Özbekiston Prezidenti Ozarbayjon Boş vazirini qabul qildi

Özbekiston Prezidenti Ozarbayjon Boş vazirini qabul qildi

15.06.2026 08:3193

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Toşkent xalqaro investitsiya forumida iştirok etiş uçun mamlakatimizga taşrif buyurgan Ozarbayjon Respublikasi Boş vaziri Ali Asadovni qabul qildi.

Uçraşuvda Ozarbayjonning “PAŞA Holding”, “Neqsol Holding”, “AzerGold” kompaniyalari hamda Ozarbayjon Xalqaro banki rahbarlari ham iştirok etdilar.

Suhbat avvalida Ali Asadov davlatimiz rahbariga Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Mamlakatimiz yetakçisi, öz navbatida, Ozarbayjon xalqini kuni keça bölib ötgan bayram – Milliy najot kuni munosabati bilan tabrikladi.

Özbekiston – Ozarbayjon döstlik, strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini yanada kengaytiriş hamda mustahkamlaşning dolzarb masalalari körib çiqildi.

Barça darajalardagi faol aloqalar mamnuniyat bilan qayd etildi. Joriy yil boşidan buyon tovar ayirboşlaş hajmi 40 foizga oşdi. Quriliş, energetika, toğ-kon sanoati, geologiya, logistika, turizm va boşqa tarmoqlarda kooperatsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oşirilmoqda.

Ikki mamlakat hukumatlari bölajak oliy darajadagi sammitning iqtisodiy kun tartibini puxta tayyorlaşi muhimligi taʼkidlandi.

Bunda Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yiğilişi va Hududlar forumi natijador ötişini taʼminlaş zarurligi qayd etildi.

 

 

president.uz

Ulaşiş: