Özbekiston Prezidenti Yangi taraqqiyot banki bilan hamkorlikning ustuvor yönalişlarini muhokama qildi

Özbekiston Prezidenti Yangi taraqqiyot banki bilan hamkorlikning ustuvor yönalişlarini muhokama qildi

19.06.2026 12:51102

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Toşkent xalqaro investitsiya forumi tadbirlarida iştirok etiş uçun mamlakatimizga kelgan Yangi taraqqiyot banki prezidenti Dilma Rusef bilan uçraşuv ötkazdi.

Mazkur xalqaro moliya instituti bilan hamkorlikni, birinçi navbatda, avvalgi uçraşuvlar davomida erişilgan oliy darajadagi kelişuvlarni amalga oşiriş doirasida yanada rivojlantiriş masalalari diqqat markazida böldi.

Dilma Rusef Özbekistondagi islohotlarni yuksak baholab, mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişining ustuvor yönalişlarini kelgusida ham qöllab-quvvatlaşga tayyor ekanini bildirdi.

Özbekiston Yangi taraqqiyot bankiga aʼzo davlatlar safiga qöşilgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Energetika, suv xöjaligi, transport va muhandislik infratuzilmasi böyiça hamda xususiy sektor va ijtimoiy sohani qöllab-quvvatlaş borasida bank ekspertlari iştirokida örta muddatli qöşma loyihalar portfelini şakllantirişga kelişib olindi. Yangi taraqqiyot bankining mintaqaviy ahamiyatga ega yirik transport-logistika loyihalarini amalga oşirişda iştirok etişi muhimligi taʼkidlandi.

Bankning yurtimizda ekologik transformatsiya böyiça amalga oşirilayotgan dasturlar va loyihalardagi iştirokiga alohida eʼtibor qaratildi.

Kelgusida Özbekistonda Yangi taraqqiyot bankining yirik tadbirlarini ötkaziş rejalari ham körib çiqildi.

 

 

 

president.uz

Ulaşiş: