Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengaşi majlisidagi nutqi

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengaşi majlisidagi nutqi

01.06.2026 11:16100

Hurmatli Qasim-Jomart Kemeleviç!

Hurmatli davlatlar va delegatsiyalar rahbarlari!

Avvalo, Qozoğiston Respublikasi Prezidenti, hurmatli Qasim-Jomart Kemeleviç Toqayevga anʼanaviy samimiy qabul va mehmondöst Ostona şahrida uçraşuvimizni yuksak darajada taşkil etgani uçun çin dildan minnatdorlik bildiraman.

Jahon iqtisodiyotida keng kölamli texnologik transformatsiya jarayoni keçayotgan bir davrda Qozoğistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqidagi samarali raisligini alohida qayd etmoqçiman.

Sammitimiz arafasida sunʼiy intellekt va raqamli rivojlaniş masalalariga bağişlangan beşinçi Yevroosiyo iqtisodiy forumi oçilgani ramziy maʼnoga egadir. Bugungi kunda aynan raqamli texnologiyalar, zamonaviy logistik yeçimlar va sanoat kooperatsiyasi köp jihatdan davlatlarning raqobatdoşligi, bozorlar barqarorligi va milliy iqtisodiyotlarning taşqi xatarlarga munosib javob qaytara oliş qobiliyatini belgilamoqda.

Hurmatli hamkasblar!

Özbekiston uçun YOII mamlakatlari bilan amaliy hamkorlikni kengaytiriş taşqi iqtisodiy siyosatning eng muhim yönalişlaridan biri bölib qolmoqda.

Bugungi kunda bizning YOII davlatlari bilan özaro hamkorligimiz kompleks iqtisodiy şeriklik tusini oldi. Özaro savdo hajmi ösmoqda, sanoat kooperatsiyasi çuqurlaşmoqda, logistik aloqalar mustahkamlanmoqda, raqamli iqtisodiyot, energetika va xizmatlar sohasida yangi yönalişlar şakllanmoqda. 

Özbekiston Ittifoqning barça asosiy tadbirlarida faol iştirok etmoqda. Joriy yilda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi bilan uç yillik Hamkorlik rejasini amalga oşirişni yakuniga yetkazmoqdamiz. Özbekiston hukumati Qöşma işçi guruhining navbatdagi majlisini joriy yilning kuz faslida Toşkent şahrida ötkazişga tayyorgarlik körmoqda. Uning doirasida keyingi davr uçun möljallangan yangi Hamkorlik rejasini qabul qilişni taklif etamiz.

Yaqinda texnik jihatdan tartibga soliş tizimlarini yaqinlaştiriş böyiça “yöl xaritasi” tasdiqlandi. Savdo va yuk taşuvlarini raqamlaştiriş, elektron tijoratni rivojlantiriş va iqlim borasida kun tartibidagi masalalar böyiça tarmoq dasturlarida iştirokimizni davom ettirmoqdamiz.

Toşkent şahrida Yevroosiyo taraqqiyot bankining mamlakat ofisini oçdik, birgalikda muayyan loyihalar portfeli şakllantirildi.

Hurmatli majlis iştirokçilari!

YOII bilan hamkorligimizni rivojlantirişning ustuvor yönalişlarini qisqaça körsatib ötmoqçiman.

Birinçi. Özbekiston va YOII davlatlari örtasida tösiqlarsiz savdoning yagona raqamli makonini şakllantirişga kirişişni muhim deb hisoblaymiz.

Bu yerda söz elektron tijoratni rivojlantiriş va uni tartibga soliş borasidagi yondaşuvlarni muvofiqlaştiriş, bojxona, fitosanitariya va veterinariya nazorati sohalarida raqamli maʼlumot almaşinuvini yölga qöyiş, tovarlarning kelib çiqişini sertifikatlaş, şuningdek, elektron hujjatlarni bosqiçma-bosqiç özaro tan oliş haqida bormoqda.

Şuningdek, raqamli tranzitni joriy etiş, kuzatuv tizimlariga ulaniş hamda ötkaziş punktlarini modernizatsiya qiliş orqali “aqlli” transport-bojxona yölaklarini yaratiş işlariga kirişiş maqsadga muvofiqdir.

Ikkinçi. Sanoat kooperatsiyasi rivojiga yangi turtki beriş muhimdir.

Biz biznesning işlab çiqarişni mahalliylaştiriş, texnologik şeriklik va yangi işlab çiqariş zanjirlarini şakllantirişga qiziqişi ortib borayotganini körmoqdamiz. Buni joriy yilning aprel oyida Toşkent şahrida muvaffaqiyatli ötkazilgan oltinçi “INNOPROM. Markaziy Osiyo” körgazmasi ham tasdiqlaydi.

Mamlakatlarimiz örtasida sanoat kooperatsiyasi dasturini tayyorlaşda mazkur körgazma salohiyatidan foydalanişni taklif etamiz. Sanoat avtomatizatsiyasi va robototexnika, energetika uçun butlovçi qismlar işlab çiqariş, suv tejovçi texnologiyalar, zamonaviy quriliş materiallari va boşqa sohalarni istiqbolli yönalişlar qatorida qayd etiş mumkin.

Özbekistonda kooperatsiya böyiça “yagona darça” formatida Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi bilan hamkorlikda şeriklarni tanlaydigan, erkin sanoat zonalarimiz negizida taşabbuslarni qöllab-quvvatlaydigan, moliyalaştirişni jalb etişga kömaklaşadigan qöşma loyiha ofisini taşkil etişga tayyormiz.

YOII davlatlaridan keladigan yuqori texnologiyali rezidentlar uçun qöşimça rağbatlantiruvçi şaroitlarni işlab çiqişga tayyormiz.

Uçinçi. Energiya samaradorligini oşiriş, toza texnologiyalarni joriy etiş va mahsulotlarning uglerod siğimini kamaytirişga qaratilgan Sanoatni “yaşil” transformatsiya qiliş qöşma dasturini qabul qilişni taklif etamiz.

Bu endilikda mamlakatlarimiz uçun nafaqat ekologik kun tartibidagi masala, balki sanoatning uzoq muddatli raqobatdoşligini taʼminlaydigan muhim omilga aylanmoqda.

Qöşma “yaşil” loyihalar portfelini şakllantiriş, ularni moliyalaştirişning yangi mexanizmlarini rivojlantiriş, sunʼiy intellekt texnologiyalarini qöllaş orqali sanoatning ustuvor tarmoqlarini modernizatsiya qiliş amaliy çora-tadbirlar sifatida dasturdan örin olişi mumkin.

Törtinçi. Bandlik böyiça milliy elektron xizmatlarni özaro boğlaş orqali taşkillaştirilgan mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni sifat jihatdan yangi bosqiçga olib çiqişni dolzarb deb hisoblaymiz.

Bu yerda söz fuqarolarning işonçli böş iş örinlari, işga joylaşiş şartlari hamda migratsiya qonunçiligi normalari haqidagi maʼlumotlardan töğridan-töğri foydalanişini taʼminlaydigan qulay va yaxlit raqamli muhitni şakllantiriş haqida bormoqda. Bu bir paytning özida mamlakatlarimiz mehnat bozorlari ehtiyojlarini hisobga oliş, xodimlarning malakasini oşiriş, fuqarolar huquqlarini himoya qilişni kuçaytiriş va norasmiy bandlik xavflarini kamaytiriş imkonini beradi.

Beşinçi. Bugungi kunda turizm madaniy-gumanitar sohadagi hamkorligimizning eng jadal rivojlanayotgan yönalişlaridan biriga aylanmoqda.

Biz “Markaziy Osiyo turistik halqasi” taşabbusini ilgari surdik. YOII mamlakatlarini unda iştirok etiş va mazkur turistik yönalişni ommabop raqamli platformalarda birgalikda tarğib qilişga taklif etamiz.

Hurmatli hamkasblar!

Sözimning yakunida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirişga intilişimiz qat’iyligini yana bir bor tasdiqlamoqçiman.

Özbekistonning yuqorida qayd etilgan qöşma taşabbus va loyihalarda iştirok etişi özaro manfaatli şeriklikni mustahkamlaş hamda davlatlarimizning barqaror rivojlanişiga kömak berişiga işonaman.

 

 

 

president.uz

Ulaşiş: