Özbekiston va Qozoğiston örtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik böyiça “yöl xaritasi” imzolandi

Özbekiston va Qozoğiston örtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik böyiça “yöl xaritasi” imzolandi

01.06.2026 11:12115

Ostonaga amaliy taşrif doirasida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Qozoğiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev huzurida Investitsiya va savdo sohalarida erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş böyiça amaliy harakatlar rejasini imzolaş marosimi bölib ötdi.

“Yöl xaritasi”da avtomobilsozlik, energetika, kimyo sanoati, metallurgiya, farmatsevtika, logistika, quriliş materiallari, uy-joy qurilişi, qişloq xöjaligi kabi tarmoqlarda qöşma loyihalarni amalga oşiriş nazarda tutilgan.

Hujjat joriy yil aprel-may oylarida ikki davlat rahbarlarining Buxoro va Turkiston şaharlarida bölib ötgan uçraşuvlarida erişilgan kelişuvlarni amalga oşirişga qaratilgan.

 

 

president.uz

Ulaşiş: