi.

Davlatimiz rahbari taqdim etilgan takliflarni maʼqullab, kredit tarixiga ega bölmagan kiçik va örta biznes subyektlariga moliyaviy xizmatlardan foydalaniş imkoniyatini kengaytiriş, platforma xavfsizligi va maʼlumotlarning himoyalanganligini taʼminlaş yuzasidan mutasaddilarga topşiriqlar berdi.

 

president.uz

Ulaşiş: