Kimyo sanoatini jadal rivojlantiriş vazifalari belgilandi

Kimyo sanoatini jadal rivojlantiriş vazifalari belgilandi

03.06.2026 14:00136

Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida 2-iyun kuni kimyo sanoatini jadal rivojlantiriş va hududlarda investitsiya loyihalarini amalga oşiriş böyiça vazifalar yuzasidan videoselektor yiğilişi bölib ötdi.

Iqtisodiyotimiz jadal rivojlanib, sönggi yillarda sanoat tarmoqlarida 3 ming turdagi yangi mahsulotlar işlab çiqariş yölga qöyilgani taʼkidlandi.

Bundan 9-10 yil avval mamlakatimizda kimyo mahsulotlarining asosiy qismini mineral öğitlar taşkil qilgan. Keyingi yillarda sohaga 8 milliard 300 million dollar investitsiya kiritilib, 87 ta yirik quvvat işga tuşirildi.

PVX, “yaşil” vodorod, köpikli polipropilen, BOPP plyonka kabi 60 dan ziyod turdagi yuqori qöşilgan qiymatli yangi mahsulotlar işlab çiqariş özlaştirildi. Bu orqali iqtisodiyot tarmoqlarida minglab yangi turdagi mahsulotlarni işlab çiqariş uçun zarur xomaşyo bazasi yaratildi.

Natijada sohada eksport 3 karra ösdi, işçilar soni 50 ming nafardan oşdi.

Şu bilan birga, tarmoqda hali işga solinmagan imkoniyatlar köpligi körsatib ötildi. Sönggi töqqiz yilda respublika sanoati örtaça 6,3 foizga ösgan bölsa, kimyo sanoatida bu körsatkiç 3 foizga ham yetmagan. Kimyo mahsulotlari importi 4 barobar oşib, yiliga 4,5 milliard dollarga yetgan.

“Özkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati asosan öz tizimidagi yirik korxonalar bilan çeklanib qolayotgani, sohadagi 5 mingdan ortiq korxona bilan tizimli işlaş, ularning muammo va takliflarini eşitiş sustligi körsatib ötildi.

Yiğilişda mahsulotlar tarkibini özgartiriş, qöşilgan qiymatni oşiriş va energiya sarfini kamaytiriş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Mamlakatimizda yiliga 1,5 million tonna ammiakli selitra işlab çiqarilib, bunga 1 milliard 70 million kub metr gaz sarflanmoqda. Şu bilan birga, ilğor davlatlar selitra isteʼmolini kamaytirib, qişloq xöjaligida karbamid va suvda eruvçan öğitlar, toğ-kon sanoatida esa ğovaksimon selitradan foydalanişga ötmoqda.

Ammiakli selitra bilan tannarxi bir xil bölgan ğovaksimon selitrada qöşilgan qiymat 2 barobar yuqori. Mutasaddilar va kimyo korxonalari rahbarlari bunday loyihalarni köpaytiriş haqida jiddiy öylaşi kerakligi qayd etildi.

Şuningdek, “Navoiyazot”da işlab çiqarilayotgan 1 tonna sian tuzining narxi 3 ming 700 dollar bölsa, undan yelim işlab çiqarilganda qiymati 8 ming dollargaça oşişi mumkinligi körsatib ötildi. Masʼullarga “Navoiyazot” yonidagi klasterda 1 milliard dollarlik 10 ta kam tonnali kimyo loyihasini boşlaş topşirildi.

Geologiyada mavjud zaxiralarni töliq işga soliş orqali ham qöşilgan qiymatni bir neça barobar oşiriş mumkinligi taʼkidlandi.

Qoraqalpoğiston, Surxondaryo, Qaşqadaryo va Navoiyda 550 million tonna natriy va kaliy, 20 million tonna bentonit zaxiralari bor. Uşbu xomaşyo çuqur qayta işlanib, kaustik soda işlab çiqarilsa, qöşilgan qiymat 3 barobar oşadi.

Jizzaxda 1,5 million tonna, Qoraqalpoğistonda 500 ming tonna serpentinit zaxirasi aniqlangan. Unga sulfat kislotasi bilan işlov berilsa, tonnasi 5 ming dollargaça bölgan magniy oksidi oliş mumkin. Serpentinit yanada çuqur qayta işlansa, nikel, xrom va kobalt oliş imkoniyati paydo böladi. Bu esa elektrotexnika sanoati uçun muhim xomaşyo hisoblanadi.

Mutasaddilarga fosforit, galit, mirabilit, serpentinit kabi kimyo sanoati uçun zarur xomaşyo zaxiralarini 2 barobar oşiriş böyiça uç yillik dastur işlab çiqib, amaliy işlarni boşlaş topşirildi. Serpentinit xomaşyosini qayta işlaş böyiça kamida 200 million dollarlik loyihalarni yölga qöyiş vazifasi qöyildi.

Mamlakatimizga yiliga 300 million dollarlik maişiy kimyo mahsulotlari import qilinmoqda. Mintaqada esa bunday mahsulotlar uçun 2 milliard dollarlik bozor mavjud.

Misol uçun, “Angren” erkin iqtisodiy zonasidagi tadbirkor dunyoga maşhur “Henkel” kompaniyasi bilan hamkorlikni yölga qöygan. Hozir uşbu korxona “Henkel” tomonidan sotib olingan bölib, bu yerdan Hamdöstlik davlatlariga mahsulot yetkazib beriş rejalaştirilmoqda.

Bunday loyihalarni köpaytiriş maqsadida poytaxtdagi sanoat zonalaridan biridagi maydonlar maişiy kimyo loyihalari uçun ajratiladi. Işga tuşirilgan korxonalarni brendi bilan birga tayyor daromadli biznes sifatida xususiy sektorga sotiş şarti bilan uşbu yönalişga 50 million dollar yönaltiriladi.

Boşqa viloyatlardagi şunday loyihalar uçun Sanoat kooperatsiyasi jamğarmasidan 15 million dollar ajratiladi. Umuman, mutasaddilarga maişiy kimyoda kamida 100 ta yangi brend mahsulot işlab çiqarişni yölga qöyiş böyiça dastur işlab çiqiş topşirildi.

Yiğilişda mineral öğitlar bozoridagi imkoniyatlar ham tahlil qilindi.

Dunyoda mineral öğitlarga talab yiliga 5 foizdan ösmoqda va 2030-yilda 260 milliard dollardan oşişi kutilmoqda. Ayniqsa, yangi agrotexnologiyalar hisobiga suvda eruvçan öğitlarga ehtiyoj keskin ortib bormoqda.

Kelgusi uç yilda soha masʼullari va hokimlar oldida 2 milliard 800 million dollarlik 42 ta loyihani işga tuşiriş vazifasi turibdi. Bu orqali 2030-yilga borib, azotli öğitlar işlab çiqariş hajmini 2,8 million tonnadan 4 million tonnaga, fosforli öğitlarni 400 ming tonnadan 900 ming tonnaga, suvda eruvçan öğitlarni 100 ming tonnadan 400 ming tonnaga yetkaziş muhimligi taʼkidlandi.

Suvda eruvçan öğitlar, polimerlar, maişiy va noorganik kimyo böyiça rejalaştirilgan yirik loyihalar hisobidan nanokimyo, “yaşil” kimyo, supermolekulyar kimyo, sunʼiy intellekt asosida kimyoviy modellaştiriş kabi zamonaviy yönalişlarda kadrlarga talab ortişi taʼkidlandi.

Şu munosabat bilan kimyo sanoatida taʼlim, tadqiqot, laboratoriya va startaplarni qamrab olgan yaxlit tizim yaratilişi belgilandi.

Buning uçun Mirzo Uluğbek tumanidagi 60 gektar maydonda kimyo sanoati uçun innovatsion ilmiy-işlab çiqariş va taʼlim klasteri taşkil etiladi. Uşbu klasterda Janubiy Koreya bilan hamkorlikda Kimyo texnologiyalari innovatsiya markazi barpo qilinadi. Markazda tajriba-sinov işlari bilan boğliq xarajatlarning yarmi qoplab beriladi.

Umuman, kimyo sanoatida 17 milliard dollarlik 350 dan ziyod loyihani işga tuşiriş böyiça dastur işlab çiqib, amaliy işlarni boşlaş topşirildi.

Davlatimiz rahbari uşbu katta marralarga erişiş uçun sohani ilmiy asoslangan va zamonaviy yondaşuvlar asosida boşqariş zarurligini taʼkidladi. Şu munosabat bilan “Özkimyosanoat”ni transformatsiya qiliş böyiça mutasaddilarga tegişli topşiriqlar berildi.

Yiğiliş davomida kimyo sanoati masʼullari va hududlar rahbarlarining hisobotlari tinglandi, tarmoqda faoliyat yuritayotgan korxonalar rahbarlari bilan muloqot bölib ötdi.

 

 

 

president.uz

Ulaşiş: