Prezidentimiz Özbekiston – Rossiya hamkorligini rivojlantiriş böyiça yangi takliflarni ilgari surdi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 5-iyun kuni Sankt-Peterburg şahrida bölib ötayotgan 29-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yiğilişida iştirok etdi va nutq sözladi.
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Tanzaniya Prezidenti Samiya Suluhu Hasan hamda Xitoy Xalq Respublikasi Raisi örinbosari Xan Çjen ham tadbirning asosiy spikerlari sifatida sözga çiqdi.
Davlatimiz rahbari nutqining avvalida tadbir iştirokçilarini samimiy qutlab, Özbekiston bilan tarix, maʼnaviy yaqinlik va insoniy taqdirlar orqali boğlangan Sankt-Peterburg şahriga yana bir bor taşrif buyuriş imkoniyati uçun minnatdorlik bildirdi.
Transport yönalişlarining özgarişi, yangi işlab çiqariş zanjirlarining şakllanişi, zamonaviy texnologik platformalarning paydo bölişi va sunʼiy intellektning keng joriy etilişi bilan dunyoda keçayotgan çuqur transformatsiya jarayonlariga baho berildi.
– Raqobat nafaqat bozorlar va tabiiy resurslar uçun kuraşda namoyon bölmoqda, balki texnologiyalar, logistika va infratuzilma sohalarida ham uning taʼsiri sezilmoqda, – dedi Şavkat Mirziyoyev.
Mamlakatimiz yetakçisi taʼkidlaganidek, bugungi şaroitda birlaştiruvçi rol öynaydigan va öz atrofida kooperatsiya, barqarorlik hamda özaro manfaatdorlik makonini şakllantirişga qodir bölgan davlatlar va mintaqalarning ahamiyati ortib bormoqda.
– Özbekiston ming yillar davomida Buyuk ipak yölining yuragi bölib kelgan. Samarqand, Buxoro va Toşkent orqali nafaqat mahsulotlar taşilgan, balki ğoya va bilimlar, madaniy va diniy anʼanalar bir-birini özaro boyitib kelgan. Şuning uçun ham oçiqlik biz uçun doimo tanlov emas, balki hayotiy zarurat va sivilizatsiya kodi hisoblangan, – dedi Özbekiston Prezidenti.
Davlatimiz rahbari Özbekiston – Rossiya strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarining asosiy yönalişlarini tahlil qilib, savdo-iqtisodiy hamkorlik, hududlararo aloqalar, sanoat kooperatsiyasi hamda energetika sohasidagi şeriklik sifat jihatidan yangi bosqiçga kötarilganini alohida qayd etdi.
Özbekiston va Rossiyaning texnologik hamda sanoat kooperatsiyasini yanada kengaytiriş maqsadida yagona raqamli platforma bilan birlaştirilgan işlab çiqariş klasterlari tizimi – “Yevroosiyo texnologik sanoatlaştiriş kamari”ni taşkil etiş taşabbusi ilgari surildi.
Iş örinlari yaratişga, logistika, tölov xizmatlari hamda yangi eksport imkoniyatlarining rivojlanişiga xizmat qiluvçi raqamlaştiriş sohasi hamkorlikning istiqbolli yönalişi sifatida belgilandi.
Raqamli savdo va şahar servislarini tartibga soliş qoidalarini yaqinlaştiriş, Özbekiston va Rossiya brendlarini hamkorlikdagi platformalarda ilgari suriş, sunʼiy intellekt asosida mahsulotlarni rivojlantirişni özida qamrab olgan qöşma Raqamli ekotizimni şakllantirişga kirişiş taklif etildi.
Özbekiston dunyoning yoşlari eng köp mamlakatlaridan biri ekanini hisobga olib, vazifasi taʼlim, kasbiy tayyorgarlik va mehnat bozorini özaro boğlaşdan iborat bölgan Inson kapitalini rivojlantiriş qöşma onlayn-platformasini yaratiş taşabbusi ilgari surildi.
Hamkorlikning madaniy-gumanitar yönalişini yanada mustahkamlaş maqsadida “Samarqanddan Peterburggaça” kreativ-turistik yölak loyihasini işga tuşiriş ham taklif etildi. Uşbu taşabbus sanʼat va kino festivallari, muzey körgazmalari, gastronomiya haftaliklari va musiqiy tadbirlarni birgalikda taşkil etişni nazarda tutadi.
Iqtisodiy sohada amalga oşirilayotgan tizimli islohotlarning muhim natijalariga alohida töxtalib ötildi.
– Bundan ön yil oldin oçiqlik, inklyuzivlik va pragmatizmga tayangan holda Yangi Özbekistonni barpo etişni boşlagan edik. Ötgan davrda uzoq muddatli ösiş uçun mustahkam asos – qulay işbilarmonlik muhiti, barqaror sanoat bazasi va yangi infratuzilma yaratildi, – dedi davlatimiz rahbari.
Yoş, faol va tez ösib borayotgan aholi Özbekistonning asosiy ustunliklaridan biri bölib, tadbirkorlik, texnologiyalar, servislar va sanoatni rivojlantirişning uzoq muddatli poydevori ekanligi taʼkidlandi.
Şu bilan birga, erişilayotgan ösiş nafaqat jadal, balki barqaror, inklyuziv va insonlar hayot sifatini oşirişga yönaltirilgan bölişi lozimligi qayd etildi.
Qulay işbilarmonlik muhitini yaratiş, bozor institutlarini takomillaştiriş, raqobat darajasini oşiriş va işlab çiqariş salohiyatini kengaytiriş orqali global investitsiyalarni jalb etiş uçun şart-şaroitlar izçil şakllantirilayotgani bildirildi.
Forum qatnaşçilari taşkil etilayotgan Toşkent xalqaro moliya markaziga berilgan maxsus huquqiy maqom va soliq imtiyozlari imkoniyatlaridan foydalanişga, şuningdek, joriy yilning 16-18-iyun kunlari bölib ötadigan Toşkent xalqaro investitsiya forumida iştirok etişga taklif etildi.
Yakunda davlatimiz rahbari oçiq va özaro hurmatga asoslangan muloqot hozirgi kunda barqaror rivojlanişning asosiy şartiga aylanayotganini, işonç, hamkorlikka tayyorlik va birgalikda yeçim izlaşga intiliş bor joyda yangi imkoniyatlar paydo bölişini yana bir bor taʼkidladi.

