Özbekiston Prezidenti Belarus delegatsiyasini qabul qildi

Özbekiston Prezidenti Belarus delegatsiyasini qabul qildi

17.06.2026 11:16104

Beşinçi Toşkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Belarus Respublikasi Boş vaziri Aleksandr Turçinni qabul qildi.

Uçraşuv avvalida yuqori martabali mehmon davlatimiz rahbariga Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukaşenkoning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Özbekiston – Belarus köp qirrali şeriklik munosabatlarini yanada kengaytirişning dolzarb masalalari bölajak oliy darajadagi tadbirlarga tayyorgarlik nuqtayi nazaridan körib çiqildi.

Joriy yil may oyida Toşkent viloyatida bölib ötgan Hukumatlararo komissiya yiğilişining samarali natijalari mamnuniyat bilan qayd etildi.

Tovar ayirboşlaş hajmi joriy yil boşidan buyon 32 foizga ortib, barqaror ösib bormoqda. Qişloq xöjaligi, maşinasozlik va boşqa tarmoqlarda kooperatsiya loyihalari amalga oşirilmoqda.

Savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytiriş, şuningdek, madaniy-gumanitar va hududlararo aloqalarni faollaştiriş böyiça muvofiqlaştirilgan çoralar köriş muhim ekani taʼkidlandi.

Ulaşiş: