Özbekiston Prezidenti Qirğiziston bilan amaliy hamkorlikni yanada kengaytiriş muhimligini taʼkidladi

Özbekiston Prezidenti Qirğiziston bilan amaliy hamkorlikni yanada kengaytiriş muhimligini taʼkidladi

17.06.2026 12:0287

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev beşinçi Toşkent xalqaro investitsiya forumida iştirok etiş uçun mamlakatimizga kelgan Qirğiz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisi – Prezident Administratsiyasi rahbari Adilbek Kasimaliyevni qabul qildi.

Uçraşuv avvalida yuqori martabali mehmon davlatimiz rahbariga Qirğiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Ikki mamlakat yetakçilari örtasida savdo-iqtisodiyot, transport, suv-energetika sohalarida erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş, şuningdek, madaniy-gumanitar dasturlar va hududlararo almaşinuvlarni ilgari surişga alohida eʼtibor qaratildi.

Özaro hamkorlik va bölajak oliy darajadagi tadbirlar kun tartibini boyitiş maqsadida Hukumatlararo komissiya va Işbilarmonlar kengaşining navbatdagi yiğilişlari davomida hamda boşqa şeriklik mexanizmlari doirasida yangi loyiha va taşabbuslarni işlab çiqiş muhimligi alohida taʼkidlandi.

 

 

 

president.uz

Ulaşiş: