Özbekiston va Rossiya yetakçilari ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama qildilar

Özbekiston va Rossiya yetakçilari ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama qildilar

05.06.2026 16:24141

Sankt-Peterburg şahriga amaliy taşrif doirasida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning uçraşuvi bölib ötdi.

Özbekiston – Rossiya keng qamrovli strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini yanada kengaytiriş hamda mustahkamlaş masalalari körib çiqildi.

Savdo-iqtisodiy hamkorlik jadal rivojlanayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Yil boşidan buyon tovar ayirboşlaş hajmi 20 foizga oşdi.

Sanoat, energetika, metallurgiya, transport, kimyo sanoati va iqtisodiyotning boşqa ustuvor tarmoqlarida yirik loyihalarni amalga oşiriş davom etmoqda.

Tovar ayirboşlaşdagi joriy surʼatlarni saqlab qoliş, kooperatsiya loyihalarini jadallaştiriş hamda hududlar darajasidagi faol aloqalarni davom ettiriş muhimligi taʼkidlandi.

Faol madaniy-gumanitar almaşinuvlarni yanada kengaytirişga alohida eʼtibor qaratildi. Şu kunlarda Mariinskiy teatrida Georg Fridrix Gendelning “Tamerlano” operasining premyerasi bölib ötgani hamda “Ermitaj” davlat muzeyida Özbekiston amaliy sanʼati körgazmasi oçilgani qayd etildi.

Yetakçilar bölajak tadbirlar rejasini ham muhokama qildilar.

 

 

president.uz

Ulaşiş: