Özbekiston va Rossiya Prezidentlari mamlakatimizda AESning birinçi energiya bloki qurilişiga start berdilar

Özbekiston va Rossiya Prezidentlari mamlakatimizda AESning birinçi energiya bloki qurilişiga start berdilar

05.06.2026 16:32131

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Özbekistonda integratsiyalaşgan atom elektr stansiyasining birinçi energiya blokini quriş işlariga start berdilar.

Marosimda teleköprik orqali Xalqaro atom energiyasi agentligi (XAEA) boş direktori Rafael Grossi ham iştirok etdi.

Davlatimiz rahbari Vladimir Putin va Rafael Grossiga uşbu loyihaning röyobga çiqarilişini şaxsan qöllab-quvvatlaganlari va körsatilgan eʼtibor uçun minnatdorlik bildirdi. Mamlakatimizda birinçi atom elektr stansiyasini barpo etişda iştirok etayotgan Özbekiston va Rossiya mutaxassislariga birgalikdagi saʼy-harakatlar va yuksak professionallik uçun alohida taşakkur aytildi.

Mazkur loyihaning amalga oşirilişi Özbekistonning texnologik, industrial va ilmiy taraqqiyotida yangi bosqiçni boşlab berib, yangi tarmoq – atom energetikasini rivojlantiriş uçun asos yaratişi qayd etildi. Loyiha kiçik modulli atom generatsiyasi hamda yirik hajmli energetika sohasidagi eng sönggi yutuqlarni özida mujassam etgan.

Özbekiston yetakçisi xavfsizlik loyihaning mutlaq va sözsiz şarti ekanini alohida taʼkidladi. Stansiyani quriş va uni ekspluatatsiyaga tayyorlaş işlari eng zamonaviy xalqaro standartlar, ilğor muhandislik yeçimlari asosida hamda Xalqaro atom energiyasi agentligining doimiy nazorati ostida bajarilmoqda.

Uşbu ulkan loyihaning amalga oşirilişi va uning natijalari Özbekiston – Rossiya keng qamrovli strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini yanada mustahkamlaşga xizmat qilişiga işonç bildirildi.

 

 

 

Ulaşiş: