Prezidentimiz polimer mahsulotlar korxonasi bilan tanişdi
Prezident Şavkat Mirziyoyev “Çirçiq” kimyo-industrial texnoparkida faoliyat yuritayotgan “Kmita Polymers” korxonasiga taşrif buyurdi.
Rossiyaning “Polymers” kompaniyasi bilan hamkorlikda taşkil etilgan mazkur loyiha maxsus va keng assortimentdagi polietilen plyonka mahsulotlari işlab çiqarişga ixtisoslaşgan.
Bunday plyonkalar zamonaviy iqtisodiyotning közga körinmaydigan, ammo juda muhim böğinlaridan biridir. Bugun oziq-ovqat mahsulotlari, maişiy texnika, quriliş materiallari, farmatsevtika vositalari va turli sanoat tovarlarining bozorga xavfsiz yetkazilişi, taşqi ta’sirlardan muhofazalanişi köp jihatdan zamonaviy qadoqlaş texnologiyalariga boğliq.
6 ming 670 kvadrat metr maydonni egallagan korxonada Italiyaning zamonaviy texnologik uskunalari asosida keng assortimentdagi polimer va termoqisqaruvçi plyonka mahsulotlari işlab çiqarilmoqda. Uning işga tuşirilişi natijasida 9,5 million dollarlik import örnini bosuvçi mahsulotlar işlab çiqarilişi ta’minlanmoqda.
Loyiha ikki bosqiçli kengaytiriş dasturi asosida amalga oşirilmoqda. Investitsiyalarning umumiy qiymati 15,2 million dollarni taşkil etadi. Uning birinçi bosqiçida 7,4 million dollar investitsiya özlaştirildi.
Loyiha doirasida 50 ta yangi iş örni yaratildi. Keyingi bosqiçlarda iş örinlari soni yanada köpayişi kutilmoqda.
2025-yilda bu yerda 115 milliard sömlik mahsulot işlab çiqarildi. Şu bilan birga, 6 million dollarlik mahsulot Markaziy Osiyo davlatlariga eksport qilindi.
Korxona işlab çiqarayotgan polimer mahsulotlar Coca-Cola, Pepsi, Flash, «Черноголовка», Ackerman, Asl Oyna, Biolife va Family Group kabi yirik brendlarning qadoqlaş tizimlarida mahalliy xomaşyo sifatida qöllanilmoqda.
Qadoqlaş industriyasi zamonaviy sanoatning eng tez rivojlanayotgan yönalişlaridan biri ekani ta’kidlandi. Çunki mahsulot işlab çiqariş hajmi oşib borgan sari uni xavfsiz saqlaş, taşiş va bozorga yetkazib beriş talablari ham kuçayayotgani qayd etildi.
Şu ma’noda, bunday korxonalar sonining köpayişi nafaqat bir tarmoqning rivojlanişiga, balki oziq-ovqat sanoati, quriliş, farmatsevtika va qişloq xöjaligi kabi sohalarning barqaror işlaşiga ham xizmat qilişi aytib ötildi.

